Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 80.02K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2024-03-31 17:59:02           



TARIX va HUQUQ fani ustozlari shoshmasdan oxirigacha o'qing

EHTIMOLIY TEST TAHLILI MARAFONIGA --- 1-APRELDAN START BERAMIZ

Marafonda attestatsiya sinov jarayonida o'qituvchilar qiynalgan mavzulardan testlar shakllantirdik

1-aprel
xarita-rasmli, jadvalli+20ta pedagogika
2-aprel 
Venn diagrammali, lojik va moslashtirish tartibidagi+20 ta pedagogika
3-aprel 
YANGI 7-O'ZBEK VA JAHON+20 ta pedagogika
4-aprel
YANGI 10-O'ZBEK VA JAHON+20 ta pedagogika
5-aprel Atama, shaxs davlat, "nomuvo- fiqlik" shaklida+20 ta pedagogika


Belgilangan kunlari soat 19:30da kanalga rejalashtirilgan mavzulardan testlar beriladi

Soat 21.00da jonli chatda tahlil qilinadi.

Bu marafonda siz test yechishning eng oson va eng tezkor usullaridan foydalangan holda yuqori ball olish bo'yicha MASTER CLASSGA ega bo‘lasiz

MASTER CLASSni oliy toifali ustoz
  Haydarova O'g'ilbeka Fayzullayevna va Safarova Nargiza Nayimovna olib boradilar

Bu MARAFONDA siz o'ylaganingizdan ko'p bilim va tajribaga ega bo'lishingiz 100% kafolatlanadi

MARAFONDA test tahlili jonli chatda bo'ladi va yozib olinmaydi

Ko'pchilikka manfaatli bo'lishi hamda xayrli savobga sherik bo'lish uchun bu postni 3 ta kanal yoki gruppaga yuboring va BEPUL DARS larimizdan bahramand bo'ling!

Kanalga obuna bo‘lish

https://t.me/tarixchimuallima2024
20.2K views14:59
Ochish/sharhlash
2024-03-31 13:43:01 TO‘GARAK HUJJATLARI QAY TARTIBDA YURITILISHI KERAK?

Hozirgi kunda maktablarda fan to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma mavjud emas. Shuning uchun hozir biz beradigan javob faqatgina tavsiyaviy ahamiyatga ega ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘quvchilarni to‘garakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir to‘garak a'zosi o‘quv yili moboynida to‘garakdan chiqib ketishi, boshqa to‘garakka a'zo bo‘lishi va xohishi bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir nechta to‘garakda ishtirok etish huquqiga ega.

To‘garak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin:

To‘garakning yillik taqvim rejasi (past o‘zlashtiruvchi va iqtidorli o‘quvchilar uchun)

To‘garak mashg‘ulotlar jurnali

O‘quvchilar ota-onasining arizasi

To‘garak ish rejasi ikki ko‘rinishda tuziladi. 1-past o‘zlashtruvchi o‘quvchilar uchun alohida. 2-iqtidorli o‘quvchilar uchun alohida. Ish reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanishi va unga pechat bosilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, ish reja maktabning MMIBDO‘ va to‘garak rahbari tomonidan ham imzo qo‘yilib tasdiqlanishi kerak.

To‘garak uchun ixtiyoriy ravishda quyidagi hujjatlar yuritilishi mumkin:

Mashg‘ulotlar ishlanmasi
To‘garak tadbirlaridan lavhalar
Ko‘rgazmali qurollar.

To‘garak jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnalga to‘garak rahbari o‘zi olib boradigan to‘garakning nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan to‘garak mashg‘uloti jadvalini, to‘garak rahbarining ismi va familiyasini, otasining ismi, to‘garak sardorining to‘liq ismi familiyasini yozib qo‘yishi kerak.

To‘garak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan bo‘lib, unda to‘garak a'zolari tarkibi ismi familiyasi to‘liq, mashg‘ulotlar mavzusi, to‘garak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq ko‘rsatiladi.

Direktor o‘rinbosarlari fan o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan to‘garak hujjatlarini to‘g‘ri yuritilishini muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
12.8K views10:43
Ochish/sharhlash
2024-03-31 08:48:45 Oyliklar botda ko‘rindi. Xo‘sh, sizga oylik qancha tushadi? Buni tekshirib ko‘ring. Oylik botga dars soatlaringizni kiriting.
/start

Agar daftar tekshirish summasi to‘lansa, daftar tekshiradigan faningizni soatini kiritasiz. Misol uchun, matematikadan haftada 15 soat o‘tsangiz, demak 15 soat yozasiz.

