Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB DIREKTORI KUNDALIK COMDA QUYIDAGI ISHLARNI BAJARISHI SH | MAKTAB️

MAKTAB DIREKTORI KUNDALIK COMDA QUYIDAGI ISHLARNI BAJARISHI SHART.

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil  24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab direktorining vazifalari quyidagicha etib belgilangan.

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

Shuningdek, maktab direktori sinf jurnallarini to'g'ri yuritilishini quyidagi tartibda ("Hisobotlar" bo'limidan) nazorat
qiladi vа "Jurnal olib borish haqida izoh" bo'limida izoh qoldiradi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e