Get Mystery Box with random crypto!

Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qitu | Maktab | Rasmiy kanal

Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisi 8-iyun kuni maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangan.

Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan.

Aniqlanishicha, kelishmovchilik o‘quvchilarning o‘qituvchiga qilgan behurmatligi oqibatida yuzaga kelgan.

Ayni paytda holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov vaziyatga munosabat bildirib, o‘qituvchini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanishini ma’lum qildi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa