Get Mystery Box with random crypto!

METODBIRLASHMA RAHBARLARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA ETIB BELG | Maktab | Rasmiy kanal

METODBIRLASHMA RAHBARLARINING VAZIFALARI QUYIDAGICHA ETIB BELGILANFAN.

Umumiy o'rta ta'lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari o'qituvchilarga o'quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni koʻrsatadi:

o'qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;

fanni o'qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko'rsatib beradi;

variativ o'quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko'radi;
dars jarayonida ko'rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi;

har bir chorak yakuniga ko'ra o'quvchilardagi bo'shliqlarni to'ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo'yicha metodik tadbirlarni tashkil etadi;

yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi;

metodbirlashma a'zolari orasida sog'lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi;

fan o'qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya boʻyicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi;

o'qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko'maklashadi;

fan o'qituvchilarining metodik yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta'limi boshqarmasi va pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi;

mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo'yicha o'qituvchilarning tegishli ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun o'quvlar tashkil qilib boradi;

ilg'or metodikalarga ega o'qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag'batlantirish bo'yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa