Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 80.02K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2024-03-03 07:29:31 Pedagoglar attestatsiyasi bahorgi taʼtil vaqtida boshlanishini rejalashtirilmoqda

2024-yilning birinchi yarimda oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha onlayn repetitsiyalar 10-mart sanasidan boshlab oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Attestatsiyaning asosiy sinovlari esa mart oyining oxirida, bahorgi taʼtil paytlarida boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Aniq jadval 10-mart sanasiga qadar eʼlon qilib boriladi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Safarali Xamrayev onlayn muloqot davomida ham maʼlumot bergan edi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
37.5K views04:29
Ochish/sharhlash
2024-03-03 06:02:00 Dam olish kunlari vaqtingizni behuda o‘tkazmang.

Keling bilimingizni sinab ko‘ring.
“TOIFA TEST” boti test ishlashingizda yordam beradi. Dam olib test ishlang.

/START

Test ishlashni yaqinlaringizga ham tavsiya qiling. Buning uchun ushbu xabarni guruhlarda ulashing.


Test ishlash
28.2K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-03-02 17:43:27 USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI KERAK?

Kanalimizga shu kabi savollar ko‘plab o‘qituvchilardan kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil  11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri va hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi.

7-bo‘lim, malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.


Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Hozirda ko‘p o‘qituvchilarning bizga yozishicha maktab rahbarlari turli xil hujjatlarni talab qilishayotganligi, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilib, fayllarni ishirishni so‘rayotganligini bildirishmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) MMTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
28.8K views14:43
Ochish/sharhlash
2024-03-02 12:01:17 Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari orasida tamaki va nos chekish holatlari koʻpaygani maʼlum qilindi

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, respublikada 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 1,7 foizi tamaki chekadi. Oʻsmirlarning 7,7 foizi hayotida bir marta boʻlsa ham chekib koʻrgan. Ota-onalardan chekmaslik borasida farzandlariga namuna boʻlish soʻralmoqda. Bu haqda SSV ogohlantirish bilan chiqdi.

Maʼlum qilinishicha, 18-69 yosh oraligʻidagi Oʻzbekiston aholisining 16,5 foizi, shu jumladan, erkaklarning 32,9 foizi, ayollarning 0,8 foizi tamaki chekadi. Aholining 9,9 foizi tutunsiz tamaki, oʻz navbatida tutunsiz tamaki chekuvchilarning 89 foizi esa nosvoy chekadi.

Qayd etilishicha, ushbu zararli odatlar maktab yoshidagi bolalar orasida ham uchramoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 1,7 foizi – oʻgʻil bolalarning 2,3 foizi, qizlarning 0,9 foizi tamaki chekadi.

Bunda oʻsmirlarning 7,7 foizi – 10 foiz oʻgʻil bolalar hamda 5,2 foiz qizlar hayotida bir marta boʻlsa ham chekib koʻrgan.

Statistikaga qaraganda, 13-15 yoshdagi maktab oʻquvchilarining 7 foizi (har 15 nafardan 1 nafari) uyda va 16 foizi (har 6 nafardan 1 nafari) yopiq jamoat joylarida tamaki tutuni taʼsirida boʻlishadi.

Tamaki, nos va snyus singari zararli odatlar organizmi oʻsib borayotgan yoshlarga yanada yomonroq taʼsir qiladi. Bu haqda sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari qatʼiy ogohlantirmoqda.

Taʼkidlanishicha, oʻsmir yoshdagilarga tamaki va uning boshqa shakllari toksik taʼsir qilib, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:

nafas olish yoʻllari – tomoq-burun, halqum, traxeya, bronxlar, oʻpkaga salbiy taʼsir koʻrsatadi;

oʻpkalarda yiliga 1 kggacha qatron yigʻiladi. Qatronlar kanserogen modda boʻlib, oʻpka saratonini rivojlantiradi. Chekuvchilarda surunkali bronxit, bronxoektaz va oʻpka emfizemasi rivojlanadi, bu esa nafas yetishmovchiligiga olib keladi;
koʻrish va xotira yomonlashadi, mushaklarning kuchi kamayadi;

yurakning muddatidan oldin qarishi ortadi, nerv hujayralari oʻladi;
teri quriydi, husnbuzarlar toshib ketadi;

tana oʻsishdan toʻxtaydi, eshitish pasayadi, uyqu buziladi;

jinsiy ojizlik, farzand koʻrish tizimida muammolar (erta bepushtlik), gormonal buzilishlar paydo boʻladi;
ateroskleroz, yurak miokardi infarkti, insult, gastrit va oshqozon-ichak yaralari bilan kasallanishlar kuzatiladi.
Bular sigaret, nos va snyus kabi oʻta zararli odatlarning zamonaviy tibbiyot tomonidan hozirgacha isbotlangan oqibatlari.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 1,3 milliardga yaqin odam muntazam ravishda chekadi yoki boshqa shakllarda tamaki isteʼmol qiladi. Erkaklarning taxminan 47 foizi va ayollarning taxminan 12 foizi chekadi. Chekishni erta boshlash va 20-yildan ortiq vaqt davomida muntazam chekish umr koʻrish davomiyligini 20-25-yilga qisqartirar ekan.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
30.4K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-03-02 07:32:08

