Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-07-06 04:00:51 5 MILLION SO‘MLIK USTAMA KIMLARGA BERILADI?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgust kungi 425-sonli qaroriga ko‘ra umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oʼquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʼrsatgan pedagog kadrlar Xalq taʼlimi jamgʼarmasi hisobidan ustama olishga davogarlik qilishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan sonini (yillik kvota) belgilaydi. Bu yilgi kvota 2 ming nafar pedagog.

Ushbu malakali pedagog kadrlarga va ilgʼor xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini toʼlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligida doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuziladi.

Davlat test markazi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining tegishli oʼquv yilida oʼqishga qabul qilishda oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihoni hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni (abiturientlar va imtihon oʼtkazilgan fanlar boʼyicha) natijalari vazirlikka taqdim etadi.

Vazirlik ishchi guruhi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari (oʼquvchilari) tomonidan tegishli oʼquv yili qabulida oliy taʼlim tashkilotlariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib chiqib yillik kvotani «Boshlangʼich taʼlim», «Аniq va tabiiy fanlar», «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Аmaliy fanlar» yoʼnalishlari boʼyicha tuman (shahar)lar boʼyicha taqsimlaydi va hududiy kengashlarga taqdim etadi.

Hududiy kengashlar tuman (shahar) kvotasidan kelib chiqib har oylik ustama olish uchun nomzodlarni «Boshlangʼich taʼlim», «Аniq va tabiiy fanlar» «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Аmaliy fanlar» yoʼnalishlari boʼyicha tuman (shahar) boʼyicha Ishchi guruhga taqdim etadi.

Har bitta yoʼnalish boʼyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʼrniga koʼpi bilan uchta nomzod taqdim etiladi.

Ishchi guruh tomonidan unga taqdim etilgan nomzodlar orasidan ustama toʼlanadigan malakali pedagog kadrlar ikki bosqichli sinov — test va suhbat orqali tanlab olingach, ularga mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʼlash boshlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.4K views01:00
Ochish/sharhlash
2023-07-05 20:35:56
Rasman: Ertaga 6-iyul kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn test tashkil etiladi!

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Ertaga payshanba, 6-iyul Oliygoh.uz va Profi University hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 52-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Test vaqti: Payshanba 6-iyun
(09:00 dan 23:59 gacha)
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart!

Kirish
imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

Profi University - 13 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha professional kadrlar tayyorlab kelayotgan, Amerika va Koreya universitetlari bilan hamkorlik qiluvchi universitet.

Test savollari PROTestim testologlari tomonidan tuzilgan!

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
5.2K views17:35
Ochish/sharhlash
2023-07-05 20:32:49 DARS JADVALINI TUZIShDA FANLARNING QIYINLIK DARAJASI QUYIDAGIChA

11. Matematika va informatika

10. Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillari)

9. Fizika, kimyo, astronomiya

8. Tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari

7. Tabiiy fanlar, geografiya, biologiya

6. Tarbiya va maʼnaviyat asoslari

5. Jismoniy tarbiya

4. Texnalogiya

3. Chizmachilik

2. Tasviriy sanʼat

1. Musiqa

Dars jadvalini tuzishda ushbu fanlarning qiyinlik darajasini hisobga olish tavsiya etiladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.7K views17:32
Ochish/sharhlash
2023-07-05 19:30:39 “Ўқитувчиларга таътил пулидаги фарқ тўлаб берилади” — масъуллар

Янги қарор бўйича ходимларга йиллик узайтирилган мехнат таътили учун ҳақ тўлашда фарқлар юзага келди. Масъуллар томонидан – ўртадаги фарқ тўлаб берилиши айтилмоқда.

Сизга 48 кунлик меҳнат таътили учун қанча маош тўланишини ҳисоблаб, ўртадаги фарқни аниқлашингиз мумкин.

Бунинг учун сиз @Oylik_hisobchibot га кириб, Меҳнат таътили бўлимини танлайсиз ва ҳисоблаб кўрасиз.

Агарда сизда таътил пули кам ташлаб берилган бўлса, ушбу фарқлар қайта ташлаб берилиши айтилмоқда.

Босинг @Oylik_hisobchibot
5.2K views16:30
Ochish/sharhlash
2023-07-05 18:30:09 Mazkur o‘quv yilida kreativ metodlaringiz bo‘lishi kerak, buning uchun nimalar qilish lozim?

Xabaringiz bor, o‘qituvchilarga toifa berish bo‘yicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani bo‘yicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi.

Bu shuni anglatadiki, endilikda o‘qituvchilar pedagogik mahoratini yaxshilashi kerak. Buning uchun zamonaviy metodlarni o‘rganish zarur. Aynan hozir tatilda vaqtingiz bor.

Shu vaziyatda sizga, "Kreativ pedagog" intensiv kursi orqali naqd 70 ta metod ni o‘rganishni tavsiya etamiz!

• Kreativ metodlarni o‘z faningizga moslab o‘rganasiz;
• Kurs videodarslarini onlayn tarzda kunning istalgan vaqtida ko‘rishingiz mumkin;
• Eng muhimi, Kursni yuqori natijada o‘rganishingiz kafolatlangan.

Kurs yakunida kreativ pedagog kitobchasi va qo‘shimcha 2 ta bonus sovg‘a beriladi

Buning uchun hoziroq @Krepeduz_admin profiliga "70 ta kreativ metodni o‘rganmoqchiman" deb yozing.

Kanalimiz @Kreativ_pedagog
6.8K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-07-05 13:55:21
Maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi

Bu haqda toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Biz madaniyat va sanʼat sohalari vakillari, muzey va kutubxonalar xodimlari ish haqini kelgusi yetti yilda 3 karra oshiramiz.

Bunda, maktab kutubxonachilarining ish haqi pedagog xodimlar oyligiga tenglashtiriladi.

Shuningdek, kelgusi yetti yilda kutubxonalarning 40 millionga yaqin kitob fondi to‘liq raqamlashtiriladi va ularning yagona katalogi yaratiladi.

Umuman, 2030-yilga qadar mamlakatimizdagi barcha kutubxonalar to‘liq taʼmirlanadi. Shu maqsadda 500 milliard so‘m ajratamiz”, – dedi nomzod.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.4K views10:55
Ochish/sharhlash
2023-07-05 09:43:53 METODBIRLASHMA RAHBARLARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA ETIB BELGILANFAN.

Umumiy o'rta ta'lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari o'qituvchilarga o'quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni koʻrsatadi:

o'qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;

fanni o'qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko'rsatib beradi;

variativ o'quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko'radi;
dars jarayonida ko'rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi;

har bir chorak yakuniga ko'ra o'quvchilardagi bo'shliqlarni to'ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo'yicha metodik tadbirlarni tashkil etadi;

yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi;

metodbirlashma a'zolari orasida sog'lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi;

fan o'qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya boʻyicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi;

o'qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko'maklashadi;

fan o'qituvchilarining metodik yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta'limi boshqarmasi va pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi;

mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo'yicha o'qituvchilarning tegishli ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun o'quvlar tashkil qilib boradi;

ilg'or metodikalarga ega o'qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag'batlantirish bo'yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.5K views06:43
Ochish/sharhlash
2023-07-05 08:35:09
#Foydali

Dasturlash orqali hayotingizni ijobiy tomonga o'zgartirish vaqti keldi

Japan Digital University
eng so'ngi texnologiyalar asosida har bir talabaga yuqori darajadagi puxta bilim va ko'nikmalarni zabt etishda yordam beradi.

Ertaga bajaraman, imkonim yoʻq, qo'limdan kelmaydi, uddalay olmayman kabi o'qishni ortga suruvchi hamda oyoqdan tortadigan bahonalarni yig'ishtirishingizni tavsiya etamiz.

Oliygohimizda dasturlash haqidagi tushunchangizni yanada boyitib, kelajakda serdaromad kasb egasiga aylaning!

(P.S. Ro'yxatdan o'tish 21-iyulgacha davom etadi)

Hujjat topshirish uchun

: 71-200-05-95

Veb-sayt | Telegram | Instagram  Facebook | YouTube | Lokatsiya
2.4K views05:35
Ochish/sharhlash
2023-07-04 20:08:07 SINF RAHBARIGA QUYIDAGI TALABLAR QO‘YILADI

2021-yilning fevral oyidan e’tiboran xalq ta’limi tizimida
5-sinfdan boshlab, 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlash boʻyicha Nizom joriy etildi.

Yangi Nizomga muvofiq, birinchi navbatda maktablarda sinf rahbarlariga qoʻyiladigan umumiy talablar ishlab chiqildi. Xususan,

kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan;
maktabda toʻliq stavkada acosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan;
odob-axloqi va xulqi bilan oʻquvchilarga shaxsiy namuna boʻla oladigan;
ruhiy jihatdan barqaror boʻlgan;
oʻquvchilar bilan ishlash jarayoniga mas’uliyat bilan yondasha oladigan.

Shuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:

amaldagi xujjatlari soni optimallashtirildi;
faoliyatini baholash mezonlari yaratildi;
malaka oshirish kurslari ishlab chiqildi;
ota-onalar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi.

Amalga oshirilgan oʻzgarishlardan kutilayotgan asosiy natijalar:

- sinf rahbarlarining oʻquvchilar tarbiyasiga ta’siri sezilarli ravishda oshishi;
- 5-sinfdan 11-sinfgacha yagona sinf rahbarining biriktirilishi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni sogʻlom ravishda ushlab turish imkoni;
- ota-onalar tomonidan oʻz farzandlarini ta’lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqishining ortishi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.5K views17:08
Ochish/sharhlash
2023-07-04 19:00:17
Qo’shimcha daromadini kamidi 500-1000$ oshirmoqchi bo’lgan Ustozlar diqqatiga.

Judayam ko’pchilik o’qituvchilar oyligi kamligidan nolishadi. Har bir bilimli, o’zining ustida tinmasdan ishlaydigan o’qituvchi yaxshi daromad topishi kerak.

Men 20 yillik pedagogik tajribaga ega Dilafruz Xidoyatova sizlarni “1000$ daromadga birinchi 5 qadam” nomli Bepul onlayn vebinarimga taklif qilaman.

Bepul vebinar 5-iyul kuni 21:00 da bo’ladi.

Hoziroq ro’yxatdan o’tsangiz “A4 format” metodini sovg’a qilaman.

Vebinarga ro’yxatdan o’tish uchun bugun oxirgi imkoniyat:
https://t.me/+c4ONWDPYrRY0ZGJi
https://t.me/+c4ONWDPYrRY0ZGJi
7.3K views16:00
Ochish/sharhlash