Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-05-12 07:30:07 O‘QITUVCHILARGA USTAMA TAYINLASHNI DIREKTOR HAL QILADIMI?

MAKTAB kanaliga shu kunlarda ustozlardan savol kelyapti, savol mazmuni shuki, “Ustamani direktor beradimi?”, direktor o‘qituvchilar ishini baholab, ustama berishni u hal qiladimi?” degan mazmunda. Savolga Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarori bo‘yicha javob berishga harakat qilamiz.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari, metodbirlashma rahbarlarining bazaviy ta’rif stavkasiga har oylik ustama belgilash, xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam berish maktabda tuzilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.

Demak, ustama tayinlashda maktab pedagogik kengash qarori bilan kamida 7 kishidan iborat ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh tarkibi quyidagicha bo‘ladi:

Maktab direktori— ishchi guruhi rahbari;
O‘IBDO‘—ishchi guruh mas’ul kotibi;
Ishchi guruh a’zolari; MMIBDO‘, kasaba uyushmasi raisi, pedagog xodimlar orasidan bir nafar, kuzatuv kengashi vakilidan bir nafar va ota-onalaridan bir nafar vakil.


Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida har o‘quv yili boshlangunga qadar pedagogik kengash tomonidan ishchi guruh tarkibi qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda ishchi guruh tarkibidagi bir nafar pedagog xodim va kuzatuv kengashi vakili, ota-onalar vakili har yili o‘zgartirib borilishi shart.

Ishchi guruh qarori ishchi guruh a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovoz berishi yo‘li bilan qabul qilinadi. Ishchi guruh rahbari barcha a‘zolardan so‘ng ovoz beradi. Ovozlar soni teng bo‘lib qolganda, ishchi guruh rahbarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Ishchi guruh a’zosining ba’zaviy ta’rif stavkasiga har oylik ustama belgilash, uni mukofotlash yoki unga moddiy yordam belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, ishchi guruhning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida ishchi guruh majlisi bayonnomasida qayd etiladi.

Shuningdek, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagoglarga ustama tayinlash maktabda tuzilgan ishchi guruhning ishidir. Ishchi guruh yig‘ilishida uning a’zolari ishtirok etib xodimlar faoliyatini to‘g‘ri baholashi va qabul qilinadigan qarorlarga e’tiroz bildirishi mumkin. Maktab direktori ishchi guruh rahbari bo‘lib, u ham bitta ovoz berish huquqiga ega. Faqatgina ovozlar soni teng kelgan taqdirda direktorning ovozi hal qilivchi hisoblanadi.

Shunday ekan, xodimlarga ustama tayinlashda direktor o‘zi qaror chiqara olmaydi, ishchi guruh qarori bo‘yicha ustama, mukofot, moddiy yordam tayinlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.3K views04:30
Ochish/sharhlash
2023-05-12 05:05:47 INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL QILISH VA UNING USTAMALARI HAQIDA

Agar maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar tashkil etilsa, ushbu sinflarga dars o’tuvchi pedagoglar oyligiga qo’shimcha ustama beriladi.

Xo’sh, ushbu sinflar qanday tartibda tashkil etiladi?

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar boshqa (sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda maktabga qatnab muayyan sinfning o‘quv rejasiga mos keladigan o‘quv dasturlari doirasida tahsil olishi inklyuziv ta’limni tashkil qiladi.

O‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish hamda chiqarish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga quyidagi toifadagi bolalar qabul qilinadi:

eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rish qobiliyatining buzilishi 0,1 gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

somatik kasalliklar (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos kelmaydigan bolalar);

nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi — pakanalik);

aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch-harakat tizimidagi buzilishi bo‘lgan bolalar;

aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladigan bolalar tserebral falaji);

intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar;

xulq-atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar;

intellektual rivojlanishi saqlanib qolingan, tutqanoq holatida bo‘lgan bolalar (agar bola antikonvulsant dorisini qabul qilganda, tutqanoq 1 oyda 1 martadan oshmagan paytda).


Maktab ushbu toifadagi bolalarni qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga ustama sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun 20 foizi, uch nafar bola uchun 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori. Qarorning to'liq matni https://lex.uz/ru/docs/-5679836

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.7K views02:05
Ochish/sharhlash
2023-05-11 04:44:35 USTAMA BO‘YICHA

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi. Ushbu bo’lim uchun boshlang’ich sinf o’qituvchisiga maksimal 30 ball beriladi.