Va nihoyat oyliklar ham deyarli tushdi. Xo‘sh, sizga oylik to‘g‘ri tushdimi? Buni tekshirib ko‘ring. Oylik botga dars soatlaringizni kiriting.
/start

Agar daftar tekshirish summasi to‘lansa, daftar tekshiradigan faningizni soatini kiritasiz. Misol uchun, matematikadan haftada 15 soat o‘tsangiz, demak 15 soat yozasiz.

Shtatniy xodimlarning oyligi ham shu botda ko‘rsatiladi.

Oylik bot valyutalar kursini ham aniq ko‘rsatib beradi.

Botga kirish uchun link

Oyliklarni tekshirish

Oylik bot
24.5K views04:32
Ochish/sharhlash
2024-03-02 05:59:13 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
33.1K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-03-01 09:51:41 BILASIZMI, KUNDALIK.COM DA O’QITUVCHI QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI.

Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug’iga ko’ra pedagoglar elektron kundalik jurnalini yuritishda quyidagi funksiyalarni bajaradi.

1-chorak boshida ish rejalarni kundalikka joylaydi (mavzularni kunligini-kunda kiritsa ham bo’laveradi). Bayram yoki ishlanmaydigan kundagi mavzularni tig’izlatadi.

2-darsda qatnashgan o’quvchilarni kamida 30% ni baholaydi. Bunda 1 smenalik maktablar soat 9.00-21.00 gacha bo’lgan muddatda, 2 smenalik bo’lgan maktablar joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha baholashi kerakdir. O’quvchilarni o’z vaqtida baholamaslik, o’qituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.

3-online tartibda kiritilgan baholarni 72 soat ichida o’zgartirish, qo’shimcha kiritishga ruxsat beriladi.

4-dars boshlanganda davomatni online tarzda kiritadi. Bunda faqat ikkita belgini qo’yadi. Kichkina “s” belgisi-o’quvchi sababsiz dars qoldirganda. Kichik “kq” belgisi-o’quvchi kech qolganda (baholash mumkin). Davomat bo’yicha qolgan belgilarni (s,dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) sinf rahbari kiritadi.

Shuningdek 205-sonli buyrug’da maktab rahbarlari va sinf rahbarining ham vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda avvali postlarimizda xabar bergan edik.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
36.2K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2024-02-29 19:10:04
OMMALASHTIRISH BO‘YICHA VIDEOBAYONOT

Ommalashtrish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa ushbu botga yozing.
@Ommalashtirishuzbot

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
38.7K views16:10
Ochish/sharhlash
2024-02-29 09:55:44 ISH TAJRIBANI OMMALASHTIRISH UCHUN ENDI AVVALGIDAY “LIKE” YIG‘ISH SHART EMAS.

1. maktabda ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ish tajriba metodbirlashmada ko’rib chiqiladi. Ommalashtirishga loyiq deb topilsa, maktab pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. Pedagogik kengashda, “ommalashtirilsin” deb qaror qabul qilingan taqdirda.

2. ish tajriba ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

3. ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.

Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.
Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘i.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
47.5K views06:55
Ochish/sharhlash
2024-02-29 05:56:37 Ўқитувчини ўқувчига қўйган баҳосига ота-она аралашишга ҳаққи борми?

@Yurist_Xizmati 4401-савол:

Ассалому алайкум, укитувчини укувчига куйган бахосига, ота-она аралашиши мумкинми? Укитувчи узини бу холатда кандай химоя килиши керак.

ЮРИСТ ЖАВОБИ:

Агар ўқитувчи ёки бошқа шахс дарсингизга ҳалал берса ёки унинг сизнинг ўқувчиларни баҳолашингизга аралашда улар учун маъмурий жавобгарлик бор.

Маъмурий жавогарлик тўғрисдаги кодекснинг 197-5-моддасига мувофиқ таълим муассасаси педагог ходимининг касбий фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш билан ифодаланган тарзда қонунга хилоф равишда аралашиш ёки таълим муассасаси педагог ходимининг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:
фуқароларга базавий ҳисоблаш миқдорининг 5 бараваридан 7 бараваригача;
мансабдор шахсларга эса — 7 бараваридан 10 бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Бу ҳолатда ўқитувчи ота-онанинг ҳаракатлари устидан туман ИИБга мурожаат қилиш керак.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
61.7K views02:56
Ochish/sharhlash