Get Mystery Box with random crypto!

5 MILLION SO‘MLIK USTAMA KIMLARGA BERILADI? Vazirlar Mahkamas | Maktab | Rasmiy kanal

5 MILLION SO‘MLIK USTAMA KIMLARGA BERILADI?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgust kungi 425-sonli qaroriga ko‘ra umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oʼquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʼrsatgan pedagog kadrlar Xalq taʼlimi jamgʼarmasi hisobidan ustama olishga davogarlik qilishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan sonini (yillik kvota) belgilaydi. Bu yilgi kvota 2 ming nafar pedagog.

Ushbu malakali pedagog kadrlarga va ilgʼor xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini toʼlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligida doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuziladi.

Davlat test markazi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining tegishli oʼquv yilida oʼqishga qabul qilishda oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihoni hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni (abiturientlar va imtihon oʼtkazilgan fanlar boʼyicha) natijalari vazirlikka taqdim etadi.

Vazirlik ishchi guruhi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari (oʼquvchilari) tomonidan tegishli oʼquv yili qabulida oliy taʼlim tashkilotlariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib chiqib yillik kvotani «Boshlangʼich taʼlim», «Аniq va tabiiy fanlar», «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Аmaliy fanlar» yoʼnalishlari boʼyicha tuman (shahar)lar boʼyicha taqsimlaydi va hududiy kengashlarga taqdim etadi.

Hududiy kengashlar tuman (shahar) kvotasidan kelib chiqib har oylik ustama olish uchun nomzodlarni «Boshlangʼich taʼlim», «Аniq va tabiiy fanlar» «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Аmaliy fanlar» yoʼnalishlari boʼyicha tuman (shahar) boʼyicha Ishchi guruhga taqdim etadi.

Har bitta yoʼnalish boʼyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʼrniga koʼpi bilan uchta nomzod taqdim etiladi.

Ishchi guruh tomonidan unga taqdim etilgan nomzodlar orasidan ustama toʼlanadigan malakali pedagog kadrlar ikki bosqichli sinov — test va suhbat orqali tanlab olingach, ularga mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʼlash boshlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa