Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 44

2023-01-05 06:03:13 MAKTAB pinned « BARChA FANLARDAN KUNDALIK.COM UChUN TAYYOR ISh REJALAR XLSX VARIANTDA, UY VAZIFALARI BILAN. Ish rejalar 2022-2023 o‘quv yili 3-chorak uchun. Bir oy davomida sizlarni duolaringni olish uchun tayyorladik, bemalol olaveringlar! KERAKLI FANNI USTIGA BOSING…»
03:03
Ochish/sharhlash
2023-01-05 06:02:13 BARChA FANLARDAN KUNDALIK.COM UChUN TAYYOR ISh REJALAR XLSX VARIANTDA, UY VAZIFALARI BILAN.

Ish rejalar 2022-2023 o‘quv yili 3-chorak uchun. Bir oy davomida sizlarni duolaringni olish uchun tayyorladik, bemalol olaveringlar!

KERAKLI FANNI USTIGA BOSING, BARChA SINFLARNIKI MAVJUD.

Boshlang‘ichlar:
1-sinf barcha fanlari
2-sinf barcha fanlari
3-sinf barcha fanlari
4-sinf barcha fanlari
4-sinf o‘qish
Fizika
Informatika
Kimyo
Biologiya
5-sinf biologiya
Geografiya
Tabiiy fan 6-sinf
IBA tadbirkorlik
Tarix (O‘zbekiston, jaxon)
Huquq
Tarbiya
Sinf soati
Jismoniy tarbiya
ChQBT
Texnalogiya
Tasviriy sa’nat
Musiqa
Nemis tili
Ingliz tili
Ingliz tili 7-11-sinflar
Ona tili
Adabiyot
Matematika (algebra, geometriya)
Rus tili milliy maktablar uchun

Ish rejalar 100% ishonchli bo‘lib Respublika Ta’lim markazining rasmiy kanalidan olingan (orginal pdf variantda) va xlsx variantga o‘tkazilib uy vazifalari yozilgan.

ESLATMA: kanalga kirganizdan so‘ng kanalga ulanib oling, shunda fayllarni yuklab olishda adashib ketmaysiz.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
8.6K views03:02
Ochish/sharhlash
2023-01-04 11:12:28 CHET TILI FANI O‘QITUVCHILARI UCHUN  ATTESTATSIYA JARAYONI 2023-YIL 1-YANVARDAN QUYIDAGICHA BO‘LADI

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovlari quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:

a) “tinglab tushunish” bo‘limi og‘zaki nutqni qabul qilish ko‘nikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

b) “o‘qish” bo‘limi o‘qilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;

v) “yozma ish” bo‘limi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan mavzular bo‘yicha bir-biri bilan bog‘langan matnlarni tuzish mahoratini tekshiradi;

g) “gapirish” bo‘limi tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lug‘at zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va o‘z nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi qog‘oz blankalarda yoki kompyuterda (onlayn platforma orqali) o‘tkazilishi mumkin. Malaka sinovini o‘tkazish joyi Ta’lim inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.

Malaka sinovi qog‘oz blankalarda o‘tkazilganda, ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “o‘qish”, “yozma ish” bo‘limlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” bo‘limidan tashkil topadi.

Malaka sinovi tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda o‘tkazilganda, barcha bo‘limlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.

“Tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” bo‘limlari bo‘yicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida Ta’lim inspeksiyasining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi nazorati ostida imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi va natijalari rasmiylashtiriladi.

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fani bo‘yicha malaka sinovi jarayonida:
“tinglab tushunish” uchun — 30 daqiqa;
“o‘qish” uchun — 45 daqiqa;
“yozma ish” uchun — 30 daqiqa;
“gapirish” uchun — 10 daqiqa vaqt ajratiladi.

Malaka sinovida:
“tinglab tushunish”, “o‘qish” bo‘limlarining har biri 30 ta savoldan;
“yozma ish” bo‘limi 120 — 150 ta so‘zdan iborat topshiriqdan;
“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat bo‘ladi.

Ta’lim inspeksiyasi malaka sinovi natijalarini sinov yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmasdan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Chet tili fani o‘qituvchilari uchun o‘quv (maxsus) fanidan malaka sinovi har bir bo‘limining eng yuqori bahosi 20 ballni va barcha bo‘limlar uchun maksimal baho 80 ballni tashkil etadi.

Asos: https://lex.uz/docs/-5641270

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
1.5K views08:12
Ochish/sharhlash
2023-01-04 06:32:44 OLIY TOIFALI O‘QITUVChILAR YANVAR-IYUN OYLARIDA BO‘LADIGAN ATTESTATSIYADA NAVBATDAN TAShQARI QATNAShIShLARI MUMKINMI?

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qaroriga ko‘ra oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar navbatdan tashqari holda attestatsiyada qatnashishlari mumkin. Agar attestatsiyada 80 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda oliy malaka toifasi sertifikati beriladi va yana 5 yil mobaynida oliy malaka toifasi saqlanib turadi.

Agar oliy toifali o‘qituvchi navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib 80 balldan kam ball to‘plagan taqdirda ham amaldagi oliy toifasi saqlanib turadi.

ESLATMA: oliy malaka toifaga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi va oliy toifasi umrbod saqlanib qoladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.1K views03:32
Ochish/sharhlash
2023-01-03 11:12:31 QUYIDAGI O‘QITUVChILARNI YANVAR-IYUN OYLARIDA O‘TKAZILADIGAN ATTESTATSIYAGA NAVBATDAGI (MAJBURIY) JALB QILISh MUMKIN EMAS.

Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qaroriga ko‘ra quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan pensiya yoshiga to‘lgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

oliy malaka toifaga ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifani 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

malaka toifasi to‘g‘ridan to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan pedagog kadrlar, ularning toifalari oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.

Ushbu pedagoglar navbatdan tashqari (ixtiyoriy) ravishda attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 12.09.2022 yildagi 03-03/1-4619-sonli ko'rsatma xatida keltirib o'tilganidek, 2022 yilning  2 avgustiga  qadar yani Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori qabul qilingunga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo'lgan hamda  oliy toifaga  ega (bunda oliy toifaga  ega bo'lganlik  davri muhim emas) bo'lgan  pedagoglar;

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.6K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2023-01-03 06:21:18 TOIFA BO‘YIChA MAKTAB TOMONIDAN BERILADIGAN 20 BALLIK MA’LUMOTNOMANING ShAKLI O‘ZGARGAN.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan beriladigan ma’lumotnomaning shakliga quyidagicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar qo‘shilgan.

Jumladan, pedagog kadr qachon attestatsiyadan o‘tkazilganligi va unga berilgan toifa sertifikatining seriyasi va raqami, amaldagi toifasi:

Pedagog kadrga berilayotgan ma’lumotnoma qachongi attestatsiya uchun o‘tishi (kuzgi yoki baxorgi), pedagog kadrning ushbu attestatsiyadagi qatnashish turi (navbatdagi yoki navbatdan tashqari)

Pedagog kadr qachon navbatdagi (majburiy) attestatsiyada qatnashganligi sanasi kabi ma’lumotlar qo‘shilgan.


Avvalgi ma’lumotnomada ushbu ma’lumotlar yo‘q edi. Yuqorida yangi ma’lumotnomaning blankasi berilgan.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
13.2K views03:21
Ochish/sharhlash
2023-01-02 13:08:04 Hurmatli ustozlar!

Yuqoridagi kundalik com uchun tayyorlangan ish rejalarni jamoamiz bilan sizlar uchun tayorladik va @uqituvchiga_hujjat kanalida qo‘ydik.

Ushbu ish rejalar hozirda ko‘plab kanallar tomonidan o‘g‘irlanmoqda. Vijdonsiz kanal adminlari o‘zini silkasini qo‘yib kanallarida qo‘yishmoqda.

Sizlardan iltimos yuqoridagi barcha ish rejalar jamlangan postni barcha o‘qituvchilarga tashlab bersangizlar. Zero mehnat qilgan insonlarni o‘zlari orqali yetib borsa rozi-rizochilik bo‘ladi. Vijdonsiz adminlarga esa insof tilashdan boshqa ilojimiz yo‘q!
9.0K viewsedited  10:08
Ochish/sharhlash
2023-01-02 08:42:51 BARChA FANLARDAN KUNDALIK.COM UChUN TAYYOR ISh REJALAR XLSX VARIANTDA, UY VAZIFALARI BILAN.

Ish rejalar 2022-2023 o‘quv yili 3-chorak uchun. Bir oy davomida sizlarni duolaringni olish uchun tayyorladik, bemalol olaveringlar!

KERAKLI FANNI USTIGA BOSING, BARChA SINFLARNIKI MAVJUD.

Boshlang‘ichlar:
1-sinf barcha fanlari
2-sinf barcha fanlari
3-sinf barcha fanlari
4-sinf barcha fanlari
Fizika
Informatika
Kimyo
Biologiya
Geografiya
Tabiiy fan 6-sinf
IBA tadbirkorlik
Tarix (O‘zbekiston, jaxon)
Huquq
Tarbiya
Sinf soati
Jismoniy tarbiya
ChQBT
Texnalogiya
Tasviriy sa’nat
Musiqa
Nemis tili
Ingliz tili
Ona tili
Adabiyot
Matematika (algebra, geometriya)

Ish rejalar 100% ishonchli bo‘lib Respublika Ta’lim markazining rasmiy kanalidan olingan (orginal pdf varyantda) va xlsx variantga o‘tkazilib uy vazifalari yozilgan.

ESLATMA: kanalga kirganizdan so‘ng kanalga ulanib oling, shunda fayllarni yuklab olishda adashib ketmaysiz.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
41.0K views05:42
Ochish/sharhlash
2023-01-02 07:37:23 ESLATMA:

2-YARIM YILLIKDAN DARS JADVALIDA QUYIDAGI O‘ZGARIShLAR BO‘LADI.

O‘zbekiston tarixi fani 8-9-sinflarda haftasiga 2 soatdan, jaxon tarixi fani esa haftasiga 1 soatdan o‘tiladi. Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 26-avgustdagi 283-sonli buyrug‘iga asosan 7-sinflardagi O‘zbekiston tarixi fani yil davomida haftasiga 2 soatdan jahon tarixi fani esa yil davomida haftasiga 1 soatdan o‘tiladi.

Birinchi sinflarda alifbe va yozuv fanlari o‘rniga ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari o‘tiladi. Shuningdek, fevral oyi davomida 1-sinflarga qo‘shimcha 1 haftalik ta’til beriladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 24-dekabrdagi 414-sonli buyrug‘i.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
16.2K views04:37
Ochish/sharhlash
2023-01-01 07:28:07 Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tarixida quyidagi vazirlar faoliyat yuritgan:

1-vazir – Joʼra Yoʼldoshev:
9 yil 20 kun vazir lavozimida ishlagan.
1991-yil 22-iyul – 2000-yil 11-avgust.

2-vazir – Risoboy Joʼrayev:
3 yil 8 oy 26 kun vazir lavozimida ishlagan.
2000-yil 11-avgust – 2004-yil 7-may.

3-vazir – Turopjon Joʼrayev:
3 yil 10 oy 19 kun vazir lavozimida ishlagan.
2004-yil 7-may – 2008-yil 26-mart.

4-vazir – Gʼayrat Shoumarov: 1 yil 9 oy 29 kun vazir lavozimida ishlagan.
2008-yil 28-aprel – 2010-yil 26-fevral.

5-vazir – Аvazjon Marahimov: 1 yil 3 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan.
2010-yil 2-mart – 2011-yil 30-iyun.

6-vazir – Temur Shirinov:
1 yil 7 oy 3 kun vazir lavozimida ishlagan.
2011-yil 4-iyul – 2013-yil 7-fevral.

7-vazir – Ulugʼbek Inoyatov:
5 yil 4 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan.
2013-yil 7-fevral – 2018-yil 20-iyun.

8-vazir – Sherzod Shermatov: 3 yil 4 oy 28 kun vazir lavozimida ishlagan.
2018-yil 20-iyun – 2021-yil 17-noyabr.

9-vazir – Baxtiyor Saidov:
1 yil 1 oy 13 kun vazir lavozimida ishlagan.
2021-yil 17-noyabr- 2022-yil 30-dekabr.

10-vazir-Hilola Umarova: 2022-yil 30-dekabrdan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimida ish boshladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
22.0K views04:28
Ochish/sharhlash