Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 76.27K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-06 10:00:09
#xushxabar

Turan International University'dan super yangilik!

Oliygoh talabasi bo'lish baxtiga muddatidan avval erishishni istaysizmi?

Agarda bu imkoniyat 4 yillik 100% grant asosida bo'lsa-chi?

Joriy 2024-yilning 11-12-may sanasida Turan International University tomonidan tashkil qilinadigan "TIU Fan olimpiadasi" sizlarga 4 yilga 100% grant asosida Xalqaro universitetda o'qish imkoniyatini taqdim etmoqda! Bundan tashqari, chegirmalar asosida 1 yildan 4 yilgacha, 25%dan 100%gacha qo'shimcha grantlar, noutbuk(kompyuter), planshet, telefon hamda boshqa qimmatbaho sovg'alar ham sizniki bo'lishi mumkin.
Buning uchun sizlardan faqatgina o'z bilim va ko'nikmalaringizni amalda namoyon qilish talab etiladi.

Olimpiada oʻtkaziladigan fanlar:
1. Matematika;
2. Informatika;
3. Fizika;
4. Ingliz tili;
5. Rus tili;
6. Ona tili;
7. Tarix;
8. Biologiya.


Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 9-may soat 23:59

Olimpiada Turan International University o'quv binosida  11-12-may kunlari oʻtkaziladi.

Ushbu havola orqali ariza topshirishingiz mumkin!

Bitiruvchi sinf o'quvchilari shoshiling, zoʻr imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Bilimga chanqoq tanishlaringizga bu xushxabarni darrov yetkazing!

#join_tiu

Rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram
16.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2024-05-05 16:50:31 OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’ni 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan: 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
26.1K views13:50
Ochish/sharhlash
2024-05-03 17:29:48
Toshkentda 8-sinf o‘quvchilari dars vaqtida qarta o‘ynadi

Toshkentda maktab o‘quvchilari sinfda qarta o‘ynagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, holat joriy yilning 23-aprel kuni Yunusobod tumanidagi 235-sonli umumta’lim maktabida 8-"B" sinf o‘quvchilari tomonidan tarix fani darsi chog‘ida sodir etilgan. Dars jarayoniga xalaqit qilib, "qartabozlik" qilgan to‘rt nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari maktabga chaqirtirilib, Milliy gvardiya, IIB xodimlari, psixolog hamda maktab ma’muriyati ishtirokida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.
O‘quvchilarning ota-onalariga MJTKning 47-moddasiga asosan jarima qo‘llanildi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
29.3K views14:29
Ochish/sharhlash
2024-05-02 15:52:00 O‘QITUVCHILARGA USTAMA BERISH UCHUN BAHOLASH MEZONI VA TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI.

Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/3-1699 sonli xati.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.5K views12:52
Ochish/sharhlash
2024-05-02 14:47:02
"Kema kitoblari" ning viloyatlardagi rasmiy dillerlari, ushbu raqamlar bilan bog'lanib kitoblarga buyurtma berishingiz mumkin:

Kitoblarimizni barcha viloyat kitob do’konlaridan topishingiz mumkin. Do’konlar telefon raqamlari

Andijon
+998901454443 | +998934104443

Namangan
+998942771114 | +998902221995 | +998906902020

Farg’ona
+998932580022 | +998916729595 | +998906610196

Qo'qon
+998903618877 | +998886291004

Toshkent shaxri
+998917981619

Jizzax
+998903109610 | +998919435656

Qashqadaryo
+998939340363 | +998752253279

Samarqand
+998915286600 | +998901007335 | +998949386600

Xorazm
+998999666664 | +998906483778 | +998974011770 | +998996217393

Navoiy shahar
+998912503323 | +998907329779

Surxondaryo
+998901114567 | +998885307707 | +998994034566

Buxoro
+998916450999 |+998919915047 |+998973033323

Qoraqalpog'iston Respublikasi
+998913953233 | +998991208334

Bizning sahifa:
@prezident_maktabiga_testlar

Bog‘lanish uchun

@kema_kitob
20.6K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2024-05-02 10:45:56

Barcha fanlar bo‘yicha kasbiy sertifikatlash uchun sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi.

Bilologiya
Chizmachilik
CHQBT
Davlat va huquq asoslari
Fizika
Geografiya
Informatika
Ingliz tili
Iqtisod
Jismoniy tarbiya
Kimyo
Matematika
Musiqa
Ona tili va adabiyoti
O'zbek tili
Tarbiya
Tarix
Texnologiya o‘g‘il bola
Texnologiya qiz bola

Stajior o‘qituvchilarga tarqating!

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
17.2K views07:45
Ochish/sharhlash
2024-05-02 07:09:50 USTAMAGA HUJJATLARNI TAYYORLASHDA.

Ko‘pchilik pedagoglar va rahbar xodimlar tomonidan ustamaga hujjat tayyorlashda Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarorini emas balki, Vazirlar Mahkamasining 831-sonli qarorini yozib qo‘yishmoqda.

Bu nazariy jihatdan xato hisoblanadi. Chunki, pedagog, psixolog, kutubxona xodimlari va metodbirlashma rahbarlariga ustama tayinlashda faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bo‘yicha ustama tayinlanadi. To‘g‘ri, ushbu 823-sonli qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qo‘shish to‘g‘risida qarorlar chiqarilgan. Lekin, o‘zgartirish va qo‘shimchalar qo‘shish bo‘yicha chiqarilgan qarorlar 823-sonli qarorning ayrim bandlarigagina tegishli holos. Lex.uz saytiga kirib 823-sonli qarorni yuklasangiz, barcha o‘zgarish va qo‘shimchalari bilan hozirgi, amaldagi varyantini olasiz va shunga asosan ustama tayinlaysiz.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-sonli qarori esa yuqoridagi 823-sonli qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar qo‘shish to‘g‘risida qabul qilingan.

Umuman olganda biz hozirda ustama tayinlsh uchun barcha hujjatlarga "823-sonli qaror bo‘yicha tayinlansin" deb yozishimiz maqsadga muofiqdir. 823-sonli qarorning hozirgi, amaldagi variyantini ushbu havoladan yuklab olishingiz mumkin.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
17.2K views04:09
Ochish/sharhlash
2024-05-01 19:16:14 UY TA’LIMIDA O‘QIYOTGAN O‘QUVCHILAR UCHUN YAKUNIY IMTIHONLAR QAY TARTIBDA O‘TKAZILADI?

Uy ta’limida o‘qiyotgan o‘quvchilar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi maktab direktorining buyrug‘iga muvofiq o‘quvchining sog‘ligi holatini inobatga olib o‘quvchining uyida yoki maktabda tashkil etiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchiga talim olganligi to‘g‘risida davlat na’munasidagi hujjat beriladi.

Mazkur hujjatga o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan fanlar uchun baho qoyiladi, dars mashg‘ulotlari o‘tilmagan fanlarga baho qo‘yilmaydi, hamda uning o‘rniga “ozod etilgan” degan so‘zlar yozib qo‘yiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
23.5K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-05-01 13:55:11 Imtixon masalasida tushuntirish.

1. Avvalgi yildagiga oʻxshab maktablar variantlar tayyorlab konvertlarga joylanmaydi.

2. Har bir imtixon kunidan 1 kun oldin Vazirlik 2 ta variantni tuzib hududlarga baholash mezoni bilan birgalikda yuboradi

3. Tayyorlangan 2 ta variant tarqartilgan imtixon topshiriqlar bazasidan olinadi.

4. Tarqatilgan 2 ta variant Respublika miqyosida bir xil olinadi. Yaʼni barcha oʻquvchi bir xil topshiriq bajaradi faqat kimdir birinchi, kimdir ikkinchi variantni bajaradi.

Imtihon hujjatlari
Imtihon materyallari
Imtihon bo‘yicha ko‘rsatma xat

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
42.9K viewsedited  10:55
Ochish/sharhlash
2024-05-01 10:06:13 "SO'NGI QO'NG'IROQ"
  
Qo'ng'irog'ing jaranglashin kutayapmiz,
Endi sеni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz,
Diydoringga to'yib to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Qadring bilmay o'tib kеtdi o'n bir yil ham,
Hayotimda quvnoq kunlar, eng shirin dam,
Bugun o'sha quvnoq quvnoq ko'zlarda nam,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Sog'inamiz endi tinmay do'st o'rtoqni,
Takrorlanmas hayotda eng go'zal chog'ni,
Chalmay turgin do'stim bir oz qo'ng'iroqni,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Gapga kirmas, to'polonchi bo'ldik shayton,
Goho bilmay ko'ngillarni qildik vayron,
Ustozimdan uzr so'rab olay bir on,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Hayajondan yonayapman, ko'zimda yosh,
Xayol surib partalarga qo'yay bir bosh,
Endi qachon ko'rishamiz ey sinfdosh,
Diydoringga to'yib, to'yib olay maktab,
Yana bir kun quchog'ingda qolay maktab.

Endi sеni bir umr tark etayapmiz,
Nahot shunday ayro bo'lib kеtayapmiz.


Xurshid Karim

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
26.5K views07:06
Ochish/sharhlash