Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB️

Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️ M
Telegram kanalining logotibi maktab_e — MAKTAB️
Kanal manzili: @maktab_e
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 80.02K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz!
Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot
Reklama bo‘yicha: @reklama_da

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2024-03-23 06:09:49 AGAR O‘QUVCHI ICHKI NAZORATGA OLINSA SINF RAHBARI QUYIDAGI ISHLARNI QILISHI KERAK.

Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 18-dekabrdagi 308-sonli buyrug‘iga ko‘ra agar o‘quvchi ichki nazoratga olinsa, MMIBDO‘, CHQBT rahbari, sinf rahbari, psixologlarga o‘quvchi bilan ishlashda alohida vazifalar belgilangan.

Quyida sinf rahbarining vazifalarini keltirib o‘tamiz. Sinf rahbari ushbu ishlarni bajarishda alohida ish reja tuzib, direktorga tasdiqlatadi va qilingan ishlarni jamlab yig‘ma jild yuritadi.

ta'lim muassasasi va undan tashqarida oʻquvchilar tomonidan ta’qiqlangan buyumlar (o'tkir tigʻli jismlar, oʻyin kartasi, turli zararli kimyoviy moddalar va pirotexnik vositalar, maxsus gaz sachratuvchi moslamalar, qimmatbaho buyumlar, ma'naviyatga va xulqqa salbiy ta'sir ko'rsatuvchi boshqa predmetlar)ni olib yurish mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning qiziqishlarini e'tiborga olgan holda to'garaklarga jalb qilish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning ta'lim muassasasi va sinf miqyosida o'tkaziladigan turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarga muntazam ravishda jalb qilish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning bo'sh o'zlashtirayotgan fanlar boʻyicha faoliyatini muntazam tahlil qilib borish, fan o'qituvchisiga darslarda ushbu o'quvchini faollashtirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning darslarga to'liq o'quv qurollari bilan ishtirok etishi va davomatini, shuningdek odob-axloq qoidalariga rioya qilishini kunlik nazorat qilib borish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilar maktabga kelmay qolgan holatda zudlik bilan shu kunning o'zida (soat 10:00 gacha) ularning ota-onalari bilan telefon orqali bogʻlanib, vaziyatga oydinlik kiritish, ota-onasi bilan bog'lanish imkoni boʻlmaganda, ta'lim muassasasi rahbariyatini ogohlantirish;

ichki ro'yxatga olingan o'quvchilarning oʻqishi va xulqida kuzatilayotgan har qanday o'zgarishlarni ularning ota-onalari va maktab rahbariyatiga ma'lum qilish.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
24.4K views03:09
Ochish/sharhlash
2024-03-23 04:56:01 Hurmatli ustozlar!

Bu yilgi attestatsiya jarayonida pedagogik mahoratdan testlar tushadi. Ushbu testlardan na’munalarni
Toifa Test botiga joylaganmiz. Testlar 6 ta variyantda berilgan. Qolaversa, mutahasislik fanlaridan ham testlar 2 ta variyantda joylangan.

Marhamat, testlarni ishlab ko‘ring va o‘qituvchilarga ulashing!
/START

Test ishlash
20.7K views01:56
Ochish/sharhlash
2024-03-22 18:57:01 YANGI NIZOMGA KO'RA METODBIRLASHMA RAHBARI VA A'ZOLARINING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:

Metodbirlashmaning ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish;

yosh oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish;

tegishli fanlarni oʻqitish sifatiga eʼtibor berish, Metodbirlashma faoliyati yuzasidan pedagogik kengashga hisobot berish;

taqvim-mavzu rejalarning oʻqituvchilarga yetkazilishini taʼminlash;

ochiq dars hamda mahorat darslarini tashkillashtirish.


Metodbirlashma har bir aʼzosining majburiyatlari:

har bir oʻqituvchi kamida bitta Metodbirlashmaga aʼzo boʻlishi;

Metodbirlashma oʻtkazadigan yigʻilishlari va tadbirlarda qatnashishi;

uzluksiz kasbiy rivojlanish uchun doimiy harakatda boʻlish;

pedagogning huquqiy-meʼyoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi; formativ va summativ baholash jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish;

pedagogik faoliyatida oʻz-oʻzini tahlil qilib borishi lozim.


