Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 80.02K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2024-03-06 16:31:52 YANGI NIZOMGA KO'RA O'QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv- tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;

dars mashgʻulotlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;

taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish;

oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida
oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;

umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;

oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;

pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;

oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);

oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;

oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;

oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;

oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;

taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;

oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Asos: MMTV ning 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.9K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-03-05 18:32:27 PISA HAQIDA KO‘P BERILADIGON SAVOLLAR

1. PISA nima?

— O‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyat­larini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi, targ‘ib qilmaydi va umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.

2. Tadqiqot kim tomonidan amalga oshiriladi?

— PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o‘tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

3. PISA tadqiqotlari nima uchun har uch yilda o‘tkaziladi?

— PISAning asosiy vazifasi a’zo mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qaror­lar va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o‘z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko‘zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi.

4. PISA tadqiqotlarida nega aynan 15 yoshli o‘quvchilar qatnashadi?

— Tadqiqot aynan 15 yoshli o‘quvchilar doirasida o‘tkazilishining asosiy sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT)ga a’zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.

5. Savodxonlikni baholashda qanday kompetensiyalarga asoslanadi?

— Ushbu kompetensiyalarni o‘quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo‘llaniladigan kompetensiyalar misolida ko‘rib chiqamiz:

1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.

2. Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.

3. Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.

6. Kontekst nima?

— Kontekstlar — PISA topshiriqlarining asosi sanaladi. Kontekst hayotiy muammoli vaziyatlar aks etgan topshiriqlar. O‘z navbatida, kontekstlar shaxsiy, mahalliy va milliy (global) darajalarga bo‘linadi.

7. PISA topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo‘yiladi?

— Topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobiliyatiga ko‘ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi:

1. Quyi daraja — bir bosqichli amallar.

2. O‘rta daraja — hodisalarni tavsiflash.

3. Yuqori daraja — murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.9K views15:32
Ochish/sharhlash
2024-03-05 16:51:02 MAKTAB DIREKTORI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGI MALAKA TALABLARI BO‘LISHI KERAK.

Umumta’lim maktablari uchun.

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj;

xorijiy tillarni va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni 
bilishi (tanlov jarayonida ustuvorlik beradi).


Yuqoridagi talablarga to‘la mos keladigan xodimlar menejerlik sertifikati uchun A.Avloniy instituti tomonidan tashkillanadigan 1oylik o‘quv kurslarida o‘qishi va imtihondan o‘tgan taqdirda menejerlik sertifikatini olishlari mumkin. Bu haqda avvalgi postimizda ma’lumot bergan edik.

Menejerlik sertifikatini olgan xodimlar umumta’lim maktablari uchun direktorlikka nomzod bo‘la oladilar. Direktorlikka tayinlangan taqdirda 50% ustama to‘lanadi. Agar menejerlik sertifikatini olgan, lekin direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan rahbar xodim bo‘lsa unga 30% ustama to‘lanadi.

Asos: MMT vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 270-sonli buyrug‘i va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
26.0K viewsedited  13:51
Ochish/sharhlash
2024-03-04 19:32:32 STAJIOR O’QITUVCHILARNI SERTIFIKATLASH TARTIBI QUYIDAGICHA AMALGA OSHIRILADI

Stajior o’qituvchilar kaspiy sertifikat olish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab Davlar xizmatlari markazlariga borib yoki, Yagona interaktiv davlar xizmatlari partali orqali murojat yuboradilar.

Pedagogik faoliyat bilan birinchi marta ishga kirgan stajior o’qituvchilar 1 yil davomida ushbu kasbiy sertifikatni olishlari majburiydir.

Kaspiy sertifikat uchun nazorat sinovi test shaklida, online bo’lib o’tadi. Test topshiriladigan joy kata sig’imli binolarda,  kuzatuvchilar ishtirokida bo’lib o’tadi. Test savollari 50 ta testdan iborat bo’ladi, to’g’ri javob uchun 2 balldan jami 100 ballik tizimda baholanadi. Talabgor 56 va undan yuqori ball to’plagan taqdirda nazorat sinovidan o’tgan hisoblanadi. Test sinovlari har yili mart-may oylarida o’tkaziladi.