Shtatniy xodimlarning oyligi ham shu botda ko‘rsatiladi.

Oylik bot valyutalar kursini ham aniq ko‘rsatib beradi.

Botga kirish uchun link

Oyliklarni tekshirish

Oylik bot
16.0K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-03-30 19:06:27 YANGI NIZOMGA KO'RA O'QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan, oʻquv-tarbiya jarayoni, oʻquv- tarbiya jarayonining metodik taʼminoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni oʻz vaqtida bajarish;

dars mashgʻulotlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borish;

taʼlim sifatini oshirish maqsadida oʻz fani boʻyicha tarqatma va koʻrgazmali materiallarni tayyorlaydi (markazlashgan holda, jumladan vazirlik tomonidan taqdim yoki tavsiya etiladigan taʼlim portallarida elektron shakldagi tarqatma va koʻrgazmali materiallar boʻlmasa) va ulardan dars jarayonida samarali foydalanish;

oʻquvchilarni oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qoʻllay olishga oʻrgatish;

oʻquvchilarda oʻz fani boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, dars jarayonida
oʻquvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya qilishini taʼminlash;

oʻz fani boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazadi, oʻquvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirish;

umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu rejalarni tuzish;

oʻz ehtiyojiga koʻra fan oʻqituvchilari tomonidan oʻtiladigan darslarni kuzatish, dars tahlili natijasida oʻzaro tajriba almashish;

pedagogik kengash, metodbirlashma yigʻilishlari, oʻquv-seminar, ochiq darslar va metodik materiallar ishlab chiqishda ishtirok etish;

oʻz fani boʻyicha taqvim-mavzu reja asosida oʻtilgan mavzularni, oʻquvchilarning oʻtilgan mavzularni oʻzlashtirish bahosini va davomatini dars oʻtilgan kunning oʻzida elektron jurnalga qayd etish (bunda elektron jurnal joriy etilgan umumtaʼlim muassasalarida anʼanaviy jurnalga baholashga yoʻl qoʻyilmaydi hamda elektron avtomatik davomat joriy qilingan maktablarda davomatni qayd etish oʻqituvchining vazifasiga kirmaydi);

oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish;

oʻquvchilarni oʻz fani boʻyicha fanlar olimpiadalari, turli tanlovlar va musobaqalarga tayyorlash;

oʻz fani boʻyicha belgilangan metodik kunda oʻzining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida oʻz ustida mustaqil ishlash, ilgʻor taʼlim metodlarini oʻrganish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish choralarini koʻrish;

oʻziga biriktirilgan sinf xonalari, laboratoriya xonalaridagi qurilmalar, texnik vositalar, boshqa moddiy boyliklarning saqlanishini va ulardan oʻquv-metodik maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlash;

taʼlim muassasasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlariga amal qilish;

oʻquvchilar huquqlariga va bolalarni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga rioya qilish;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Asos: MMTV ning 2023-yil 20-dekabrdagi 565-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.9K views16:06
Ochish/sharhlash
2024-03-30 18:00:01
VA NIHOYAT ATTESTATSIYA -APRELDAN BOSHLANADI.



Ona tili va o'zbek tili ustozlari shoshmasdan oxirigacha o'qing

Siz anchadan beri kutgan
Biz anchadan beri rejalashtirgan

TEST TAHLILI MARAFONIGA 29-martdan START BERDIK


Marafonda attestatsiya sinov jarayonida o'qituvchilar qiynalgan mavzulardan testlar shakllantirdik

29-mart  FE'L mavzusidan test
30-mart  TINISH BELGILARI
31-mart 50talik sinov testi
1-aprel  SO'Z YASALISHI
2-aprel  QO'SHMA GAPLAR
3-aprel USLUBIY XATOLAR
4-aprel  50talik sinov testi

Belgilangan kunlari soat 19:30da kanalga rejalashtirilgan mavzulardan testlar beriladi

Soat 21.00da jonli chatda tahlil qilinadi.