Asos: MMTV ning 2024-yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘i

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
23.4K views15:57
Ochish/sharhlash
2024-03-22 17:39:27
Farzandingiz Prezident maktablariga kirishni xoxlaysizmi

Men Abrorjon Farmonov oʻquvchilarimning Prezident Al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish koʻrsatkichi 85%+

Prezident maktabi 6/7
Al-Xorazmiy 3/4
Ixtisoslashtirilgan maktab 8/8

Taklifim: Farzandingiz oʻquvchilariz Prezident Al-Xorazmiy maktablarida oʻqishni xoxlaysizmi?

Telegram kanalga ulanib olimpiada va darslarda farzanding oʻquvchilaringiz darajasini oshiring

Savollar bazasi
Olimpiada

Darslarga qatnashish uchun telegram kanalga obuna boʻlishingiz kerak

Telegram kanalga ulanish

https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
https://t.me/farmonov_piima
20.1K views14:39
Ochish/sharhlash
2024-03-21 13:06:39 Navroʻz bayrami tarixi haqida qisqacha ma’lumot.

Navro‘z bayramining qachon vujudga kelgani haqida bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ko‘rinadiki, u O‘rta Osiyo, Eron va Afg‘onistonda Ahamoniylar davrida (miloddan avvalgi VI asrlarda) keng tarqalgan. Shu ma'noda Navro‘zning tarixini 25-30 asrga ega deb taxmin qilish mumkin.

Navro‘z qachon, qanday vujudga kelganidan qat'iy nazar, u har tomonlama ilmiy asoslanib, koinot va tabiat qonuniyatlari hisobga olingan holda joriy etilgan. Chunonchi, quyoshning hamal burjiga kirishi, kunduzning uzaya boshlashi, yorug‘likning kuchayishi, tabiatning jonlanishi – Navro‘z deb qabul olingan (Navro‘z – «yangi kun»degan ma'noni bildiradi). Navro‘z eski quyosh kalendari hisobida farvordin oyining boshlanishiga (hozirgi 22 martga) to‘g‘ri kelgan. Bukun «kichik Navro‘z» deb atalgan va bu kundan boshlab tabiatdagi hamma narsa amalga kiradi, deb hisoblangan.

Beruniy «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitobida qimmatli ma'lumotlar berib, unda kichik bayram farvordin oyining oltinchi kunigacha davom etganini ta'kidlagan. Demak, farvordin oyining oltinchi kuni «Katta Navro‘z»ning mohiyatini bevosita tabiat bilan bog‘laydi va bu haqda shunday yozadi: «...U butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqgda, ya'ni bahor yomg‘irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, hayvonlarda nasl vujudga kelguncha davom etadigan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‘z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan». Bu fikrlar Navro‘zning qadimdan tabiat va bahor bayrami bo‘lganini yana bir karra isbotlaydi. Biroq, tarixda Navro‘zning mazmunini turlicha talqin qilib, ba'zilar uni tarakqiy ettirishga, boshqalar esa uni ta'qiqlashga harakat qilishdi. Jumladan, grek-makedon va arab istilosi davrlarida Navro‘z ta'qiqlanib, u podsho saroylarida, amaldorlar va din ahli davralarida rasmiy bayram hisoblanmagan. Shuni alohida ta'kidlab o‘tish kerakki, Navro‘z o‘tmishdagi har bir sinfiy jamiyatda podsholar hukmdorligi, diniy ideologiya ta'sirida shaklan o‘zgarib tursa-da, u o‘zining asosiy mohiyatini saqlab qoldi. U haqiqiy xalq bayrami bo‘lib, mehnat ahli orasida katta tantanalar bilan nishonlangan.

Binobarin, qadimdan xalqda bayramni o‘tkazishning o‘ziga xos tartib-qoidalari bo‘lgan.

