Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-07-04 18:56:08 ​​​​ FARZANDINING TAʼLIM OLISHIGA BEFARQ BOʻLGAN OTA-ONALARGA NISBATAN QANDAY CHORA KOʻRISH MUMKIN?

Ota-onalar dars vaqtida farzandining boshqa ishlar bilan mashgʻul boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi, aniqrogʻi farzandining taʼlim olishida oʻz masʼuliyatini oshirishi lozim. Shu sababli ota-onalar farzandining muntazam ravishda maktabga kelishini taʼminlashi shart.

Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 3-moddasiga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim majburiyligi hamda 30-moddasiga koʻra voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari zarur hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishlari uchun javobgarligi belgilangan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi va bundan holatlarning sodir etilishi ota-onaga nisbatan qonunchilikda belgilangan miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.3K views15:56
Ochish/sharhlash
2023-07-04 17:55:10
#Ўқитувчиларга субсидия

ЎҚИТУВЧИЛАРГА ИМТИЁЗЛИ СУБСИДИЯ БЕРИШ ДАВОМ ЭТМОҚДА

13.04.2023 йил куни “2023 йилда бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари орқали аҳолини уй-жой билан таъминлаш дастурини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 51 сонли Президент фармони қабул қилинди.

Мазкур фармон билан бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари орқали аҳолини уй-жой билан таъминлаш мақсадида ипотека кредити учун субсидияга аризалар 2023 йил 1 майдан қабул қилиниши бошланди.

Фармон асосида ўқитувчиларнинг баъзи тоифаларига имтиёзли асосда субсидия ажратилиши белгиланди. Қуйида имтиёздан фойдаланувчи ўқитувчилар тоифаси билан батафси танишишингиз мумкин.

Тўлиқ рўйхат
7.7K views14:55
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:02:37 QABUL KVOTASI TASDIQLANDI. 2023-2024

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat
5.7K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-07-04 10:55:45 Rasman: bu yil maktab baholari o'qishga kirishda hisobga olinmaydi

Prezident farmoni bilan, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini OTMga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Bu degani bu yilgi qabulda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.4K views07:55
Ochish/sharhlash
2023-07-04 09:11:48 Abituriyentlarga toʻplagan ballidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi – Prezident qarori

Prezident qarori (PQ-200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab:

oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishda inobatga olinadi. Bunda, tan olingan xalqaro sertifikatlar roʻyxati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarori bilan tasdiqlanadi.

Taʼlim nazorati

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.7K viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2023-07-03 20:02:48 SINF RAHBARLARI METODBIRLAShMASI TUGATILDIMI?

Bizga ma’lumki, Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i bilan metodbirlashmalar faoliyati tasdiqlangan edi. Ushbu buyruqda sinf rahbarlari metodbirlashmasi haqida yozilib, uning maqsad va vazifalari belgilangan edi.

Lekin, 2022-yilning 5-dekabr kuni Xalq ta’limi vazirining 372-sonli “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyrug‘ bilan 2020-yildagi 183-sonli buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.

Yangi 372-sonli buyruqda umumta’lim muassasalarida fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashmalar tuzish, uning maqsad vazifalarini belgilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Biroq, ushbu nizomda sinf rahbarlari metodbirlashmasi haqida yozilmagan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, sinf rahbarlari metodbirlashmasi endi mavjud emas.

Metodbirlashma rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarorining 26-bandi bo‘yicha to‘lanishi mumkin bo‘lgan 10% lik ustama ham faqat fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbarlariga to‘lanishi mumkinligi yozilgan. Shu boisdan sinf rahbarlari metodbirlashmasi tuzish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lishi mumkin.

Sinf rahbarlarining vazifalari Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug’i bilan belgilangan. Sinf rahbarlarining faoliyatini MMIBDO‘ muofiqlashtirib boradi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.8K views17:02
Ochish/sharhlash
2023-07-03 07:22:35 O‘QUVCHIGA BAHO QO‘YISHDA QUYIDAGILARGA AMAL QILISH KERAK.

O'quvchining o'zlashtirish darajasi faqatgina siz mavzuni qanchalik tushuntira olishingizga bog'liq emas.  Baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali siz o'quvchilar aynan nimani yaxshi o'zlashtirayotganini, kimda qanday kuchli va zaif tomonlar borligini aniqlaysiz. Kelgusi faoliyatingizni shunga qarab tashkillashtirasiz. O'quvchining o'zi ham siz bergan topshiriqdan keyin nimaga ahamiyat qaratishi kerakligini anglab yetadi. Mana shu jarayonni unumli tashkillashtirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim.

Vaqt:
- topshiriq uchun ajratilgan vaqt
- belgilangan vaqt: boshlanish va tugash vaqti

Kutilgan natija:
- masalan, natija toʼliqligi yoki biror yechim namunasini qay darajada ko'rsata olganligi

Baholash mezonlari:
- Koʼp balli sistema boʼyicha
- Ogʼzaki savol-javob orqali
- Savolga berilgan javoblardan tashqari, oʼquvchi oʼzini qanday tutishi, reaksiyasi va muloqot qobiliyatlarini aniqlash

Muammo: yozma imtihonga nisbatan ogʼzaki imtihon oʼquvchi uchun psixologik jihatdan qiyinroq boʼladi.

Oʼquvchining natijasi oʼqituvchining savol berish tarziga bevosita bogʼliq:
- tushunarlilik
- bir maʼnolilik
- suhbatning ogʼir-bosiq, ishonch bildiruvchi ohangda olib borilishi
- oʼquvchi savollarga javob berishda qiynala boshlasa, osonroq savollar berilishi

Agar og'zaki imtihon olmoqchi bo'lsangiz:
Imtihon oluvchining subyektiv yondashuvini ( kayfiyati, yoqtirish yoki yoqtirmasligi ...) oldini olish uchun
- Аsosiy savollar va mazmun elementlari yozma ravishda rejalashtirilishi kerak
- Javoblar oldindan asosiy soʼzlar yordamida belgilangan boʼlishi kerak

Quyidagi baholash mezonlaridan iborat baholash formulalari ishlatilishi kerak:
- Toʼgʼri
- Qisman toʼgʼri
- Yordam berilgandan keyin toʼgʼri
- Xato
- Javob yoʼq

Diqqat! Baholashda yo'l qo'yiladigan xatolar:
- Xayrixohlik xatosi
- Kontrast xatosi (Kontrast – ikki narsa orasidagi keskin farq. Masalan, bolalar oʼzlashtirishidagi mayda farqlarni sezmaslik, ularga bir xil 4 qoʼyib ketaverish.  Lekin, bola uyga vazifani oʼtgan safargidan yaxshi bajargan boʼlishi mumkin. Bu mayda muvaffaqiyat boʼlsa, oʼqituvchi sezmay oʼtishi mumkin.)
- Oʼrtacha baho berish xatosi
- Oʼz fikrini oʼzgartirmaslik xatosi
- Yoqtirmaslik xatosi
- Bir marta qolgan taassurot xatosi
- Kayfiyat xatosi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.0K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-06-14 14:55:32 O‘QITUVCHILARNING SANATORIYALARGA YO‘LLANMA OLISH TARTIBI QUYIDAGICHA

Xodim sanatoriyga yoʻllanma olish uchun ish joyida tuzilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasiga murojaat qiladi.

Kasaba uyushmasi tuzilmagan tashkilot xodimlari sanatoriy yoʻllanmasi olish uchun ish beruvchining ishonchnomasiga asosan hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalariga murojaat qiladi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga tizimdagi sanatoriylar va dam olish uylari toʻgʻrisida maʼlumot beradi.

Xodim oʻziga maʼqul kelgan sanatoriyni tanlab, sanatoriyga yoʻllanma ajratish boʻyicha ariza topshiradi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimning arizasini qabul qilib, sanatoriyga yoʻllanma olish uchun murojaatlarni roʻyxatga olish kitobiga (13 forma) kiritib, navbat oladi.

Kasaba uyushmasi qoʻmitasi xodimga imtiyozli yoʻllanma olish uchun hisobidagi mablagʻdan kelib chiqqan holda yuqori turuvchi kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlariga buyurtma beradi.

Kasaba uyushmalari tashkilotlari tuman (shahar) kengashlari buyurtmani qabul qiladi va soʻralgan sanatoriyga yoʻllanmani tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi ishonchnomasiga asosan ajratadi.

Xodim kasaba uyushmasi qoʻmitasidan yoʻllanma olishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza;
tibbiy maʼlumotnoma;
pasport nusxasi;
mehnat daftarchasi nusxasi;
mehnat taʼtili berilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
yoʻllanma qiymati toʻliq yoki qisman toʻlangani (yoʻllanma narxining 45 foizi) toʻgʻrisidagi toʻlov qogʻozi (kvitansiya).

Xodim sanatoriy yoʻllanmasi hamda tibbiyot muassasasidan sanatoriyga taqdim etish uchun sanatoriy-kurort kartasini (0.7.2./U-shakl) olib, sanatoriyga yoʻllanmada belgilangan kunda tashrif buyuradi.

Ta’lim nazorati

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
2.8K views11:55
Ochish/sharhlash
2023-06-14 09:01:32
Bolalarga sog‘lom munosabatda bo‘ling.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
6.7K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-06-13 12:51:23
Хоразмнинг барча боғча ва мактаблари фильтрланган ичимлик суви билан тўлиқ таъминланади – Шавкат Мирзиёев

2030 йилга қадар
мактабгача таълимга бўлган эҳтиёж тўлиқ қопланади ва қамров ҳозирги 79 фоиздан 100 фоизга етказилади.

Шу мақсадда, қарийб 2 триллион сўм маблағ ҳисобига 500 га яқин янги боғчалар ташкил этилади.

Келгуси етти йилда замонавий мактаблар барпо этиш, мавжудларининг қувватини ошириш ҳисобига қўшимча 90 минг ўқувчи ўрни яратилади.

Натижада, вилоятда ўқувчиси 30 нафардан кўп бўлган синфлар қолмайди, деб таъкидлади номзод (ҳозирда 2 мингдан зиёд синфда 35 та ва ундан кўп бола ўқийди).

O'zLiDeP расмий канали

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.2K views09:51
Ochish/sharhlash