Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-05-15 21:56:55 Якуний имтиҳондан ўтолмаган ўқвчини синфда қолдириб юбориш мумкинми?

Мактаб битирувчилари учун умумий ўрта таълим дастурларини тўлиқ ўзлаштиргандан кейин якуний аттестациядан ўтиш мажбурийдир.

Мактаб битирувчиларининг билими, малака ва кўникмаларига қўйилган талабларнинг бажарилиши бўйича якуний аттестация ёзма, оғзаки ёки тест усулида ҳар бир фаннинг амалдаги ўқув дастури асосида ўқув йилининг якуни бўйича ўтказилади.

Таълим дастурларини давлат таълим стандартлари талаблари даражасида ўзлаштирган ва ўқув фанларидан йил якуни бўйича ижобий баҳоланган, ёки битта ўқув фанидан қониқарсиз баҳоланган битирувчилар мактаб педагогик кенгаши қарорига асосан якуний аттестацияга қўйиладилар.

Халқ таълими вазирининг 2008 йил 4 мартдаги 56-сонли буйруғи билан тасдиқланган “Умумий ўрта таълим олувчиларнинг якуний давлат аттестацияси тўғрисида”ги низомнга кўра, бир ёки икки фандан ўтказилган якуний аттестацияда қониқарсиз баҳо олган битирувчиларга охирги якуний аттестациядан кейин икки ҳафта ўтгач қониқарсиз баҳо олган фанидан қайта якуний аттестациядан ўтиш ҳуқуқи берилади.

Йиллик баҳо ва якуний аттестация натижаларига кўра, умумий ўрта таълим давлат таълим стандартлари талабларини бажармай, “қониқарсиз” баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилиши мумкин.

Xalq ta’limi info

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
17.0K views18:56
Ochish/sharhlash
2023-05-15 19:02:05 XODIMLARGA MODDIY YORDAM QAChON BERILADI?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli nizomining 33-bandida xodimlarga moddiy yordam berish masalasi quyidagicha bayon etilgan.

“Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.”

Moddiy yordam berish masalasi xodimning murojaati yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.1K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-05-15 17:37:29 UY TA’LIMIDA O‘QIYOTGAN O‘QUVCHINING ATTESTATIGA BAHO QO‘YISH BO‘YICHA

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga ko‘ra:

Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda, talim olganligi to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beriladi.

Mazkur hujjatga o‘quv rejasi bo‘yicha o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan fanlar uchun baho qo‘yiladi, dars mashg‘ulotlari o‘tilmagan fanlarga baho qo‘yilmaydi hamda uning o‘rniga “ozod etilgan” degan so‘zlar yozib qoyiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.5K views14:37
Ochish/sharhlash
2023-05-15 06:20:16 Ustama olish (tayinlash) uchun kerak bo'ladigan barcha hujjatlar jamlanmasi.

Hujjatlar namuna sifatida berilmoqda, maktabning ichki imkoniyatidan kelib chiqib o'zgartirish va qo'shimchalar qo'shish tavsiya etiladi.

PEDAGOGLAR BALLARI
O'QITUVCHIGA QO'YILGAN BALL
METODBIRLASHMA RAHBARIGA QO'YILGAN BALL
MANITORING GURUHI HULOSASI
PEDKENGASH QARORI
ISHCHI GURUH QARORI
MAKTABNING USTAMA TAYINLASH BO'YICHA BUYRUG'I
TADBIR BUYRUG'I
HAKAMLAR HAYATI QARORI
SO'ROVNOMA
SINFDAN TASHQARI ISHLAR HAQIDA MA'LUMOTNOMA

Ustama nizomi 823
Baholash mezoni
Metodbirlashmaning baholash mezoni
Ustama uchun tadbirlar ro‘yxati

ESLATMA: kanalga kirganizdan so‘ng kanalga ulanib oling, shunda fayllarni yuklab olishda adashib ketmaysiz.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
8.8K views03:20
Ochish/sharhlash
2023-05-13 19:14:47 BILASIZMI, KUNDALIK.COM DA O’QITUVCHI QUYIDAGI FUNKSIYALARNI BAJARADI.

Xalq ta'limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug’iga ko’ra pedagoglar elektron kundalik jurnalini yuritishda quyidagi funksiyalarni bajaradi.

1-chorak boshida ish rejalarni kundalikka joylaydi (mavzularni kunligini-kunda kiritsa ham bo’laveradi). Bayram yoki ishlanmaydigan kundagi mavzularni tig’izlatadi.

2-darsda qatnashgan o’quvchilarni kamida 30% ni baholaydi. Bunda 1 smenalik maktablar soat 9.00-21.00 gacha bo’lgan muddatda, 2 smenalik bo’lgan maktablar joriy kundan ertasi kuni soat 13:00 gacha baholashi kerakdir. O’quvchilarni o’z vaqtida baholamaslik, o’qituvchini dars o’tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to’lanmaydi.

3-online tartibda kiritilgan baholarni 72 soat ichida o’zgartirish, qo’shimcha kiritishga ruxsat beriladi.

4-dars boshlanganda davomatni online tarzda kiritadi. Bunda faqat ikkita belgini qo’yadi. Kichkina “s” belgisi-o’quvchi sababsiz dars qoldirganda. Kichik “kq” belgisi-o’quvchi kech qolganda (baholash mumkin). Davomat bo’yicha qolgan belgilarni (s,dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) sinf rahbari kiritadi.

Shuningdek 205-sonli buyrug’da maktab rahbarlari va sinf rahbarining ham vazifalari ko’rsatib o’tilgan. Bu haqda avvali postlarimizda xabar bergan edik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
17.3K views16:14
Ochish/sharhlash
2023-05-13 17:24:05 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o’qituvchilar qabul qilinadi

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi-erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so’raydi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.9K views14:24
Ochish/sharhlash
2023-05-13 05:46:26 YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALAR FAOLIYATI QUYIDAGIChA ETIB BELGILANDI.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra:


maktablarda boshlang‘ich ta’lim hamda 5-11-sinflarda esa alohida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha Metodbirlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

maktablarda bitta fan yoki turkum bo‘yicha kamida uch nafar o‘qituvchi bo‘lsa, Metodbirlashma tashkil etiladi. Agar tegishli fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta Metodbirlashmaga birlashadi.

Metodbirlashma rahbari metodbirlashma a’zolari bilan kelishgan holda, maktab direktorining buyrug‘i bilan, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha metodik ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan, doimiy ravishda uzluksiz metodik xizmatni tashkil eta olgan, ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan tayinlanadi.
(Metodbirlashma rahbarining vazifalari haqida avvaligi postlarimizda ma’lum qilganmiz.)

Umumta’lim maktabining har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida ishlayotgan o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi bo‘yicha Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishi shart.

Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.


Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashma rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 823-son qarori bilan talabnoma asosida tarif stavkalariga har oylik 10% ustama haqi berilib borilishi mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
13.4K viewsedited  02:46
Ochish/sharhlash
2023-05-13 01:42:54 METODBIRLAShMA RAHBARLARIGA 10% LIK USTAMA BERISh TARTIBI UShBU XATDA ANIQ BELGILAB BERILGAN.

Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi  02-02/1-1703 -sonli xati

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.5K views22:42
Ochish/sharhlash
2023-05-12 14:59:53 USTAMA BO‘YICHA

MAKTABDA KIMGA USTAMA, KIMGA MUKOFOT, KIMGA MODDIY YORDAM BERILAYOTGANLIGI BO’YICHA MA’LUMOTLAR, MAKTABNING BARCHA XODIMLARIGA YETIB BORISHI SHART.


Bizga kelayotgan ma’lumotlarga ko‘ra ko‘p maktabning o‘qituvchi va xodimlari o‘zlari ishlayotgan maktablarida kimlar ustama olishi, kimlarga moddiy rag‘bat berilganligi, kimlarga moddiy yordam berilganligi haqida umuman bilishmas ekan.

Xo‘sh, aslidachi? Aslida ularga bu haqida kimdir aytishi kerakmi? Yoki, bu ma’lumotlar sir tutiladimi?

Bizga ma’lumki Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga asosan ishchi guruh chiqargan qarorlar haqida maktabning har bir xodimi bilishi kerak. Bu haqida nizomning 18-bandida aynan quyidagicha yozilgan:

“Umumta’lim muassasasining hammaga ko‘rinadigan joyidagi axborotlar stendi hamda maktabning Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida Ishchi guruhning qarori to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar muntazam ravishda e’lon qilib boriladi.”

Soddaroq qilib aytganda, ishchi guruh qarori bilan hamma tanishishi kerakdir. Bundan tashqari, nizomda kimga ustama, kimga mukofot, kimga moddiy yordam berish haqidagi qaror pedagogik kengashda ham ko‘rilishi kerak. Yangi o‘quv yili boshlanishdan oldin ishchi guruh tomonidan 1-sonli pedkengashda kimlarga ustama tayinlanganligi haqida axborot berilishi kerak.

Agar maktablarda ishchi guruh qarorlari haqida hech kimni xabardor qilinmayotganligi holati bo‘lsa nizomning tegishli bandlari buzilgan hisoblanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
14.9K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-05-12 12:00:20 METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilingan. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
14.1K views09:00
Ochish/sharhlash