Get Mystery Box with random crypto!

Davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari asosida har yili Ik | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari asosida har yili Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, hamyurtlarimiz, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylash¬tirish, faxriylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Urush qatnashchilarining xonadonlariga borilib, ularga pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirilyapti. Frontorti mehnat faxriylari, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda. Xuddi shuningdek, ular ko‘rsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi, ayniqsa, yoshlar orasida targ‘ib qilish bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati soha faxriylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Muntazam ravishda ularning holidan xabar olinib, moddiy yordam berilmoqda. Zarur bo‘lsa, turmush sharoitini yaxshilash, ta’lim olishi va salomatligini tiklashi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

...Yillar, zamonlar o‘tadi. Yurt ozodligi, tinch va osuda hayotini himoya qilishda kurashib jon bergan xalqimizning asl farzandlari xotirasi aslo uchmaydi. Qahramon otalaridan o‘rnak va namuna olib, ular bilan faxrlanib yashaydigan xalq esa hech qachon kam bo‘lmaydi.

Kamol OLLOYOROV,
o‘z muxbirimiz.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular