Get Mystery Box with random crypto!

PISA HAQIDA KO‘P BERILADIGON SAVOLLAR 1. PISA nima? — O‘quvc | MAKTAB️

PISA HAQIDA KO‘P BERILADIGON SAVOLLAR

1. PISA nima?

— O‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyat­larini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi, targ‘ib qilmaydi va umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.

2. Tadqiqot kim tomonidan amalga oshiriladi?

— PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o‘tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

3. PISA tadqiqotlari nima uchun har uch yilda o‘tkaziladi?

— PISAning asosiy vazifasi a’zo mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qaror­lar va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi.

Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o‘z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko‘zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi.

4. PISA tadqiqotlarida nega aynan 15 yoshli o‘quvchilar qatnashadi?

— Tadqiqot aynan 15 yoshli o‘quvchilar doirasida o‘tkazilishining asosiy sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT)ga a’zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.

5. Savodxonlikni baholashda qanday kompetensiyalarga asoslanadi?

— Ushbu kompetensiyalarni o‘quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo‘llaniladigan kompetensiyalar misolida ko‘rib chiqamiz:

1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.

2. Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.

3. Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.

6. Kontekst nima?

— Kontekstlar — PISA topshiriqlarining asosi sanaladi. Kontekst hayotiy muammoli vaziyatlar aks etgan topshiriqlar. O‘z navbatida, kontekstlar shaxsiy, mahalliy va milliy (global) darajalarga bo‘linadi.

7. PISA topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo‘yiladi?

— Topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobiliyatiga ko‘ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi:

1. Quyi daraja — bir bosqichli amallar.

2. O‘rta daraja — hodisalarni tavsiflash.

3. Yuqori daraja — murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e