Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB DIREKTORI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGI MALAKA TALABLARI BO‘LI | MAKTAB️

MAKTAB DIREKTORI BO‘LISH UCHUN QUYIDAGI MALAKA TALABLARI BO‘LISHI KERAK.

Umumta’lim maktablari uchun.

kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;

ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj;

xorijiy tillarni va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni 
bilishi (tanlov jarayonida ustuvorlik beradi).


Yuqoridagi talablarga to‘la mos keladigan xodimlar menejerlik sertifikati uchun A.Avloniy instituti tomonidan tashkillanadigan 1oylik o‘quv kurslarida o‘qishi va imtihondan o‘tgan taqdirda menejerlik sertifikatini olishlari mumkin. Bu haqda avvalgi postimizda ma’lumot bergan edik.

Menejerlik sertifikatini olgan xodimlar umumta’lim maktablari uchun direktorlikka nomzod bo‘la oladilar. Direktorlikka tayinlangan taqdirda 50% ustama to‘lanadi. Agar menejerlik sertifikatini olgan, lekin direktor o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan rahbar xodim bo‘lsa unga 30% ustama to‘lanadi.

Asos: MMT vazirining 2023-yil 29-avgustdagi 270-sonli buyrug‘i va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarori

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e