Magistr darajasiga va ilmiy darajaga ega pedagoglar kaspiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

Quyidagi stajior o’qituvchilar sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod etiladi.

Xomilador, xomiladorlik yoki tug’riq ta’tilida bo’lgan ayollar, ular ta’tilda bo’lgan davirda hamda ishga chiqqandan so’ng 1 yil davomida.
3 yoshgacha farzandi bor ayollar (farzandi 3 yoshga to’lgunga qadar)
Uzoq (3 oydan ortiq) davolanayotgan pedagoglar, ular ishga qaytgandan so’ng 6 oy davomida
3 oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet elga o’qishga, malaka oshirishga, qayta tayyorlashga yuborilgan pedagoglar, ular ishga qaytgandan so’ng 6 oy davomida kaspiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

Eslatma: 2024-2025 o’quv yilidan boshlab tegishli toifaga ega bo’lmagan pedagoglar ham bosqichma-bosqich sertifikatlash jarayoniga jalb etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.4K views16:32
Ochish/sharhlash
2024-03-04 18:27:48
#Kerakli hujjatni yuklab olish uchun matn ustiga bosing

Musiqa fanidan to'garak hujjatlari

Raqs to'garagi

Jismoniy tarbiya fanidan to'garak hujjatlar

Sport to'garak hujjatlari

Informatika fanidan to'garak hujjatlari

Matematika fanidan to'garak hujjatlari

64 ta kasb-hunar to'garak hujjatlari

Biologiya fanidan to'garak hujjatlari

Kimyo fanidan to'garak hujjatlari

Fizika fanidan to'garak hujjatlari

Geografiya fanidan to'garak hujjatlari

Iqtisod fanidan to'garak hujjatlari

Tadbirkorlik fanidan to'garak hujjatlari

Ingliz tili fanidan to'garak hujjatlari

Rus tili fanidan to'garak hujjatlari

O'zbek tili fanidan to'garak hujjatlari

Ona tili fanida to'garak hujjatlari

Adabiyot fanidan to'garak hujjatlari

Kutubxona to'garak hujjatlari

Chizmachilik fanidan to'garak hujjatlari

Tasviriy san'at fanidan to'garak hujjatlari

Huquq fanidan to'garak hujjatlari

Tarix fanidan to'garak hujjatlari

Tarbiya fanidan to'garak hujjatlari

Texnologiya fanidan to'garak hujjatlari

Robototexnika to'garak hujjatlari

Tabiiy fanlar to'garak hujjatlari

Boshlang'ich fanlar uchun to'garak hujjatlari

Tarbiya fanidan konspektlar

Tasviriy san'at fanidan konspektlar

Maktab rahbarlarining hujjatlari

Sinf rahbar daftari 190-buyruqni
5-ilovasi asosida tayyorlangan

Тетрадь классного руководителя 2023 год

Классные часы 190-buyruq 4-ilovasi bo'yicha tayyorlangan.

Sinf soati 190-buyruq 4-ilovasi bo'yicha tayyorlangan.

Metodbirlashma hujjatlari 2024-yil 5-yanvar 8-sonli buyrug'i asosida tayyorlangan

#Veb-sayitimiz: Zokirjon.com

Murojaat qilish:

Телеграм: @nza456
Телефон: +998905306866
Admin bilan bog’lanish uchun

@nza456 shuni ustiga bosing.
13.4K views15:27
Ochish/sharhlash
2024-03-04 09:34:02 Ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va tanlovlar ro‘yxati tasdiqlandi.

MMTV 2024-yil 14-fevral 03-01/14-623-sonli xat


Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.6K views06:34
Ochish/sharhlash
2024-03-04 08:34:42
#education_fair #worlduz #soon



6-7-mart kunlari International Hotelda bo'lib o'tadigan "World Expo Education Fair" da ishtirok etuvchi xorijiy universitetlar. AQSh, Yaponiya, Koreya, BAA va Chexiya kabi boshqa davlatlar ham shular jumlasidan!

Bizni kuzatishda davom eting:

World.uz Telegram Instagram Tik tok Youtube Facebook
16.8K views05:34
Ochish/sharhlash
2024-03-03 19:00:03 MAKTAB DIREKTORI KUNDALIK COMDA QUYIDAGI ISHLARNI BAJARISHI SHART.

