Get Mystery Box with random crypto!

9-SINFLAR UCHUN MATEMATIKA FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA | MAKTAB️

9-SINFLAR UCHUN MATEMATIKA FANIDAN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI BILETLARI QUR'A TASHLASH YO'LI BILAN ANIQLANDI

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur'a tashlandi

Bunda o‘quvchilar 5- va 7- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma'lum bo‘ldi.

Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi.

Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.

Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar. Bilet savollariga javob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon materiyallari

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e