Bu marafonda siz test yechishning eng oson va eng tezkor usullaridan foydalangan holda yuqori ball olish bo'yicha MASTER CLASSGA ega bo‘lasiz

MASTER CLASSni oliy toifali ustoz
DTM Eksperti va testolog  Haydarova Dilafro'z Fayzullayevna olib boradilar

Bu MARAFONDA siz o'ylaganingizdan ko'p bilim va tajribaga ega bo'lishingiz 100% kafolatlanadi

MARAFONDA test tahlili jonli chatda bo'ladi va yozib olinmaydi

Ko'pchilikka manfaatli bo'lishi uchun bu postni hamkasblaringizga ulashib qo'ying

Kanalga obuna bo‘lish

https://t.me/habelonatili
https://t.me/habelonatili
15.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-03-30 17:00:23


Hurmatli MATEMATIKA ustozlari va abituriyentlar!

Attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlariga sanoqli kunlar qoldi.
Siz esa haliyam qanday tayyorgarlik ko'rishni bilmayapsizmi?

U holda biz qisqa muddatda shunday BEPUL imkoniyatni sizga taqdim qilamiz

20 kun ichida matematika kursini 0 darajadan boshlab yuqori darajaga olib chiqmoqchi bo'lganlar uchun

MATEMATIKA MAKTABI kanalida ko'p yillik tajriba va ko'plab shogirlarga ega ustoz Muhriddin Muxiddinov

"ATTESTATSIYA VA MILLIY SERTIFIKATGA BEPUL TAYYORLANAMIZ" loyihasiga start beryaptilar

Loyiha davomida:
Matematika kursidagi eng muammoli 20 ta mavzu jonli efirlarda tushuntirib beriladi

Darslar har kuni soat 20:00 dan boshlab YouTube platformasida jonli o'tiladi

Har bir mavzuga oid mustaqil ishlash uchun testlar berib boriladi

Bonus tarzida:
"Pedagogik mahorat" savollari va Quiz testlar kanalimiz linki beriladi
https://t.me/pedmahorat_testlari

Agar sizda ham matematika kursi bo'yicha muammo bo'ladigan bo'lsa, hoziroq loyihaga qo'shilib olishingizni tavsiya qilaman
Matematika maktabi
Matematika maktabi
Matematika maktabi
15.5K views14:00
Ochish/sharhlash
2024-03-29 19:04:54 Yakuniy nazorat imtihonlari o'tkaziladigan fanlarning ro'yxati

9-sinflar uchun:

Ona tili va adabiyot (yozma)
Matеmatika (yozma)
Davlat tili (ta'lim o'zbеk tilida olib borilmaydigan umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun)
Tarix (og'zaki)
Jismoniy tarbiya (amaliy)


11-sinflar uchun:

Ona tili va adabiyot (yozma, insho)
Matеmatika (yozma)
O'zbеk tili (ta'lim o'zbеk tilida olib borilmaydigan umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun) (yozma, og'zaki)
O'zbеkiston tarixi  (yozma, og'zaki)
Chеt tili  (yozma, og'zaki)
O'quvchining tanlovi bo'yicha: Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Gеografiya (yozma)


Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
41.6K views16:04
Ochish/sharhlash
2024-03-29 09:30:02 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.7K views06:30
Ochish/sharhlash
2024-03-29 07:27:18 Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

MMTV

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
31.9K views04:27
Ochish/sharhlash
2024-03-28 16:16:05 BILASIZMI, KUNDALIK.COM DA O’QITUVCHI QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI.

Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug’iga ko’ra pedagoglar elektron kundalik jurnalini yuritishda quyidagi funksiyalarni bajaradi.

1-chorak boshida ish rejalarni kundalikka joylaydi (mavzularni kunligini-kunda kiritsa ham bo’laveradi). Bayram yoki ishlanmaydigan kundagi mavzularni tig’izlatadi.

2-darsda qatnashgan o’quvchilarni kamida 30% ni baholaydi. Bunda 1 smenalik maktablar soat 9.00-21.00 gacha bo’lgan muddatda, 2 smenalik bo’lgan maktablar joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha baholashi kerakdir. O’quvchilarni o’z vaqtida baholamaslik, o’qituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.

3-online tartibda kiritilgan baholarni 72 soat ichida o’zgartirish, qo’shimcha kiritishga ruxsat beriladi.

4-dars boshlanganda davomatni online tarzda kiritadi. Bunda faqat ikkita belgini qo’yadi. Kichkina “s” belgisi-o’quvchi sababsiz dars qoldirganda. Kichik “kq” belgisi-o’quvchi kech qolganda (baholash mumkin). Davomat bo’yicha qolgan belgilarni (s,dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) sinf rahbari kiritadi.

Shuningdek 205-sonli buyrug’da maktab rahbarlari va sinf rahbarining ham vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda avvali postlarimizda xabar bergan edik.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.6K views13:16
Ochish/sharhlash