Maktab miqyosidagi tadbirlar faqatgina Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 24-iyundagi 02-02/3-1305-sonli xatida ko‘rsatilgan quyidagi tadbirlar bo‘lishi shart.

1.Umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (1-bosqich)

2.Umumiy o‘rta taʼlim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” respublika birinchiligi (1-bosqich)

3.Fan to‘garaklari bo‘yicha ko‘rik-tanlorlar (1-bosqich)

4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalari (1-bosqich)

Ushbu tadbirlarda o‘quvchilar to‘plashi mumkin bo‘lgan ballning ulushiga nisbatan foizlari aniqlab olinadi. Tadbir o‘tkazish uchun hakamlar hay’ati tuziladi va ushbu qarordan ko‘chirma ishchi guruh tomonidan aniqlanib olinadi. Ushbu hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirmani ustama fayiliga solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Ushbu band uchun o‘qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etilmaydi. Ushbu band uchun o‘tkazilgan tadbirlar, maktab miqyosida o‘tkazilgan bo‘lsa kifoya. Tuman, shahar miqyosidagi tadbirlar bo‘lishi shart emas. Asos sifatida faqatgina maktabda o‘tkazilgan yuqoridagi 4 turdagi tadbirning hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirmasining o‘zi yetarli.

Shuni ham unutmaslik kerakki, ushbu tadbirlarni maktabda haqiyqatda o‘tkazilganligi to‘g‘risida maktabning buyrug‘i, hakamlar hay’atining ro‘yxati, tadbir bayonnomalari, baholash mezonlari maktabning ichki hujjatlarida bo‘lishi kerakdir.

Qolgan bo‘limlar haqida kelgusi postlarimizda ma’lumot beramiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.7K views01:44
Ochish/sharhlash
2023-05-10 21:03:55 USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak.

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Baholash mezonlari va shu o‘quv yilidagi tadbirlar ro‘yxatini ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.3K views18:03
Ochish/sharhlash
2023-05-10 19:28:48 Эндиликда ўқитувчилар ўзининг отпускной пулини ҳисоблаб кўришлари мумкин!

Хабарингиз бор, бир ойдан сўнг ўқитувчиларнинг отпускной пуллари чиқишни бошлайди! Эндиликда, хар бир ўқитувчи қанча пул олишини олдиндан ҳисоблаб кўриши мумкин.

Бунинг учун сиз @Oylik_hisobchibot га кириб, Меҳнат таътили бўлимини танлайсиз ва ҳисоблаб кўрасиз.

Отпускнойингизни ҳисоблаб кўриши учун босинг
@Oylik_hisobchibot
8.7K views16:28
Ochish/sharhlash
2023-05-10 06:33:36 Bu yil siz albatta ustama olasiz. Buning uchun hozidanoq harakat qiling. Ustama olish uchun qilinadigan ishlar ro'yhatini tuzib chiqdik. Ustama olish uchun 9 ta yo'nalishda o'qituvchiga ball qo'yiladi. Marhamat ko'k yozuv ustiga bosing va u sizni kerakli ma'lumotlar sari olib boradi. Ustama olish uchun nima qilish kerakligini bilib oling.

1-BO‘LIM, CHORAKLIK BAHOLARNING O‘RTACHA QIYMATI

2-BO’LIM. OLIMPIADA NATIJALARINING USTAMAGA TA’SIRI

3-BO‘LIM. TANLOV VA BOSHQA TADBIRLARDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ISHTIROKI

4-BO‘LIM. ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH

5-BO‘LIM. PEDAGOGIK STAJ

6-BO‘LIM. SINF RAHBARLIGI YUKLATILGANLIGI

7-BO‘LIM. PEDAGOGLARNI MALAKA OSHIRISHDAN O‘TGANLIGI

8-BO’LIM. SINFDAN TASHQARI ISHLAR

9-BO‘LIM. O‘QITUVCHINING PEDAGOGLIK FAOLIYATI BAHOSI

Ustama olish uchun kerakli bo'lgan hujjatlardan namunalarni esa ushbu havoladan (ko'k yozuv ustiga bosing) ko'rishuingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring.
https://t.me/maktab_daa
8.8K views03:33
Ochish/sharhlash
2023-05-10 06:32:48 Ustama olish (tayinlash) uchun kerak bo'ladigan barcha hujjatlar jamlanmasi.

Hujjatlar namuna sifatida berilmoqda, maktabning ichki imkoniyatidan kelib chiqib o'zgartirish va qo'shimchalar qo'shish tavsiya etiladi.

PEDAGOGLAR BALLARI
O'QITUVCHIGA QO'YILGAN BALL
METODBIRLASHMA RAHBARIGA QO'YILGAN BALL
MANITORING GURUHI HULOSASI
PEDKENGASH QARORI
ISHCHI GURUH QARORI
MAKTABNING USTAMA TAYINLASH BO'YICHA BUYRUG'I
TADBIR BUYRUG'I
HAKAMLAR HAYATI QARORI
SO'ROVNOMA
SINFDAN TASHQARI ISHLAR HAQIDA MA'LUMOTNOMA

Ustama nizomi 823
Baholash mezoni
Metodbirlashmaning baholash mezoni
Ustama uchun tadbirlar ro‘yxati

ESLATMA: kanalga kirganizdan so‘ng kanalga ulanib oling, shunda fayllarni yuklab olishda adashib ketmaysiz.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
7.7K views03:32
Ochish/sharhlash
2023-05-09 19:22:12 MAKTABLAR REYTINGINI ANIQLASHDA TUMAN (SHAHAR) HOKIMLARI HAMDA ULARNING TA’LIM VA TARBIYA MASALALARI BO‘YICHA MASLAHATCHILARI FAOLIYATIGA HAM BAHO BERILADI.

Reyting Vazirlar Mahkamasining qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatini baholash uchun reytingni aniqlash quyidagi baholash mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda Finlyandiya, АQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Yaponiya, Estoniya, Singapur, Gollandiya kabi davlatlarining ilg‘or tajribasiga muvofiq 8 ta indikator bo‘yicha jami 100 ballik tizimda taʼlim sifatiga baho beriladi:

11-sinf bitiruvchilari tomonidan OTMlarga kirishda to‘plagan o‘rtacha ballari (bunda bitiruvchi OTMga kirgani yoki kirmagani ahamiyatsiz)10 ball;

OTMga o‘qishga kirganlar salmog‘i – 10 ball; (Davlat OTM bilan birga O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy OTMning filiallari hamda xususiy OTM, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTM xam inobatga olingan)

O‘quvchilarining chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

11-sinf bitiruvchilarining bandligi – 10 ball;

O‘quvchilar o‘rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi– 10 ball;

Pedagoglarning sifati (salohiyati) – 20 ball (amaldagi malaka toifa sertifikatlari asosida);

O‘qituvchilarning chet tilini bilish darajasi – 10 ball;

Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o‘quv-tarbiyaviy muhitni qo‘llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag‘lari hisobidan qilingan qo‘shimcha xarajatlar hajmi – 10 ball;

Taʼlim muassasasida maʼnaviy-maʼrifiy va oʼquv tarbiyaviy muhit (Besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olinadi – 10 ball (xalqaro va respublika tanlovlarining faqat 1-2-3 oʼrinlari inobatga olingan)

Reytingda yuqori natijaga erishgan hokimlar va ularning maslahatchilari, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va pedagog xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari va hisoblash metodikasi haqida avvaligi postlarimizda ma'lumot berganmiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.9K views16:22
Ochish/sharhlash
2023-05-08 18:28:50 MAKTABLAR REYTINGI QUYIDAGI MEZON BO‘YIChA ANIQLANADI.

Reyting Vazirlar Mahkamasining qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan tasdiqlangan umumiy oʼrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.

Bunda 7 ta yo‘nalishda jami 100 ballik tizimda baholanadi.

1. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi bitiruvchilarining  umumta’lim fanlari bo‘yicha
tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi, 20 ball

2. Umumiy o'rta ta’lim muassasasi o'quvchilarining bilim darajasi  ko'rsatkichi, 20 ball

3. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasi o'quvchilarining
chet tillarni bilish darajasi ko‘rsatkichi, 10 ball

4. Umumiy o'rta ta’lim muassasalari  pedagoglarining sifat (salohiyat) ko‘rsatkichi, 20 ball

5. Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari o'qituvchilarining
chet tillarini bilish darajasi ko‘rsatkichi, 10 ball

6. Ijtimoiy so‘rovnoma natijalari, 10 ball

7. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasida ma'naviy-ma’rifiy va o‘quv-tarbiyaviy muhit
(O‘zbekiston Respublika Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida), 10 ball

Reyting natijalarini ommaviy axborot vositalarida va Ta’lim inspeksiyasining rasmiy veb-saytida har yili
1-sentabrga qadar
e’lon qilinadi.


Ushbu nizomning (345-son) to‘liq matni.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
15.0K views15:28
Ochish/sharhlash
2023-05-08 18:02:47 Prezidentning “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:

2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.4K views15:02
Ochish/sharhlash