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil  24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab direktorining vazifalari quyidagicha etib belgilangan.

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

Shuningdek, maktab direktori sinf jurnallarini to'g'ri yuritilishini quyidagi tartibda ("Hisobotlar" bo'limidan) nazorat
qiladi vа "Jurnal olib borish haqida izoh" bo'limida izoh qoldiradi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-03-03 17:59:02
Maktabda ishlab 10-20 mln oylik olish mumkin emas deb o’ylayabsizmi hali ham?

3000 ga yaqin Respublikadagi Matematika ustozlarimiz Xodiyev Academy Online kurslari orqali 50 foiz ustamani olib bo’lishdi. Siz qachan harakat qilmoqchisiz?


Yuqoridagi Xalqaro Sertifikatlar olgan ustozlarimiz oylik maoshlarini ko'rishingiz mumkin

Assalomu alaykum barcha Matematika ustozlarimiz diqqatiga!

Maoshingizni Xalqaro Sertifikatlar olib sezilari darajada oshirmoqchimiz?

GRE/GMAT yoki SAT DIGITAL Sertifikatlarini olsangiz 3 yil davomida 50 foiz ustama olishingizni bilarmidingiz?

Agar Xalqaro Sertifikatlarga tayyorgarlik ko’rmoqchi yoki ko’rayotgan ustozlarimiz bo’lsa


Unda bu guruh aynan siz uchun

Guruhga ulanish uchun link

https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
https://t.me/+2NhGIdxxmd02OGUy
18.3K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-03-03 11:34:38 Maktab hududida xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimining faoliyatiga qarshilik qilgan 20 yoshli fuqaroga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda respublikamiz boʻylab oʻquvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda davomat masalasidagi muammolarni hal etish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Afsuski, amalga oshirilayotgan saʼyi-harakatlarning qadriga yetmasdan, maktab tartib-qoidalarini buzishdan tiyilmayotgan ayrim yoshlar ham uchramoqda.

Xususan, joriy yilning 1-mart kuni soat taxminan 13-00larda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, “Bogʻishamol” MFYdagi 4-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf oʻquvchilarining maktabni orqa taraf hovlisida oʻzaro janjallashayotganini koʻrib qolib holatni bartaraf etishga kirishadi.

Shu vaqtda profilaktika inspektori ham yetib kelib Milliy gvardiya xodimi bilan birgalikda oʻquvchilarni tinchlantirishga kirishishida, ushbu maktabning 10-sinf oʻquvchisi M.B ning chaqiruvi bilan tashqaridan yetib kelgan akasi hamda uning ikkita sheriklari esa xodimlarning ogohlantirishiga qaramasdan janjalga aralashib ketishadi. Taraflarning хatti-harakatlarini va qarshiliklarini toʻxtatish chorasini koʻrgan Milliy gvardiya xodimiga shu joyda tan jarohati yetkaziladi.

Maktabdagi tashvish tugmasi orqali chaqirilgan hamda tezkorlik bilan yetib kelgan Qoʻriqlash tezkor guruhi tomonidan holat toʻliq bartaraf etilgan holda Milliy gvardiya xodimining xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik qilganlar qoʻlga olinib, tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirilgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari davomida tashqaridan maktab hududiga kirib, janjalga aralashgan va xodimlarga faol qarshilik koʻrsatgan fuqaro ushbu maktabning 10-sinf oʻquvchisi M.B ning akasi Toshkent viloyati, Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 20 yoshli I.Boqiyev ekanligi maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat boʻyicha Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro I.Boqiyev JPKning 221-moddasi asosida ushlanib, unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqidagi masala hal qilinmoqda. 

Shuningdek, ushbu holat yuzasidan jinoyatga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash borasida ham tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Holat yuzasidan Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan mazkur taʼlim muassasasida oʻquvchilarning ota-onalari, pedagog xodimlar, mahalla yettiligi, sektor rahbarlarining masʼul vakillari bilan uchrashuv oʻtkazilib, yuqoridagi holat atroflicha muhokama qilindi hamda kelgusida bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.  

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
29.3K views08:34
Ochish/sharhlash