Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2023-05-09 06:45:00 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

4-farq.

Finlandiyadagi maktablar o'quvchilarga qulay bo'lishi uchun mo'ljallangan. Sinflarda bajarish va yashash orqali o'rganish modeliga mos joylar mavjud. Binolarning qurilish xususiyatlari o'quvchilarga xuddi uydagidek qulay bo'lishiga imkon beradi deb o'ylashadi.

O'zbekistonda ko'p yillar davomida buyruq ostida o'quvchilar nazorat da ushlab turishga uriniladi. "Menga quloq soling" deb baqirib turadigan o'qituvchi oldida qanchalik yaxshi quloq solishlarini bilib bo'lmaydi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.2K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-05-08 11:02:24 O‘QITUVCHILAR UCHUN TAVSIYA!

Zamonaviy o‘qituvchi qanday bo‘lishi kerak?

Biz g‘aroyib davrda yashayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez surʼatlarda, tanib bo‘lmas darajada o‘zgaryapti. Shuning uchun o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o‘qituvchi quyidagilarga tayyor bo‘lishi kerak:

O‘zgarish.

Bu eng qiyini, biroq to‘laqonli shaxs sifatida mavjud bo‘lish uchun zarur bo‘lgan shart. Shuning uchun o'zgarishdan va yangiliklarga ochilishdan qo'rmasligimiz bu bizning ustuvor vazifamizdir.

O‘z xatolarini tan olish.

Hech narsa qilmagan kishigina xato qilmaydi. O‘qituvchi esa bundaylar toifasiga kirmasligi aniq. Shunday ekan, kerakli vaqtda o'z xatolarimizni tan olishimiz bizga ziyon keltirmaydi albatta.

Rivojlanish.

Agar jahon surʼati bir necha avlodlar davomida o‘zgarmagan bo‘lsa, hozirda u shu qadar tez surʼatlarda rivojlanyaptiki, buni hech biror so'z bilan ifodalash qiyin. Shunchaki unga yetib olish uchun "oyoqni qo'lga olib yugurish kerak" deya olamiz)

Eng asosiysi, o‘qituvchi zamonaviy o‘quvchilar nima bilan yashayotganini ham tushunishi kerak.

#Barcha #Hamkasblaringizga #Ulashing

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.8K views08:02
Ochish/sharhlash
2023-05-08 05:10:00 O'qituvchilar haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

Davomiyligi: 1:
40

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
3.3K views02:10
Ochish/sharhlash
2023-05-08 05:01:00 Kayfiyatning dars sifatiga ta'siri

Davomiyligi: 1:21

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
3.1K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-08 05:00:01
Bugungi efirda:

1. Kayfiyatning dars sifatiga ta'siri
2. O'qituvchilar haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
3.3K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-07 16:32:12 ​​ ​​Kutib oling! Eng sara metod va maslahatlar "guldastasi"!

21-qism

Maktabda o'qituvchilar davomatini qanday yaxshilash mumkin?

ChatGP nima?

O'zingizga bo'lgan ishonch hissini tarbiyalashni o'rganing

Darsni yanada qiziqarli o'tish mumkinmi?

100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish

Bugun siz o'rgangan eng muhim narsa nima?

Yuqoridagi maqolalarni o'qish uchun ko'k yozuv ustiga bosing.

1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism
9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism |15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism | 19-qism | 20-qism

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
9.3K views13:32
Ochish/sharhlash
2023-05-07 07:56:12 #qiziqarli

Darslar va o'qituvchilar bo'lmagan maktab

Siz yoki bolangizga o’qituvchilar, sinflar, taqvim, va uy vazifalar bo’lmagan maktabga borish taklif qilinsa, nima degan bo’lardingiz? G’alati ko’rinadi, lekin bu qiziqarli. Braziliyadagi Lumiar maktab ana shunday ekan.

Muvaffaqiyatli braziliyalik ishbilarmon Rikardo Semler 2003-yilda birinchi Lumiar maktabini ochdi. Bundan oldin, deyarli 20 yil davomida, u katta Semco kompaniyasini boshqargan edi, u yerda barcha xodimlar orasida o’zini o’zi boshqarish tizimini joriy qilgan. U o’zining muvaffaqiyatli faoliyatining natijasini bilan bolalarni tarbiyalashda sinab ko’rishga qaror qildi. O’rganish shaxsiy va jamoaviy mas’uliyatga asoslanadi va o’quvchi amaliyotda haqiqiy hayot bilan yaqin bog’liq bo’lgan bilimlarni oladi.

O’qituvchilar yo’q – tutor va master bor

Tutor – bolaga g’amxo’rlik qiluvchi, uning uyidagi yangiliklar, uning maktabdagi faoliyati, umuman umri haqida g’amxo’rlik qiladi. U dunyoni bilish, muammolarni hal qilish, savollarga javob berishga va u bilan birgalikda javob izlashga yordam beradi.

Master – loyiha ustida ishlayotgan bolaga yordam beradi, o’quvchining bilimlari uchun mas’uldir. Master maxsus ta’lim yoki ilmiy darajaga ega bo’lmasligi mumkin. Asosiy talablar –ishga bo’lgan bilim va xohishdir.

Hech qanday sinf yo’q – turli yoshdagi guruhlar mavjud

Lumiar talabalari qiziqish guruhlariga qo’shilishadi. Ya’ni, loyiha ustida turli yoshdagi bolalar ishtirok etadilar. Har bir bola imkoniyatlar qadar topshiriqlarni bajaradi. Qizig’i shundaki, yosh bola ba’zan savolni kattalardan yaxshiroq tushunishi mumkin.

Hech qanday dars yo’q – loyihalar bor

Lumiar maktabida aniq darslar va o’qiladigan mavzular ro’yxati mavjud emas. Buning o’rniga, o’quvchilar o’zlari ishlashlari, turli ko’nikmalarni rivojlantirishlari mumkin bo’lgan loyihalar bilan chiqishadi. Bitta loyiha 2 oy davom etadi.

Navbatchilar va ilmiy mudirlar yo’q – o’z-o’zini boshqarish bor

Lumiar maktabining barcha o’quvchilari, ota-onalari va xodimlari uning boshqaruvida ishtirok etadilar. Har 7 kunda, yig’ilishda uchrashishni istagan har kim o’tgan haftani muhokama qilib, o’z xatti-harakatlari bilan tanishadi.

Doska yonida hech qanday javob yo’q – cheksiz imkoniyatlar mavjud

Maktabning butun maydoni interfaol, ochiq maydon, kutubxona, ko’plab uskunalar va to’liq erkinlik mavjud. Agar xohlasangiz, stolga o’tirib, istasayiz – yerga, istasayiz – o’t ustida o’tirishingiz mumkin. O’quvchilar o’zlari o’simliklarni ekish yoki o’yingoh qurish kabi o’zgartirishlar kiritishlari mumkin. Maktab ichidagi ba’zi devorlar ham ko’chma bo’lib, bolalar o’zlari xona o’lchamini tanlashadi.

Hech qanday imtihon va test sinovlari yo’q – umumiy baholash mavjud

Har ikki soat ichida bolalar o’zlarining ishlarini baholaydi. Master va tutorlar ma’lumotlarning qanchalik o’rganilganligini ham nazorat qilishadi. Har bir o’quvchining o’zi qo’lga kiritgan barcha ko’nikmalarni va bilimlarni tasvirlaydigan batafsil portfolio bor.

Uy vazifasi yo’q – o’rganish istagi bor

Uy vazifasi berilmaydi. Bolaning o’zi loyihada qanday ishtirok etayotganini tanlaydi. U ma’lumotni faqat maktabda o’rganishi, qo’shimcha ravishda uyda biror narsalarni o’qishi yoki mavzu bo’yicha film tomosha qilishi yoki internetda ijtimoiy so’rov o’tkazishi mumkin. Lumiarda hech qanday majburiyat yo’q, ammo imkoniyatlar mavjud.

Lumiar maktabini hayot maktabi deb ham atash mumkin. U odatdagi maktablarda muhokama qilinmagan asosiy masalalarga qaratiladi – masalan, sevgi nima va nega biz bu dunyoda yashayapmiz. Lumiar maktabining o’qitish metodikasi dunyodagi eng innovatsion pedagogik qarorlar biri deb hisoblanadi.

Ha aytgancha, Lumiar o’quvchilarining o’rtacha balli 100 dan 91, bu esa an’anaviy maktablardan ancha yuqoridir.

@Krepeduz - Kreativ fikrlaydigan jamiyat
3.3K views04:56
Ochish/sharhlash
2023-05-06 12:21:49 Kreativ Pedagog O'zbekistondagi ilk va yagona o'qituvchilar onlayn kursi

Kreativ va zamonaviy fikrlash bugungi kunda har bir sohada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasini bu tushunchasiz tasavvur etish qiyin. Zero, Jamiyatimizning elita qatlami hisoblangan o'qituvchilar zamonaviy fikrlashga ega bo'lishlari shart.

Shu sababli Jahon tajribalariga asoslangan holda, O'zbekistonda ilk va yagona bo'lgan Kreativ Pedagog onlayn kursi tashkil etildi. Bu kursning asosiy maqsadi o'qituvchilarni dars jarayonida duch keladigan muammolarini tez , oson va kreativona hal etishga qaratilgan.

Ushbu kurs orqali pedagoglar o'zining nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamlaydi va barcha fan o'qituvchilariga birdek mos keladigan 70 dan ortiq metodlarni va innovatsion usullarni o'zlashtiradilar.

Demak endi "Kreativ Pedagog " kursida o'qigan o'qituvchilar, asabiylik, stress, sinf shovqini, zerikarli dars muhiti va shu kabi pedagoglarni necha yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolarni hech bir qiyinchiliksiz bartaraf etishlari mumkin.

Maqsadimiz: Bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shish

@Krepeduz -Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.3K views09:21
Ochish/sharhlash
2023-05-06 06:45:00 ​​#Qaynoq_natijalar

Sizlar bilan yana bir kreativ ustozimizning kursdan olgan natijalarini bo'lishmoqchimiz.

Odilova D.
(Kreativ pedagog kursi ishtirokchisi)

Assalomu alaykum kanal adminlari. Shu kungacha metodlarni 50% ga yaqinini amaliyotda sinab ko'rdim. 99 % o'quvchilarda darsga qiziqish paydo bo'ldi. Darslarim tez tugab qovotganini bollarim etishvotti. Eng asosiysi sinfda pozitiv kayfiyat paydo bo'ldi. Rahmat kottakon metodla uchun!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.4K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-05-05 12:38:38 #Kitobxon_pedagog

O'zingizga bo'lgan ishonch hissini tarbiyalashni o'rganing

Kitobxon pedagoglarimizga eng sara kitoblarni tavsiya etishda davom etar ekanmiz navbatdagi kitobimiz nafaqat o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishni istagan pedagoglar balki kasbiy yuksaklikka erishmoqchi bo'lgan har bir shaxs uchun foydalidir.

Shuhrat Sattorov " Biz g'alaba qozonamiz"

Ushbu kitobda jamoat oldida chiqish qilish va jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish haqida muhim ma'lumotlar berilgan bo'lib barcha soha vakillari uchun shaxsiy rivojlanish yo'lida eng yaxshi hamroh bo'lib xizmat qiladi.

Kitobni o'qish orqali nimalarni o'rganishingiz mumkin?

Muvaffaqiyat psixologiyasini o'zlashtirish;
O'z - o'ziga ishonch hissini tarbiyalash;
Munosib va baxtiyor umr kechirish;
Kasbiy yuksaklikka erishish va liderlik;
Vaqtni to'g'ri taqsimlash;
Jamoat oldida chiqish qilish va jamoa bilan ishlash bo'yicha qimmatli tavsiyalar.

Har bir kunini muvaffaqiyatlar bilan boyitib borishni istagan barcha kuzatuvchilarimizga yoqimli mutolaa

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali
3.6K views09:38
Ochish/sharhlash