Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-06-11 12:35:35 Bu yil siz albatta ustama olasiz. Buning uchun hozidanoq harakat qiling. Ustama olish uchun qilinadigan ishlar ro'yhatini tuzib chiqdik. Ustama olish uchun 9 ta yo'nalishda o'qituvchiga ball qo'yiladi. Marhamat ko'k yozuv ustiga bosing va u sizni kerakli ma'lumotlar sari olib boradi. Ustama olish uchun nima qilish kerakligini bilib oling.

1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

2-BO’LIM. OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI

4-BO‘LIM. ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH

5-BO‘LIM. PEDAGOGIK STAJ

6-BO‘LIM. SINF RAHBARLIGI YUKLATILGANLIGI

7-BO‘LIM. PEDAGOGLARNI MALAKA OSHIRISHDAN O‘TGANLIGI

8-BO’LIM. SINFDAN TASHQARI ISHLAR

9-BO‘LIM. O‘QITUVCHINING PEDAGOGLIK FAOLIYATI BAHOSI

Ustama olish uchun kerakli bo'lgan hujjatlardan namunalarni esa ushbu havoladan (ko'k yozuv ustiga bosing) ko'rishuingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring.
https://t.me/maktab_daa
6.1K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-06-11 11:25:23
#Тезкор #Тарқатинг

БАРЧА АБИТУРИЕНТ ВА МАКТАБ БИТИРУВЧИЛАРИ ҚАТНАШИШИ ШАРТ!

БУГУН КАТТА
ОНЛАЙН ТЕСТ

ЮТУҚ: 1.000.000 сўм!

Бугун, 11 июнь куни Олийгоҳ.уз ва Ренессанс Таълим Университети ҳамкорлигида Республика миқёсидаги кенг қамровли навбатдаги 47-онлайн диагностик имтиҳонга старт берилади.

Кириш имтиҳонлари андозасидаги 5 БЛОКЛИ оригинал тестлар сиз учун!

Тест вақти: 11 июнь (19:00)
Иштирок этиш нархи: БЕПУЛ
Рўйхатдан ўтиш шарт!

Йўналиш танланг ва рўйхатдан ўтинг!
Ҳуқуқ + Инглиз тили
Кимё + Биология
Математика + Физика
Тарих + Она тили
География + Математика
Инглиз тили + Она тили
Она тили + Инглиз тили
Биология + Она тили ва адабиёти
БОШҚА ЙЎАЛИШНИ ТАНЛАШ

Маълумот учун, Ренессанс Таълим Университети - Халқаро даражадаги 31 та таълим йўналиш бўйича бакалавр таълим дастурларида талабаларга ХАЛҚАРО стандартларда таълим олишни таклиф қилади.

Тестга рўйхатдан ўтиш:
Рўйхатдан ўтиш
Рўйхатдан ўтиш
3.0K views08:25
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:19:21
Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi 8-iyun kuni maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangan.

Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Aniqlanishicha, kelishmovchilik o‘quvchilarning o‘qituvchiga qilgan behurmatligi oqibatida yuzaga kelgan.

Ayni paytda holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov vaziyatga munosabat bildirib, o‘qituvchini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanishini ma’lum qildi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.0K views16:19
Ochish/sharhlash
2023-06-09 20:34:30 USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI KERAK?

Kanalimizga shu kabi savollar ko‘plab o‘qituvchilardan kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil  11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi.

7-bo‘lim, malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.


Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Hozirda ko‘p o‘qituvchilarning bizga yozishicha maktab rahbarlari turli xil hujjatlarni talab qilishayotganligi, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilib, fayllarni ishirishni so‘rayotganligini bildirishmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) XTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.8K views17:34
Ochish/sharhlash
2023-06-09 10:36:56 BU YILGI SHAHODATNOMALARDA MAKTAB PECHATI BO‘LMAYDI

Bu yildan maktabni tamomlayotgan 9-11-sinf o’quvchilarga elektron shahodatnomalar beriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-yanvardagi 44-son qarorida bayon etilgan. Elektron shahodatnomalarni berish tartibi haqida nizomda yozilgan ayrim ma'lumotlarni keltirib o‘tamiz.

Bitiruvchilarga shahodatnoma sinf jurnallari (elektron jurnal), yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari va pedagogik kengash qarori asosida beriladi.

Har yili 15-iyunga qadar ta’lim tashkilotining pedagogik kengashi bitiruvchilarga shahodatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (Pedkengash qaroridan namuna)

Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.

Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi.

Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqami) kiritish orqali bepul yuklab oladi.

Elektron platformadan yuklab olingan shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan bepul qayta yuklab oladi. Bitiruvchilar shahodatnomasini olgandan so‘ng tegishli yilning 1-oktabriga qadar ularga berilgan shahodatnomada xatolik (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasida, o‘quv fanlarida, bahosida) borligi aniqlangan taqdirda, elektron platforma orqali yoki ta’lim tashkilotiga bu haqda murojaat qiladi

Ta’lim tashkilotlari har yili 1-iyulga qadar bitiruvchilarga berilgan shahodatnomaning hisobotlarini elektron platformadan yuklab oladi va reyestrini yuritib boradi.

Elektron platformaga ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilishi, jumladan, bitiruvchilarning baholari haqqoniy qo‘yilishi bo‘yicha javobgarlik shaxsan ta’lim tashkiloti direktoriga yuklanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
24.5K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-06-09 05:36:08 Bu yil siz albatta ustama olasiz. Buning uchun hozidanoq harakat qiling. Ustama olish uchun qilinadigan ishlar ro'yhatini tuzib chiqdik. Ustama olish uchun 9 ta yo'nalishda o'qituvchiga ball qo'yiladi. Marhamat ko'k yozuv ustiga bosing va u sizni kerakli ma'lumotlar sari olib boradi. Ustama olish uchun nima qilish kerakligini bilib oling.

1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

2-BO’LIM. OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI

4-BO‘LIM. ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH

5-BO‘LIM. PEDAGOGIK STAJ

6-BO‘LIM. SINF RAHBARLIGI YUKLATILGANLIGI

7-BO‘LIM. PEDAGOGLARNI MALAKA OSHIRISHDAN O‘TGANLIGI

8-BO’LIM. SINFDAN TASHQARI ISHLAR

9-BO‘LIM. O‘QITUVCHINING PEDAGOGLIK FAOLIYATI BAHOSI

Ustama olish uchun kerakli bo'lgan hujjatlardan namunalarni esa ushbu havoladan (ko'k yozuv ustiga bosing) ko'rishuingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring.
https://t.me/maktab_daa
10.6K views02:36
Ochish/sharhlash
2023-06-08 19:05:01 USTAMA BO’YICHA
2-BO’LIM. OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Bu haqida avval ham post qo’ygan edik. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa.

Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa.

Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi.

Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering!

Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball

Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa

Birinchi amal “16:22=0,72”

Demak, bu yerda "16" ball to‘plagan;

"22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;

Ikkinchi amal 0,72*100=72,7

Demak, bu yerda o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi.
Chiqqan natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi.

Baholash mezonida yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda fan o‘qituvchilariga 10 ball;
70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan.

Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan 20 ball bilan baholashi mumkin.

Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma.

Asosiy fan olimpiadasidan boshqa tanlov va musobaqada qatnashgan bo’lsa, faqatgini ushbu ro’yxatda (shu havoladan ko’ring) keltirilgan 29 turdagi tanlov va musobaqalar bo’lishi shart.

Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada, musobaqa, tanlovlar tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi tanlov va musobaqalar ushbu band uchun inobatga olinmaydi.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
13.8K views16:05
Ochish/sharhlash
2023-06-08 17:08:56 USTAMA BO‘YICHA:
1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

O‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘quvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi. Ushbu bo‘lim quyidagicha hisoblanadi:

Pedagog dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning umumiy soniga nisbatan bilim sifati foizi hisoblab chiqiladi. Buning uchun Kundalik.comdan “Hisobotlar” bo‘limiga kiriladi va “Fan bo‘yicha o‘qituvchiga” bo‘limiga kiriladi. Fanni, o‘qituvchini tanlab hisoboti olinadi va bilim sifati foizining umumiy foizi hisoblab chiqiladi.

Agar sifat foizi 56-70% ni tashkil qilsa, ushbu bo‘lim uchun 3 ball beriladi. Agar murakkab fanlar bo‘lsa, (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) sifat foizi 56-65% bo‘lsa ham 3 ball beriladi.

56-70% (murakkab fanlar uchun 56-65%) - 3 ball

71-85% (murakkab fanlar uchun 66-80%) - 4 ball

86% va undan yuqori (murakkab fanlar uchun 81% va undan yuqori) - 5 ball

Ushbu bo‘lim uchun o‘qituvchilardan hech qanday hujjat talab etilmaydi. Ishchi guruh sinf jurnalidan hisoblab olaveradi. Kundalik.comdagi tegishli bo‘limdan nusxa olinib fayilga qo‘yishni tavsiya etamiz.

Qolgan bo‘limlar haqida avvalgi postlarimizda ma’lumot berganmiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.8K viewsedited  14:08
Ochish/sharhlash
2023-06-08 10:09:34 Maktablarda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilik shtatlari tugatilib, mazkur shtatlar yangi tuzilgan ijtimoiy himoya agentligiga berilmoqda.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
15.5K views07:09
Ochish/sharhlash
2023-06-08 05:20:46 USTAMA BO’YICHA

8-BO’LIM. SINFDAN TASHQARI ISHLAR


O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va san’atga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borganligi sabab o’qituvchiga mazkur band uchun maksimal 15 ball beriladi. Sinfdan tashqari qilingan ishlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan 1 varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va 2 dona fotolavha ishchi guruhga taqdim etiladi.

Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 24-iyundagi 02-02/3-1305-sonli xatiga asosan sinfdan tashqari ishlari doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishi kerak.

1.“Eng obod ta’lim muassasasi” ko’rik tanlovi;
2.Fan toʼgaraklari tashkil etish;
3.“Yoshlar teatr studiyalari”ni tashkil etish
4.Teatr, muzey, muqaddas qadamjolarga o’quvchilar sayohatini tashkil qilish;
5.“Yosh kitobxonlik klubi”ni tashkil etish;
6.Xor va ansambl jamoalarini tashkil etish;
7. 5 ta muhim tashabbus to’garaklari va tadbirlarini oʼtkazish;
8.Yozuvchi va shoirlar tavallud kuniga bagʼishlab mushoira kechalari va turli tadbirlar oʼtkazish;
9. O’quvchilar uchun yozgi ta’til davrida sog’lomlashtrish maydonlarini tashkil etish;
10.”Ekopatrul” loyihasi;
11.Gazeta va veb-saytlarda yangi yondashuv asosida qoʼshimcha mashgʼulotlar olib borilganligi yuzasidan maqollar chiqarish.
12.”Qizlarjon” sammiti;l
13. “Street Law” loyihasi


Shuningdek agar sinfdan tashqari ish sifatida maktab radiosida chiqish qilingan bo’lsa, uning elektron nusxasi tashqi qurilma xotirada CD-DVD disklarda, maktab gazetasida maqola chiqarilgan bo’lsa, maqolaning nusxasi ishchi guruhga taqdim etiladi.

Agar o’qituvchi tomonidan maktabning veb- sayti yuritilayotgan bo’lsa, ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etilmaydi. Ma’lumot uchun veb- sayt internet brauzuridan kiriladi va sayt nomi WWW. ---------.uz ko’rinishida bo’ladi.

Qolgan bo‘limlar haqida avvalgi postlarimizda ma’lumot berganmiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
14.8K views02:20
Ochish/sharhlash