Islomgacha bo‘lgan Navro‘zda oddiy xalqqa tegishli bo‘lgan odatlar ham diqqatga sazovordir. Bayram kuni odamlar bir-biriga shakar va shirinliklar hadya qilish (hayotingiz shirin bo‘lsin degan ma'noda), bir-biriga cuv sepish (bu yil suv ko‘p bo‘lsin, hosil yaxshi bo‘lsin degan ma'noda) va boshqa odatlar keng tarqalgan. Keyingi asrlarda esa hovli-joylarni tozalash, ko‘kat va gullar ekish, ota-ona, yoru do‘stlarni ziyorat qilish, marhumlarning qabrini ziyorat qilish kabi odatlar Navro‘z bayramining tarkibiy qismiga aylangan.

Anashunaqa gaplar, Navro‘z muborak, aziz ustozlar!


Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
20.9K views10:06
Ochish/sharhlash
2024-03-20 23:21:38 Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum aziz ustozlar!

O‘lkamizga kirib kelayotgan bahoriy tengkunlik va yangilanish bayramiNavro‘zi olam munosabati bilan aziz ustozlarimizni muborakbod etamiz!

Tobora go‘zallashib, farovonlashib borayotgan, barqaror tinch va osuda Vatanimiz rizqu barakasidan, baxtli xalqimizning mehr-oqibatlaridan doimo bahramand bo‘lish, dasturxon to‘kinligi baxti nasib etsin!


Hayotingiz bahor tongidek tiniq, baxtli va farovon bo‘lsin aziz ustozlar!

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
22.3K views20:21
Ochish/sharhlash
2024-03-20 15:42:34 Alisher Qodirov oʻqishga kirolmagan barcha oʻgʻil bolalarni armiyaga majburiy joʻnatishni taklif qildi

“Maktabni tugatgan, oʻqishga kirganlardan tashqari barcha oʻgʻil bolalarni toʻlovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va masuliyatni maktab va harbiy xizmatda oʻrgatmasak, qamoqxonada hech qachon oʻrgatib boʻlmaydi”, - deydi deputat.

Uning qayd etishicha, 124 ming oʻquvchi sababsiz maktabga kelmagani aniqlangan. Takidlanishicha, 3 ming nafar ota-ona Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi bilan jarimaga tortilgan.

"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak. Oʻzbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, oʻz qadrini biladigan, tafakkur qiladigan oʻgʻil-qizlar rivojlantiradi.

Nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bogʻcha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qoriqlashi kerak", - deydi u.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
25.8K views12:42
Ochish/sharhlash
2024-03-20 03:03:52

SINF RAHBARLARI UCHUN 3-CHORAK HISOBOTI. TAYYOR, TARQATING!

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
13.9K views00:03
Ochish/sharhlash
2024-03-19 18:43:05 BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN MUHIM ESLATMA.

Ustama tayinlashda hisobga olinadigan tanlov va tadbirlar ro‘yxati MMT Vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 03-01/14-623-sonli xati bilan tasdiqlandi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari ustamaning baholash mezoniga asosan maksimal 30 ball bilan baholanadi.

Shu munosabat bilan maktab miqyosida tanlov va boshqa tadbirlar o‘tkazish uchun maktab direktorining buyrug'i chiqarilishi, hakamlar hay’ati tuzilishi, hakamlar hay’ati qarori chiqarilishi, fotolavhalar ham olinishi kerakligini eslatib o‘tmoqchimiz. Chunki, ustamaga hujjat tayyorlashda ushbu hujjatlar ball yig‘ishga asos bo‘ladi.

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
27.9K views15:43
Ochish/sharhlash
2024-03-18 16:21:04 KUNDALIK COMDA 3-CHORAKLIK BAHOLAR QUYIDAGI TARTIBDA CHIQARILADI.

Agar darsingiz haftasiga 1 soat, yoki 0.5 soat bo’lsa, choraklik baho o’rniga “OZ” belgisini qo’yasiz.

Agar darsingiz haftasiga 1.5 soat va undan ko’p bo’lsa, choraklik bahoga baholarning o’rtacha qiymatini qo’yasiz.

Asos: 205-sonli kundalik com nizomi

Oylik bot

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_e
49.7K views13:21
Ochish/sharhlash