Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2023-06-07 18:07:08 DARS TAQSIMOTI SHU NIZOM BO‘YICHA AMALGA OSHIRILISHI KERAK.

Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyun 3271-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
11.9K views15:07
Ochish/sharhlash
2023-06-07 10:20:19 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan pedagog xodimlarga ish stajidan kelib chiqib quyidagicha ustamalar belgilanadi

6 oydan — 3 yilgacha bo‘lsa—10%

3 yildan — 5 yilgacha bo‘lsa —20%

5 yildan — 10 yilgacha bo‘lsa —30%

10 yildan — 15 yilgacha bo‘lsa —40%

15 yildan ortiq bo‘lsa —50%


Maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatini ushbu link orqali bilib olishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.3K views07:20
Ochish/sharhlash
2023-06-06 19:11:59 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DARS TAQSIMOTI BO‘YICHA.

Yaqinda (may oyida) maktablarga tekshiruvga chiqdik. Tekshiruv prokraturaning topshirig‘i bo‘yicha bo‘lganligi sababli, maktabning kompleksini o‘rgandik. Shu jumladan, dars taqsimoti, tarifikatsiyalarni ham.

Ko‘plab maktablarda dars taqsimotida quyidagi xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Ya’ni, boshlang‘ich sinflardagi ona tili va o‘qish savodxonligi darsini bir o‘qituvchiga, matematika darsini ikkinchi o‘qituvchiga, sinf rahbarligini esa yana boshqa o‘qituvchiga berishib, darslarni o‘zaro bo‘lib yuborishgan.

Vaholanki, Adliya vazirligidan 2020-yil 30-iyunda 3271-son bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan qo‘shma qarorning  23-bandida va Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli nizomining 10-bandida, boshlang‘ich sinflardagi asosiy fanlar; o‘qish, ona tili, matematika va sinf rahbarligi faqatgina bir nafar o‘qituvchiga berilishi kerakligi haqida gap boradi va ushbu fanlar, sinf rahbarligi faqatgina bir nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga berilishi kerak. Qolaversa, boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilar uchun ham turli xil o‘qituvchilarning dars o‘tishi, o‘quvchilarning o‘qish va o‘zlashtirishi, tarbiya jarayoniga ham salbiy ta’sir etishi mumkin.

Shu kabi xatolikka kelgusi o‘quv yilida yo‘l qo‘ymaslikni aytib qo‘ymoqchimiz. To‘g‘ri, boshlang‘ich sinflarda dars taqsimoti har yili  uzoq cho‘ziladi va turli xil kelishmovchiliklarga sabab bo‘ladi. Lekin, o‘quvchilarning ta’limini va bir kun kelib tekshiruv bo‘lishini ham hisobga olish kerak.

Yuqoridagi 3271-sonli qo‘shma qarorning 27-bandida nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunchilikka muvofiq javobgarlik borligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Dars taqsimoti bo‘yicha kelgusida ko‘plab kerakli ma’lumotlar berib borishni reja qilganmiz, bizni kuzatishda davom eting.

Manba: O‘qituvchiga hujjat kanali.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
17.3K views16:11
Ochish/sharhlash
2023-06-06 18:14:38 DARS TAQSIMOTI QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILISHI KERAK.

Umumta’lim muassasalari tomonidan o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:

1-xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

2-o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;

3-chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);

4-TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;

5-asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;

6-o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;

7-respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;

8-oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

9-birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;

10-asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;

11-ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;

12-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;

13-belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;

14-oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;

15-qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;

16-oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;

17-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;

18-oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;

19-oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.

Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.

Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.

Umumta’lim muassasalarining o‘qituvchilariga yillik bir yarim stavkadan (yillik 2 322 soat) ortiq dars soatlari belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi 8-mh, 28, 124/1-son qarori (3271)

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
15.1K views15:14
Ochish/sharhlash
2023-06-05 17:38:56 Bu yil siz albatta ustama olasiz. Buning uchun hozidanoq harakat qiling. Ustama olish uchun qilinadigan ishlar ro'yhatini tuzib chiqdik. Ustama olish uchun 9 ta yo'nalishda o'qituvchiga ball qo'yiladi. Marhamat ko'k yozuv ustiga bosing va u sizni kerakli ma'lumotlar sari olib boradi. Ustama olish uchun nima qilish kerakligini bilib oling.

1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

2-BO’LIM. OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI

4-BO‘LIM. ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH

5-BO‘LIM. PEDAGOGIK STAJ

6-BO‘LIM. SINF RAHBARLIGI YUKLATILGANLIGI

7-BO‘LIM. PEDAGOGLARNI MALAKA OSHIRISHDAN O‘TGANLIGI

8-BO’LIM. SINFDAN TASHQARI ISHLAR

9-BO‘LIM. O‘QITUVCHINING PEDAGOGLIK FAOLIYATI BAHOSI

Ustama olish uchun kerakli bo'lgan hujjatlardan namunalarni esa ushbu havoladan (ko'k yozuv ustiga bosing) ko'rishuingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring.
https://t.me/maktab_daa
15.3K views14:38
Ochish/sharhlash
2023-06-04 10:49:57 METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilingan. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
21.1K views07:49
Ochish/sharhlash
2023-06-03 16:21:41 2023-2024 O‘QUV YILIDAN BOSHLAB MAKTAB DARSLIKLARI BEPUL TARQATILADI.

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab maktab darsliklarining ijara toʻlovi toʻliq Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash hamda oʻquvchilarga darsliklarni bepul foydalanishga berish tizimi joriy qilinganligi munosabati bilan byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi faoliyati tugatiladi.

Bunda, Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining barcha funksiyalari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga oʻtkazilib, Davlat byudjeti hisobidan ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritish orqali mustaqil tasarruf etiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
25.4K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash
2023-05-21 15:15:32 UY TA’LIMIDA O‘QIYOTGAN O‘QUVCHINING ATTESTATIGA BAHO QO‘YISH BO‘YICHA

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga ko‘ra:

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, talim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beriladi.

Mazkur hujjatga o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan fanlar uchun baho qo‘yiladi, dars mashg‘ulotlari o‘tilmagan fanlarga baho qo‘yilmaydi hamda uning o‘rniga “ozod etilgan” degan so‘zlar yozib qoyiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.2K views12:15
Ochish/sharhlash
2023-05-21 13:29:37 Rasman: Sentyabrdan 10-11-sinf o‘quvchilari oʻzi xohlagan fanlarni tanlab o‘qishlari mumkin

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi o‘quv dasturlari amaliyotga kiritiladi.

Bunda 10–11-sinf o‘quvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos bo‘lgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinadi.

10–11-sinflardagi 14 ta majburiy fanlar takomillashtirilgan yangi o‘quv reja asosida o'quvchilarga 8 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fan (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili)ni tanlash imkoniyati yaratiladi.

Asos: https://lex.uz/docs/-6396146

Edu - ta'lim yangiliklari
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
3.3K views10:29
Ochish/sharhlash
2023-05-20 12:55:51 Endi OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmaydi

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

"Avvallari abituriyentga 1 ta’lim shakli bo‘yicha 5 tagacha yo'nalishni tanlash imkoniyati taqdim etilgan bo'lsa, hozirda talabalar ta'lim shaklidan qat'i nazar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.

Bunda talabalar bitta yo'nalishni tanlab, ta'lim shakliga ko'ra barchasida ham ishtirok etishi mumkin
," – dedi Majid Karimov.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.3K views09:55
Ochish/sharhlash