Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 80.02K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2024-03-27 18:52:53MAKTAB

Baxtga narvon, bilimga kon erur maktab,
Zakovat doniga xirmon erur maktab.
O'g'il-qizlar, o'qing ulkan murod ko'zlab,
Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab.
O'qing, minglab ahli dono kerak yurtga,
Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga.

Navoiy so'zni zar etdi ilm istab,
Buxoriy el kezib o'tdi ilm istab.
Riyoziyot shohi bo'ldi Xorazimiy,
Ulug'bek yulduzga yetdi ilm istab.
O'qing, Farg'oniy, Huvaydo kerak yurtga,
Beruniy, Termiziy, Kubro kerak yurtga.

Necha yovdan qaqshagan bu aziz tuproq,
Qadim janglar guvohi har dala, so'qmoq.
Buyuk yurt tarixin anglab g'urur to'plang,
Mard bobongiz Temurbekdek turing ogoh.
O'qing, idrokli posbonlar kerak yurtga,
Shiroq yanglig' pahlavonlar kerak yurtga.

Surib davron, Vatanda xon bo'ling doim,
Qadoqqo'l bu elga darmon bo'ling doim.
Shahar tiklang, oching dunyo sari yo'llar,
Nomi besh qit'ada doston bo'ling doim.
O'qing, ongli qizu o'g'lon kerak yurtga,
Qodiriy, Nodira, Cho'lpon kerak yurtga.

Qunt ila qirq hunar olmoqqa shahd aylang,
Shamoldan ham shakar olmoqqa shahd aylang.
Zamondan-da yurib ilg'or, bo'lib koshif,
Har ilmdan samar olmoqqa shahd aylang.
O'qing, qudrat ila shuhrat kerka yurtga,
Ma'rifatga tashna millat kerak yurtga.

Ma'rifatsiz elat maqsadda jam bo'lmas,
Ma'rifatli o'lka yotga qaram bo'lmas.
Agar maktab quyosh ersa, ilm nurdir,
Fikrsiz bosh ichra hattoki sham bo'lmas.
O'qing, fikri yorug' avlod kerak yurtga,

Va ertangi taraqqiyot kerak yurtga.

Anvar Obidjon

4-chorak barchamizga hayirli kelsin!

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
28.6K views15:52
Ochish/sharhlash
2024-03-27 08:30:03 ONA TILI VA ADABIYOT O'QITUVCHISI TARBIYA FANIDAN DARS BЕRISHI MUMKINMI?

Mеn 2021-yil 01.03  dan 2021-yil 30.09 gacha Nizomiy nomidagi pеdagogika institutida ona tili fanidan qayta tayе‌rlov kursida u‌k,idim.Mеn maktabda tarbiya fanidan dars bеrishim mumkin -mi?

JAVOB:

“Tarbiya” fanini umumta'lim maktablarining “Boshlang'ich ta'lim”, “Milliy g'oya va huquq”, “Tarix”, “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o'qituvchilari o'tishi mumkin. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining Umumiy o'rta talim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020-yil 6–iyuldagi 422–son  qarorida bеlgilab qo'yilgan.

Bugungi kunda ushbu fan o'qituvchilari uchun “Tarbiya fanini o'qitishga” qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha onlayn shaklda malaka oshirish kurslari tashkil etilgan.

«Tarbiya» faniga ajratilgan dars soatlari, avvalo muassasada faoliyat yuritayotgan «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» mutaxassislariga taqsimlanib, bir stavkadan ortiqcha dars soati yuzaga kеlgandagina yuqorida nomlari kеltirilgan va tеgishli malaka oshirish kursidan o'tgan boshqa fan mutaxassislariga bеrilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yangi joriy qilingan “Tarbiya” fanidan birinchi navbatda «Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari» fanidan dars bеrgan pеdagogga bеriladi. Agar bir stavkadan ko'p bo'lsa “Boshlang'ich ta'lim”, “Milliy g'oya va huquq”, “Tarix”, “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o'qituvchilari o'tishi mumkin. Ona tili va adabiyoti o'qituvchisiga bеrilishi nazarda turilmagan buning uchun qayta tayyorlov kursida o'qishingiz kеrak

YURIST MASLAHATI

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.2K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-03-26 18:40:43
Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

Joriy yilning mart-may oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
19.7K views15:40
Ochish/sharhlash
2024-03-25 10:50:24 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.9K views07:50
Ochish/sharhlash
2024-03-25 08:37:10 FANLARDAN 4-CHORAK UCHUN ISH REJALAR UYGA VAZIFALARI BILAN EMAKTAB.UZ UCHUN.

O'zingizga kerakli bo'lgan reja ustiga bosing va yuklab oling. Boshqalarga ham ulashishni unutmang.

