Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-06-13 11:20:35 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib ishlayotgan pedagog xodimlarga ish stajidan kelib chiqib quyidagicha ustamalar belgilanadi

6 oydan — 3 yilgacha bo‘lsa—10%

3 yildan — 5 yilgacha bo‘lsa —20%

5 yildan — 10 yilgacha bo‘lsa —30%

10 yildan — 15 yilgacha bo‘lsa —40%

15 yildan ortiq bo‘lsa —50%


Maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatini ushbu link orqali bilib olishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.8K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-06-13 10:03:18
"OSIYO XALQARO UNIVERSITETI”da yangi o’quv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavr bosqichidagi yo‘nalishlar:
• Davolash ishi
• Farmatsevtika
• Stomatologiya
• Iqtisodiyot
• Moliya va Moliya Texnologiyalari
• Tarix
• Jismoniy madaniyat
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar
• Konchilik ishi
• Boshlangʻich taʼlim
• Maktabgacha taʼlim
• Pedagogika va psixologiya
• Ingliz tili va adabiyoti
• Rus tili va adabiyoti

Magistratura yo‘nalishlari:
• Pedagogika va psixologiya
• Iqtisodiyot
• Boshlang’ich ta’lim

Ta’lim jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.

Batafsil ma'lumot: +998-55-305-00-09

Ro’yxatdan o’tish uchun: https://qabul.oxu.uz/

Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram - @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74-uy (Mo’ljal: Avtovokzal, Xo’jalik sudi to’g’risida)
2.4K views07:03
Ochish/sharhlash
2023-06-13 09:02:00 METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilingan. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.7K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-06-13 08:01:57
Farmasevtika texnik universitetiga qabul davom etmoqda!

Ushbu davlat universiteti Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlari: University of Sunderland va De Montfort University bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Hozirda

Farmatsevtika fanlari (Pharmaceutical Science);
Biologik fanlar (Biosciences);
Tabiiy fanlar yo'nalishlarida umumta'lim dasturlariga qabul davom etmoqda.

O'zbekistonda o'qib, Britaniya diplomiga ega bo'ling!

Shoshiling! 40 ta Grant o'rinlari ham mavjud!

Murojaat uchun:
+998999508080 | @ptuuz_bot
+998958338181

Sayt: pharmatechuni.uz
Telegram: @ptuuz
4.5K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-06-12 20:06:53 METODBIRLASHMA RAHBARLARIGA USTAMA TAYINLASHDA FAN OYLIGINI O‘TKAZGANLIGI HISOBGA OLINADIMI?

Shu kunlarda ko‘plab O‘IBDO‘lari va metodbirlashma rahbarlarini qiziqtirayotgan savol, ustama tayinlash uchun fan oyligini o‘tkazganligi haqidagi bo‘limga ball qo‘yiladimi? Biz shu masalada avval ham post qo‘ygan edik. Lekin, shu paytgacha MMT Vazirligi munosabat bildirmadi.

Xo‘sh, endi nima qilish kerak?

Shaxsiy fikrim, ball qo‘yaverish kerak. Sababi, metodbirlashma rahbarlariga ustama tayinlash uchun asoslovchi hujjatlar ro‘yhati Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 02-02/1-1703 sonli ko‘rsatma xatida belgilab berilgan. Ana shu ko‘rsatma xatda fan oyligi o‘tkazilsa 20 ball berilishi yozilgan.

Biroq, Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan maktablarda fan oyliklarini o‘tkazish rasman bekor qilindi. Shu kundan boshlab maktablarda fan oyligi o‘tkazilmadi. Fan oyligi bo‘yicha ustamaga ball qo‘yish masalasida rasmiy ko‘rsatma MMT Vazirligi tomonidan kelishi kerak edi. Lekin, kelmadi.

Fan oyligi bekor bo‘lgunga qadar o‘tkazilgan fan oyliklari uchun ball berilib, o‘tkazilmagan fan oyliklariga ball bermaslik, adolatsizlik bo‘ladi, menimcha. Chunki, bu yerda metodbirlashma rahbarlarining aybi yo‘q (ayibsiz ayibdor). Qolaversa, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 20-moddasida “Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.” deb yozilgan band bor. Shunga asoslanib va hozirda rasmiy ko‘rsatmaning yo‘qligini inobatga olib masalani metodbirlashma rahbarining foydasiga hal qilish adolatli bo‘ladi deb hisoblyman.

O‘ylaymanki, tez orada noaniqliklarga oydinlik kiritiladi va rasmiy ko‘rsatma beriladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.8K views17:06
Ochish/sharhlash
2023-06-12 10:56:37 USTAMA OLISH UCHUN PEDAGOGLAR QUYIDAGI BALLARNI TO‘PLASH KERAK

Umumta’lim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi. Bunda pedagoglar quyidagi ballarni to‘plashi kerak.

65 — 70 ball toʻplasa — 10 foiz;
71 — 75-ball toʻplasa — 15 foiz;
76 — 80 ball toʻplasa — 20 foiz;
81 — 85 ball toʻplasa — 25 foiz;
86 — 90 ball toʻplasa — 30 foiz;
91 — 95 ball toʻplasa — 35 foiz;
96 — 100 ball toʻplasa — 40 foiz.


