Get Mystery Box with random crypto!

USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI K | Maktab | Rasmiy kanal

USTAMA OLISH UCHUN O‘QITUVCHILAR QANDAY HUJJATLARNI YIG‘ISHI KERAK?

Kanalimizga shu kabi savollar ko‘plab o‘qituvchilardan kelmoqda. Soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.

Ustama tayinlash uchun Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil  11-iyundagi 02-02/3-1699-sonli rasmiy xatida o‘qituvchidan talab etiladigan asoslovchi hujjatlar ro‘yxati aniq keltirib o‘tilgan. Quyida ushbu hujjatlar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

3-bo‘lim, olimpiada va boshqa tanlovlar uchun o‘qituvchida o‘quvchisini tumanda (shaharda)  1-2-3-o‘rinni olganligi haqida diplom, sertifikat, faxriy yorliqlardan biri. Agar o‘quvchisi 4- va undan keyingi o‘rinlarni olgan bo‘lsa, hakamlar hay’ati qaroridan ko‘chirma.

4-bo‘lim, ish tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha, tegishli  kengash qarori va ommalashgan ish tajribaning metodik majmuasi.

7-bo‘lim, malaka oshirganligi haqidagi sertifikat.

8-bo‘lim, sinfdan tashqari olib borgan tadbirlari haqida bir varoqdan oshmagan holda ma’lumot va ikki dona fotolavha.


Ustama olish uchun o‘qituvchilar mana shu 4 dona hujjatni ishchi guruhga taqdim etishlari kerak.

Baholash mezonidagi qolgan bo‘limlar uchun hujjatlarni maktabning ichki hujjatlaridan ishchi guruhning o‘zi aniqlashtirib oladi.

Hozirda ko‘p o‘qituvchilarning bizga yozishicha maktab rahbarlari turli xil hujjatlarni talab qilishayotganligi, prezentatsiyalar qilish kerakligini talab qilib, fayllarni ishirishni so‘rayotganligini bildirishmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, yuqoridagi xatga asosan ushbu 4 ta hujjatdan boshqa hujjatlarni talab qilish QAT’IYAN MAN qilinadi. Qolaversa, tuman (shahar) XTB lari ishchi guruhning faoliyatiga va ular qabul qilgan qarorlarga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Nizom talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa