Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 9

2023-05-01 14:45:49 Baʼzida oʻquvchilaringiz siz bergan bilimlarni toʻliq oʻzlashtira olmayaptimi?

Unda sizga bu maqola ayni muddaodir. Avvalo siz oʻquvchilaringizdan hozir nega oʻzlashtirishga tayyor emasligining sabablarini soʻrang va aniqlang. Soʻngra bu haqida aniq tasavvurga ega boʻlasiz.

Shundan soʻng oʻquvchilar bilan tushuntirish ishlari olib boring. Oʻquvchilarga oʻz ishini tugatmasidan qoldirmasligini tushuntiring, agar biror jiddiy sabab boʻlsa, keyinroq unga qaytishiga va tugatishi joizligini tushunishiga yordam bering. Har bir oʻquvchini oʻz darslarini bajarib boʻlgandan soʻng oʻz ishlarini kunlik qilib yozishga undang.

O‘quv faoliyatining o‘quvchiga yoqmaydigan jihatlari bor yoki yo‘qligini aniqlang. O'quvchini o'quv faoliyatiga tayyor bo'lishga va unda ishtirok etishga undash uchun o'quv faoliyatining yoqimsiz tomonlarini olib tashlang, kamaytiring yoki o'zgartiring.

O'tkazib yuborilgan vaqt uchun o'quvchini javobgarlikka torting (masalan, agar o'quvchi o'quv mashgʻulotlarini besh daqiqa o'tkazib yuborsa, ular tanaffus, tushlik yoki boshqa kerakli o'quv mashg'ulotlari vaqtida chala vazifalarni to'ldirishlari kerakligini ayting).

Boshqa o‘quvchilar sinfdoshlariga o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishini yoqimsiz qilib qo‘ymasligiga ishonch hosil qiling. O‘quvchida o‘quv darslari uchun barcha mos o‘quv materiallari mavjudligiga ishonch hosil qiling.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali
3.4K viewsedited  11:45
Ochish/sharhlash
2023-05-01 05:10:00 Sinfda baqirishning 5 ta salbiy oqibatlari

Davomiyligi: 1:21

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
3.2K views02:10
Ochish/sharhlash
2023-05-01 05:01:00 Kitobxon pedagoglarimiz uchun ajoyib kitob taqrizi

Davomiyligi: 1:06

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
3.1K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-01 05:00:01
Bugungi efirda:

1. Kitobxon pedagoglarimiz uchun ajoyib kitob taqrizi
2. Sinfda baqirishning 5 ta salbiy oqibatlari

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
3.2K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-30 15:00:04 ​​ ​​Kutib oling! Eng sara metod va maslahatlar "guldastasi"!

20-qism

Tushuntirishning mohiyati

Har qanday darsni samarali tashkil etish metodlari

O'quvchilar o'z aybini tan olmasa nima qilish kerak?

Shaxsiy rivojlanishga erishishni istaysizmi..? Biz tavsiya qilamiz

Qanday qilib o'quvchilarga uy vazifalarini bajarishga motivatsiya berish mumkin?

Yuqoridagi maqolalarni o'qish uchun ko'k yozuv ustiga bosing.

1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism
9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism |15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism | 19-qism

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
12.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2023-04-30 07:00:02Maktab hayoti bilan bogʻliq qiziqarli faktlar

Agar koʻplab mamlakatlarda maktab formasi majburiy boʻlsa-da, lekin oʻquvchilar uchun bosh kiyim kamdan-kam uchraydi. Avstraliyalik maktab oʻquvchilari shlyapa kiygan holda yangi bilimlarni oʻrganishlari bilan ajralib turishadi!

Britaniyaning Vestminster maktabida oʻqituvchilar bilan oʻquvchilar kechki taomni birgalikda tanovul qilishadi. Anʼanaga koʻra, oʻqituvchi va oʻquvchilar bitta oila boʻlishlari shart. Bunday norasmiy uchrashuvlar oʻzaro aloqalarni oʻrnatishga imkon beradi. Kechki taom paytida odatda qiziqarli oʻyinlar boʻladi.

Italiyada eng muhim va qiyin darslar, masalan, italyan yoki matematika ertalab oʻqitiladi.

Xitoy maktablari ba'zi o'qituvchilar mashg'ulotlar oralig'idagi tanaffuslarda o'quvchilarni ish stolida yonida uxlashga ruxsat berishadi.

Har bir oʻqituvchi, uning ishini ham bolalar, ham ularning ota-onalari qadrlasa, xursand boʻladi. Masalan, AQSHda oʻqituvchilarga otalar va onalardan maktublar joʻnatish yaxshi anʼanaga aylangan. Ular ustozga minnatdorchilik bildirishadi va u oʻgʻil yoki qiziga aynan nimada yordam berganligini taʼkidlashadi. Bunday xabarlar oʻqituvchi maqomi uchun juda qimmatli va muhimdir.

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
3.5K views04:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:00:02 ​​ "Kreativ Pedagog" kanalining asosiy maqsadi nimadan iborat?

