Get Mystery Box with random crypto!

STAJIOR O’QITUVCHILARNI SERTIFIKATLASH TARTIBI QUYIDAGICHA AMA | MAKTAB️

STAJIOR O’QITUVCHILARNI SERTIFIKATLASH TARTIBI QUYIDAGICHA AMALGA OSHIRILADI

Stajior o’qituvchilar kaspiy sertifikat olish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab Davlar xizmatlari markazlariga borib yoki, Yagona interaktiv davlar xizmatlari partali orqali murojat yuboradilar.

Pedagogik faoliyat bilan birinchi marta ishga kirgan stajior o’qituvchilar 1 yil davomida ushbu kasbiy sertifikatni olishlari majburiydir.

Kaspiy sertifikat uchun nazorat sinovi test shaklida, online bo’lib o’tadi. Test topshiriladigan joy kata sig’imli binolarda,  kuzatuvchilar ishtirokida bo’lib o’tadi. Test savollari 50 ta testdan iborat bo’ladi, to’g’ri javob uchun 2 balldan jami 100 ballik tizimda baholanadi. Talabgor 56 va undan yuqori ball to’plagan taqdirda nazorat sinovidan o’tgan hisoblanadi. Test sinovlari har yili mart-may oylarida o’tkaziladi.

Magistr darajasiga va ilmiy darajaga ega pedagoglar kaspiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

Quyidagi stajior o’qituvchilar sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod etiladi.

Xomilador, xomiladorlik yoki tug’riq ta’tilida bo’lgan ayollar, ular ta’tilda bo’lgan davirda hamda ishga chiqqandan so’ng 1 yil davomida.
3 yoshgacha farzandi bor ayollar (farzandi 3 yoshga to’lgunga qadar)
Uzoq (3 oydan ortiq) davolanayotgan pedagoglar, ular ishga qaytgandan so’ng 6 oy davomida
3 oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet elga o’qishga, malaka oshirishga, qayta tayyorlashga yuborilgan pedagoglar, ular ishga qaytgandan so’ng 6 oy davomida kaspiy sertifikatlashga jalb etilmaydi.

Eslatma: 2024-2025 o’quv yilidan boshlab tegishli toifaga ega bo’lmagan pedagoglar ham bosqichma-bosqich sertifikatlash jarayoniga jalb etiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e