Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 80.02K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2024-03-17 19:09:02 Ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va tanlovlar ro‘yxati tasdiqlandi.

MMTV 2024-yil 14-fevral 03-01/14-623-sonli xat


Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
37.9K views16:09
Ochish/sharhlash
2024-03-16 19:00:03 STAJIOR O’QITUVCHILARNI SERTIFIKATLASH TARTIBI QUYIDAGICHA AMALGA OSHIRILADI

Stajior o’qituvchilar kaspiy sertifikat olish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab Davlar xizmatlari markazlariga borib yoki, Yagona interaktiv davlar xizmatlari partali orqali murojat yuboradilar.

Pedagogik faoliyat bilan birinchi marta ishga kirgan stajior o’qituvchilar 1 yil davomida ushbu kasbiy sertifikatni olishlari majburiydir.

Kaspiy sertifikat uchun nazorat sinovi test shaklida, online bo’lib o’tadi. Test topshiriladigan joy kata sig’imli binolarda,  kuzatuvchilar ishtirokida bo’lib o’tadi. Test savollari 50 ta testdan iborat bo’ladi, to’g’ri javob uchun 2 balldan jami 100 ballik tizimda baholanadi. Talabgor 56 va undan yuqori ball to’plagan taqdirda nazorat sinovidan o’tgan hisoblanadi. Test sinovlari har yili mart-may oylarida o’tkaziladi.

Magistr darajasiga va ilmiy darajaga ega pedagoglar kaspiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

Quyidagi stajior o’qituvchilar sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod etiladi.

Xomilador, xomiladorlik yoki tug’riq ta’tilida bo’lgan ayollar, ular ta’tilda bo’lgan davirda hamda ishga chiqqandan so’ng 1 yil davomida.
3 yoshgacha farzandi bor ayollar (farzandi 3 yoshga to’lgunga qadar)
Uzoq (3 oydan ortiq) davolanayotgan pedagoglar, ular ishga qaytgandan so’ng 6 oy davomida
3 oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet elga o’qishga, malaka oshirishga, qayta tayyorlashga yuborilgan pedagoglar, ular ishga qaytgandan so’ng 6 oy davomida kaspiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

Eslatma: 2024-2025 o’quv yilidan boshlab tegishli toifaga ega bo’lmagan pedagoglar ham bosqichma-bosqich sertifikatlash jarayoniga jalb etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
17.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-03-16 05:54:53 Agar xodim o’zi rozi bo’lmasa, hashar munosabati bilan ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas

Har yilgi an'anaga muvofiq, joriy yilning 16-18-mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Odatda, hashar munosabati bilan xodimlarning bir kunlik ish haqi ushlab qolinib, “Mahalla” xayriya jamoat fondiga o‘tkazib berilishiga odatlanib qolganmiz. Ya’ni hech kim xodimlardan so‘rab ham o‘tirmaydi, shunchaki buxgalterlar yoppasiga 1 kunlik ish haqini o‘tkazadi, tamom.

Ko‘pchilik xodimlar esa buni sezmaydi ham!

Biroq, bir narsani unutmasligimiz lozimki, hashar munosabati ish haqidan ushlab qolinishi mutlaqo IXTIYORIY, hech qanaqa MAJBURIY EMAS!

Chunki, Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra xodimning yozma roziligi bo‘lmay turib uning ish haqidan ushlab qolinishi mumkin emas. Shuningdek, mazkur moddada ish haqidan xodimning roziligisiz ham ushlab qolinishi mumkin bo‘lgan holatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular orasida hashar nazarda tutilmagan!

Rozilik deganda har bir xodimning yozma roziligi nazarda tutiladi. Ko‘p holatlarda shunchaki tashkilot xodimlari jamoasi nomidan bitta protokol qilinib, xuddiki o‘sha majlisda hamma xodim qatnashgan-u, hasharga 1 kunlik ish haqini berishga rozi bo‘lgani haqida yozib qo‘yiladi. Lekin xodimlar buni bilmaydi ham. Aslida bu ham noto‘g‘ri, bunaqa usul bilan xodimlarning ish haqidan ushlab qolish NOQONUNIY! Har bir xodim o‘zi shaxsan hashar uchun 1 kunlik ish haqini ushlab qolishga rozi ekanligi haqida imzo chekishi SHART!

Hashar — bu o‘zbekona udum, milliy urf-odatimiz. Imkoningiz bo‘lsa, hasharda albatta qatnashing, atrofimizni obodonlashtirish, tozalash ishlarida faol bo‘ling. Kam ta’minlangan, nogironligi bor shaxslarga, ehtiyojmand oilalarga yordam qo‘lini cho‘zing, ulardan hol-ahvol so‘rang. Jamoatchilik ishlarida tomoshabin bo‘lib chetda turmang.

Ammo 1 kunlik ish haqingizni "Mahalla" xayriya fondiga o‘tkazish yoki o‘tkazmaslikni o‘zingiz hal qiling. Bu sizning mutlaq ixtiyoringiz. Chunki siz u pulni halol ishlab topgansiz, o‘zgalar sizdan so‘ramasdan uni ishlatishiga haqqi yo‘q. Shuni bilib qo‘ysangiz, yomon bo‘lmasdi. Haq olinur, berilmas!

Xushnudbek

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
23.5K views02:54
Ochish/sharhlash
2024-03-15 20:24:20 YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.


Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
20.4K viewsedited  17:24
Ochish/sharhlash
2024-03-15 18:59:02




Ramazon oyida semirib
ketmaslik uchun
bilishingiz kerak bo’lgan
qoidalar bor
To’gri ovqatlanib
Ibodatda bo’lib
Vazn ham tashlaysiz
Ayollar va erkaklar uchun
Men sizga yordam beraman





Murojaat uchun: @Nilufar_Hamidovna
+998941151112
+998880961117

https://t.me/jasoratli_ozish
15.6K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-03-15 18:56:51 MAKTABDA OʻQUVCHI TELEFON ISHLATSA NIMA QILISH KERAK?

Amaldagi tartiga ko’ra o’quvchi dars jarayonida yoki maktab hududida mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.

Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etganda fan o‘qituvchisi, sinf rahbari, direktor o‘rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog) ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi va holat yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.

Shunday holat oʻquv yili davomida bir o‘quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.

Asos: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug‘i

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.2K views15:56
Ochish/sharhlash
2024-03-15 10:22:00 Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi.

21-mart — payshanba (Navro‘z bayrami);

22-mart — juma (barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

23-mart — shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

24-mart — yakshanba (odatiy dam olish kuni).

Izoh: qo’shimcha dam olish kunlari 2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoni asosida belgilangan.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
27.5K views07:22
Ochish/sharhlash
2024-03-14 18:06:43 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
14.8K views15:06
Ochish/sharhlash
2024-03-14 09:21:03 OMMALASHTRISH UCHUN KERAK BO‘LGAN MA’LUMOTLAR

Platformadan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video

Metodik tavsiya, yoki metodik qo'llanmani yuklash bo'yicha video

Pedagogik kengash qaroridan na'muna

Metodik qo'llanma uchun na'muna

Ommalashtrishning hozirdagi nizomi

ESLATMA: Ommalashtirishga ariza topshirish muddati 20-mart

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
23.2K views06:21
Ochish/sharhlash
2024-03-14 08:16:48
#Diqqat #Yangilik

oyi munosabati bilan uzum marketdagi barcha tovarlarimizni . xarid qiling.

Kitoblarni 1 kunda qo'lga kiriting

Xarid qilish
Xarid qilish
Xarid qilish

@orbitalbook
15.5K views05:16
Ochish/sharhlash