Har bir harakat biror maqsadga yo'nalgani kabi "Kreativ Pedagog" kanalining ham o'z maqsadi va vazifalari mavjuddir. Xo'sh, ushbu kanalni tashkil etilishidan asosiy maqsad nima?

"Keativ Pedagog"ning asosiy maqsadi bu - Pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish, o'qituvchilarning zamonaviy va samarali dars o'tish mahoratlarini egallashlariga erishish va bu orqali yosh avlodni ilmga ishtiyoqli, yuksak aql-zakovatli qilib tarbiyalash. Buning natijasida yosh o'g'il-qizlarimizni Yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shadigan, Jahon sahnasida o'zbek millatini o'z o'rniga ega qila oladigan darajaga olib chiqishdan iboratdir.

Shu oliy maqsad zamirida "Kreativ Pedagog" onlayn kursi ham tashkil etilgan bo'lib, bu kurs orqali o'qituvchilar o'zining pedagogik mahoratlarini eng yuqori darajaga olib chiqishi mumkin. Kursda o'rgatiladigan eng zamonaviy va jahon standartlariga mos bo'lgan metodlar o'qituvchilik kasbida uchraydigan barcha muammolarga yechim bo'lib xizmat qiladi.

"Maqsadga olib boradigan yo‘lning uzoq-yaqinligi ahamiyatsiz"  deganlaridek, "Kreativ Pedagog" kanali va Krepeduz o'qituvchilari ushbu oliy maqsad yo'lida harakat qilishdan to'xtamaydi. Zero, ilmli va mahoratli o'qituvchi bu haqiqiy lider yoshlarni tarbiyalay oladi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!‌‌
3.3K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-29 06:45:00 ​​#Qaynoq_natijalar

Sizlar bilan yana bir kreativ ustozimizning kursdan olgan natijalarini bo'lishmoqchimiz:

Nematova M.
(Kreativ pedagog kursi ishtirokchisi)

Assalomu alaykum. Kanaldagi har kun tashlab beriladigan metodlar judayam ajoyib. Ularni darsimda qo'llab hatto o'zimniyam kayfiyatim ko'tarildi. Hali hammasini qo'llab ko'rganimcha yo'q. Faqat sanoqlilarini qo'llagan holda dars o'tdim. Samarasi judayam zo'r.

O'quvchilarim ham qiziqarli biror metod o'rgating deb qolishadi ba'zan. Ertangi kungi darsimda "*Zakovat"* metodini qo'llamoqchiman. O'quvchilarimni oldindan ogohlantirgandim hammasi xursand bo'ldi. Menimcha darsga fanga nisbatan qiziqishlari yanayam ortyapti. Katta rahmat sizlarga. Hech qachon charchamangizlar. Ishlaringizga oma
d!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.2K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-04-28 10:07:36
Har bir o‘zbek o‘qishi kerak bo‘lgan uch kitob

Bugungi kunga kelib vatanimizda kitob mutolaasiga alohida e'tibor berila boshladi. Kitob o‘qiyotganlar esa "SPARK" minish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Siz ham mutolaa zavqidan bahramand bo‘lishni xohlayotgan bo‘lsangiz biz tavsiya qilamiz

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf "Ruhiy tarbiya"

“Ruhiy tarbiya” asari dinimizning tamal toshlaridan biri bo'lmish nafs tarbiyasi masalalariga bag'ishlangan. Ushbu majmuaga nafsni poklash, axloqni sayqallash kabi ruhiy kamolot bosqichlariga oid masalalar kiritilgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf " Hadis va hayot"

Payg'ambarimiz Muhammad mustafo alayhissalomning eng mo‘tabar hadis kitoblarida kelgan sara hadislarning zamonaviy sharhi haqida.

Abdulla Qodiriy " O'tkan kunlar"

Ushbu kitobda insoniy taqdirlar, ijtimoiy - siyosiy, ma'naviy - axloqiy, oilaviy - ishqiy muammolar qalamga olingan.

Biz sizga faqat eng yaxshilarini tavsiya qilamiz

@Krepeduz - Kreativ o‘qituvchilar kanali
4.3K views07:07
Ochish/sharhlash
2023-04-23 13:00:03 ​​ ​​Kutib oling! Eng sara metod va maslahatlar "guldastasi"!

19-qism

Qanday qilib darsga jumboq qo'shish orqali o'quvchilarda qiziqishni oshirsa bo'ladi?

O'quvchilarni tinchlantirganingizdan so'ng ularni qayta gaplashmaslikka undash siz uchun muammo bo'lyaptimi?

O'quvchilaringizda "unutib qoldirish", "yoddan ko'tarilib ketish" odatlarini bartaraf qilmoqchimisiz?

O'quvchi miyyasida faningizga oid ijobiy assatsatsiyalar hosil qilishning sinalgan usuli

Kreativ o'qituvchining darsida fanga befarq o'quvchi bo'lmaydi

Yuqoridagi maqolalarni o'qish uchun ko'k yozuv ustiga bosing.

1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism
9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism |15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.3K views10:00
Ochish/sharhlash