Adabiyot 5-11-sinf
O'qish savodxon. 1-4-sinf
Biologiya 5-11-sinf
Fizika 7-11-sinf
Fransuz tili 1-11-sinf
Geografiya 5-10-sinf
Huquq 8-11-sinf
Iqtisod bilim asos. 8-11-sinf
Informatika 1-11-sinf
Ingliz tili 1-11-sinf
Jismoniy tarb. 1-11-sinf
Kimyo 7-11-sinf
Matematika 1-6-sinf
Algebra+Geomet. 7-11-sinf
Musiqa 1-7-sinf
Nemis tili 1-11-sinf
Ona tili 5-11-sinf
O'zbek tili 5-11-sinf
Rus tili 2-11-sinf
Sinf soati 1-11-sinf
Tabiiy fanlar 1-6-sinf
Tarbiya 1-11-sinf
Tarix(Jahon+O'zb.) 5-11-sinf
Tasviriy san'at 1-9-sinf
Texnologiya(1+2-yo'nal.+umummiy) 5-9-sinf
CHQBT 10-11-sinf

Биология 5-11-кл
Воспитание 1-11-кл
География 5-10-кл
Гос. права 8-11-кл
Изо. искусство 1-9-кл
Информатика 1-11-кл
История(Всем+Узб) 5-11-кл
Класс. час 1-11-кл
Читат. грамат. 1-4-кл
Литература 5-11-кл
Математика 1-6-кл
Алгебра-Геомет. 7-11-кл
Музыка 1-7-кл
Естеств. науки 1-6-кл
Русский язык 1-11-кл
Технология(1+2-направ.) 5-9-кл
Физ-ра 1-11-кл
Физика 7-11-кл
Химия 7-11-кл
Экономика 8-11-кл
НДП 10-11-кл

ISH REJALAR UYGA VAZIFALARI BILAN YUKLANDI, OBUNA BO'LISHNI UNUTMANG
Rejalarni darslik bilan solishtirib keyin yuklash maslahat beriladi.
Ish rejalar kanali:
@e_baza_ishreja
Savol-javob guruhimiz
https://t.me/+rbZqC32TTxdlY2Ri
https://t.me/+rbZqC32TTxdlY2Ri

Hujjatlar, ish rejalar,darsliklar,
testlar, oylik hisoblash botimiz
@ebazaga_bot

O'qituvchilar uchun maxsus kanalimiz
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
https://t.me/+mi15W-aqCcFhOTIy
31.1K views05:37
Ochish/sharhlash
2024-03-25 03:12:14 Darsga halaqit bеrib, darsni buzadigan o'quvchilarga qanday chora ko'rish mumkin?

Assalomu alaykum. O‘quvchi darsda xulqi yomon. Dars jarayonini buzadi. Boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan janjallashadi. Shu xodisaga qanday qonun doirasida chora ko‘rish mumkin

YURIST JAVOBI:

O'quvchiga nisbatan biror ta'sir chorasi qo'llanilmaydi, aksincha bunday vaziyatda uning ota-onasiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llaniladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug'iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 14-bandiga asosan o'quvchi dars mashg'ulotlarida:

tеgishli darslik va zarur o'quv qurollari bilan ishtirok etish;

darslarda o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ishlarga chalg'imaslik;

o'qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bеrmoqchi bo'lganda qo'lini ko'tarib ruxsat so'rash;

sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilishi shart.

Mana shu qoidaga binoan o'quvchi yuqoridagilarni bajarishi talab etiladi.

Agar u mazkur majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlasa, unda ota-onaga nisbatan ta'sir chorasi ko'rilishi mumkin.

Bunday holatda ota-onaga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodеks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Ya'ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan kеyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
42.8K views00:12
Ochish/sharhlash
2024-03-24 17:06:06 Ertadan, ya’ni 25-martdan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan barcha xodimlarga ketma-ket 4 kunlik dam olish kuni berildi. Ertadan, ya’ni 25-martdan boshlab barcha pedagog xodimlar uchun IV chorakning birinchi ish kuni hisoblanadi.

Maktablarda dars bo‘lmagan vaqt ya’ni, o‘quvchilar uchun berilgan bahorgi ta’til payti barcha pedagog xodimlarga ish kuni sanaladi.

Bu paytda o'qituvchilar pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi, yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O'quvchilar uchun IV chorak darslari 2024-yil 28-martdan boshlanadi.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
13.4K views14:06
Ochish/sharhlash
2024-03-23 19:32:14 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
21.2K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2024-03-23 18:29:52
Maktablar o'rtasida tumanlararo "THE BEST SCHOOLS" Respublika tanlovi bo'lib o'tmoqda. Ko'p ovoz olgan maktablar tuman bosqishidan viloyat va Respublika bosqichiga yo'l oladi. O'z maktabingizni keyingi bosqichga chiqishiga ko'maklashing. (Tuman bosqichi 31-martga qadar davom etadi)

Maktablar ro'yxati
@eng_yaxshi_maktab_bot
21.2K views15:29
Ochish/sharhlash
2024-03-23 09:34:26 PEDAGOG XODIMLAR IKKI BOSQICHLI ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO‘RA QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASHI KERAK

oliy toifa uchun  80 ball va undan yuqori

birinchi toifa uchun 70 ball va undan yuqori

ikkinchi toifa uchun 60 ball va undan yuqori

mutaxassis toifa uchun 55 balldan 59 ballgacha

55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tmagan, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanadi. Navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.0K views06:34
Ochish/sharhlash