Baholash mezonlari va shu o‘quv yilidagi tadbirlar ro‘yxatini ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.2K views07:56
Ochish/sharhlash
2023-06-12 05:30:48 O’qituvchilarning ilg’or tajribasi va faoliyati davomida qo’llab kelayotgan zamonaviy metodikalarini ommalshtrish to’g’risida

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
11.0K viewsedited  02:30
Ochish/sharhlash
2023-06-11 19:01:26
Тошкент шаҳар Учтепа туманида ўқитувчи калтаклангани видеоси.

Ўқувчининг отаси жанжал кўтарган холда мактаб мулкларини ҳам синдирган.

effect .uz


Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
4.7K views16:01
Ochish/sharhlash
2023-06-11 17:54:46 ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH QUYIDAGICHA BO’LADI

www.ommalashtirish.uz platformasi orqali

O’qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali quyidagicha amalga oshiriladi.

Bunda, talabgor maxsus platformada oʻziga shaxsiy kabinetini yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida toʻgʻridan- to'g'ri elektron shaklda joylashtiradi.

Tayyorlagan metodik ishini maktabda ommalashtirish uchun Metod birlashmaga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi

Metod birlashma talabgorning murojaatiga muvofiq, metodik ishini birlashmaga a'zo o'qituvchilar bilan birga ko'rib chiqadi hamda zarur holda dars jarayonida sinovdan o'tkazadi.

Ushbu metodik ishga metod birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashga tavsiya etiladi. (talabgorning metodik ishi qo'yilgan talabga javob bermasa yoki innovatsion yangiliklar joriyqilinmagan bo'lib salbiy xulosa berilsa, ushbu metodik ish asoslantirilib talabgorga qaytariladi).

Metod birlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengash talabgorning ijobiy xulosa olgan metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirishni rad etish bo'yicha qaror qabul qiladi o'qituvchilarning maxsus platformasiga joylashtiriladigan ilg'or metodik ishi ta'lim muassasasi metod birlashma tavsiyasi asosida pedagogika kengashida koʻrib chiqilib, ommalashtirishga tavsiya etilgan bo'lishi lozim

Talabgor ilg'or ish tajribasini tuman (shahar), hudud (viloyat), respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shaxsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni joylashtirishi lozim:

talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta'lim muassasasi miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi to'g'risida pedagogika kengashi qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan ish uslubi aks etgan metodik materialning tegishliligicha elektron (pdf) nusxasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi.

Yuboriladigan materiallar uch xil yo'nalishda bo'lishi mumkin:

birinchi yoʻnalish: O'quv metodik qo'llanmalar (o'quv metodik qo'llanmalar, tavsiyanoma pdf formatda yuboriladi);

ikkinchi yoʻnalish: Dars ishlanmalar (xalqaro tajribalarga asoslangan, ilg'or interfaol metodlar bilan o'tilgan yuqori saviyadagi bir soatlik namunali dars yoki to'garak mashg'uloti ishlanmasi);

uchinchi yoʻnalish: Video mahsulotlar (darsdagi yoki darsdan tashqari mashg'ulotlardagi interfaol metodlarni yoritib bergan jarayonlar yoki shaxsiy innovatsion metodik tajribani tushuntirib beruvchi, davomiyligi 7 minutgacha bo'lgan, hajmi 300 mb dan oshmagan videorolik).

Boshqa turli ishlar va talab darajasida bo'lmagan ishlar qabul qilinmaydi va ko'rilmasdan qoldiriladi.

ilg'or metodik ishlarni yuborish muddatlari:

birinchi muddat 1-sentabrdan 1-oktabrgacha;

ikkinchi muddat 1-noyabrdan 1-dekabrgacha;

uchinchi muddat 1-yanvardan 1-fevralgacha;

to'rtinchi muddat 1-martdan 1-aprelgacha. talabgor ilg'or metodik ishlarini har bir muddatda faqat bir marta yuborishi mumkin.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I. Buyruqning to'liq matni.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.4K viewsedited  14:54
Ochish/sharhlash
2023-06-11 16:46:11 10-yutuqli olimpiadada ishtirok etib, g'olib bo'lgan ishtirokchilarga pul mukofotlari tashlab berildi. 11-yutuqli olimpiadada siz ham faol qatnashing va pul mukofotiga ega bo'ling.

Prezident matkabiga jiddiy tayyorlanib kirishga muvaffaq bo’lgan o’quvchi oila budjetiga 112ming dollar foyda keltirishini bilamizmi

11-iyun yakshanba kuni soat 19:00-21:00 da Prezident maktabiga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun @pmtests kanalida Yutuqli Olimpiadalar o'tkaziladi.

Har bir olimpiada ishtirok etib, 1, 25, 50, 75, 100, 125, 150, 175, 200, 225 o'rinlarni egallagan o'quvchilar 50 000 so'mdan pul mukofotiga ega bo'ladi.

Yutuq fondi:


Bunaqasi bo'lmagan. SIZ yutuqli olimpiadalarda ishtirok etib, Pul mukofoti hamda Online tayyorlov pullik kanallarimizga SUPER chegirmalarga ega bo'lishingiz mumkin.

@pmtests Kanalimizda Yopiq pullik kanallarimiz maxsus chegirma e'lon qilganmiz.

Online testimizda ishtirok etib, kuchli 100talikka kirgan o'quvchilarga Yopiq pullik kanallarimizga chegirma beriladi.

Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo BEPUL

Prezident maktabi va ixtisoslashgan maktablarga qabul boshlandi. Biz bilan Imtihonlarga ishonchli tayyorlaning.

@pmtests
5.2K views13:46
Ochish/sharhlash