Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-05-15 05:00:01
Bugungi efirda

1. Dars vaqtida "jim bo'l", "Ko'p gapirma", "Ovozingni o'chir" deyish;
2. Sinf rahbari uchun tavsiyalar


@KrepeduzFM
3.1K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-14 13:00:02 ​​ ​​Kutib oling! Eng sara metod va maslahatlar "guldastasi"!

22-qism

Kreativ o'qituvchi bo'lish asosan nimaga bog'liq?

O'quvchini darsga e'tiborsizligini qanday bartaraf etish mumkin?

Har bir o'zbek o'qishi kerak bo'lgan 3 ta kitob

O'quvchilaringiz siz bergan bilimlarni to'liq o'zlashtira olmayaptimi?

Yosh o'qituvchilar uchun foydali 3 maslahat

"Kreativ Pedagog" kursida o'qib tinch sinf muhiti yaratishning 5 ta siri

Yuqoridagi maqolalarni o'qish uchun ko'k yozuv ustiga bosing.

1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
5-qism | 6-qism | 7-qism | 8-qism
9-qism | 10-qism | 11-qism | 12-qism | 13-qism | 14-qism |15-qism | 16-qism | 17-qism | 18-qism | 19-qism | 20-qism | 21-qism

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.2K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-05-14 07:33:02 "Vijdonni uyg'otib turish kerak..."

Biz pedagog sifatida sinfdagi barcha o'quvchilarning nafaqat tarbiyasiga balki kelajakda kim bo'lib yetishishiga ham ma'sul bo'lgan shaxslarmiz. Shu sababli biz o'quvchilarimizga tez-tez psixologik jihatdan ham ijobiy ta'sir o'tkazishimiz ya'ni "ularnining vijdonini uyg'otib turishimiz" kerak. Buning uchun:

1. Partalar gapirsin. Har bir o'quvchi partasiga quyidagi eslatmani yopishtirish kerak: «O‘quvchi, unutma — maktabga qanday kelishing, stolda qanaqa o‘tirishing, darsga qanchalik qiziqishing va nisbatan o‘zlashtirishing, sinfdoshingga va ustozingga qanday muomalada, munosabatda bo‘lishing bu — ota-onangdan qanday tarbiya olayotganing, ota-onang qanday tarbiyaga ega va kim ekanligini namoyon qilish degani! Ota-onangni va o‘zingni hurmat qil! Ustoz — ota-onang kabi ulug‘ kishidir!».

2. Sinf eshiklari tilga kirsin.
Har bir sinfxonaga kirish eshigi yuziga: «Uyga vazifangni va olayotgan bilimlaringni bugun darsda bildirib qo‘y. O‘zingni hech kimdan kam emasligingni yana bir bor isbotla».
Eshikning sinfxonadan chiqish yuziga: «Bugun darslikdan, ustozingdan nima olib ketyapsan. Sen o‘quvchi bo‘lib yutib ketyapsanmi, yutqazibmi?» deb yozib qo'yish kerak.

Maqsad oddiy — vijdonni uyg‘otib turish.

Xo'sh, bunga sizning fikringiz qanday?

Maqsadimiz: Bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shish

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.7K views04:33
Ochish/sharhlash
2023-05-13 13:31:02 Baʼzida oʻquvchilaringiz siz bergan bilimlarni toʻliq oʻzlashtira olmayaptimi?

Unda sizga bu maqola ayni muddaodir. Avvalo siz oʻquvchilaringizdan hozir nega oʻzlashtirishga tayyor emasligining sabablarini soʻrang va aniqlang. Soʻngra bu haqida aniq tasavvurga ega boʻlasiz.

Shundan soʻng oʻquvchilar bilan tushuntirish ishlari olib boring. Oʻquvchilarga oʻz ishini tugatmasidan qoldirmasligini tushuntiring, agar biror jiddiy sabab boʻlsa, keyinroq unga qaytishiga va tugatishi joizligini tushunishiga yordam bering. Har bir oʻquvchini oʻz darslarini bajarib boʻlgandan soʻng oʻz ishlarini kunlik qilib yozishga undang.

O‘quv faoliyatining o‘quvchiga yoqmaydigan jihatlari bor yoki yo‘qligini aniqlang. O'quvchini o'quv faoliyatiga tayyor bo'lishga va unda ishtirok etishga undash uchun o'quv faoliyatining yoqimsiz tomonlarini olib tashlang, kamaytiring yoki o'zgartiring.

O'tkazib yuborilgan vaqt uchun o'quvchini javobgarlikka torting (masalan, agar o'quvchi o'quv mashgʻulotlarini besh daqiqa o'tkazib yuborsa, ular tanaffus, tushlik yoki boshqa kerakli o'quv mashg'ulotlari vaqtida chala vazifalarni to'ldirishlari kerakligini ayting).

Boshqa o‘quvchilar sinfdoshlariga o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashishini yoqimsiz qilib qo‘ymasligiga ishonch hosil qiling. O‘quvchida o‘quv darslari uchun barcha mos o‘quv materiallari mavjudligiga ishonch hosil qiling.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.1K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2023-05-13 06:45:41
#Qaynoq_natijalar

Bizda qaynoq natijalar kelishi davom etmoqda. Sizlar bilan yana bir kreativ ustozimizning kursdan olgan natijalarini bo'lishmoqchimiz:

Nafisa Abdullayeva
(Kreativ pedagog kursi ishtirokchisi)

Assalomu alaykum!
Biz o'qituvchilarning darslarimizni qiziqarli va samarali o'tishi uchun izlanib charchamayapsizlarmi?
Men sixlarga berayotgan maslahatlaringiz, bilimlaringiz va metodlaringiz uchun rahmat aytmoqchiman. Men bu metodlardan daralarimda, ayniqsa to'garak darslarimda ko'p qo'llayapman. Natijalar ajoyib!


Kursga yozilish uchun:
@Krepeduz_admin
3.3K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-05-12 03:00:00
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar!

Barchangizga sayyid-ul ayyom JUMA muborak bo'lsin!

Ushbu qutlug' kunda Alloh yuzingizga nur, qalbingizga huzur, xonadoningizga rizq-u baraka ato etsin!

Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ o‘qituvchilar kanali!
845 views00:00
Ochish/sharhlash
2023-05-11 13:01:36 #Qahramon_Pedagog

Kreativlikdan "Ilm - fan tashabbuskori" ko'krak nishonigacha

Jo'rayeva Sadoqat Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumaniga qarashli 35- umumiy o'rta ta'lim maktabi rus tili fani o'qituvchisi


Navbatdagi qahramonimiz o'zining tinimsiz mehnatlari natijasida kundan kun yuksalib, e'tirof etilib borayotgan pedagoglarimizdan biridir.

Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz

Assalomu alaykum "Kreativ pedagog" onlayn kursi fidoiylari! Men 8 yillik ish tajribam va ushbu vaqt mobaynida qo‘llab kelayotgan metodlarimga 2023-yilning yanvar oyidan boshlab katta o‘zgartirish kiritildi, negaki men "Kreativ pedagog" kursini o‘qib tugatdim va olgan bilimlarimni amalda qo‘llay boshladim.

Ushbu kursda o'rgangan zamonaviy metodlar, tashabbusli loyihalar va ularni dars jarayonlarida qo‘llash mobaynida o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, aktivligidan ilhomlanib "Kreativlik va uning dars jarayonlaridagi samaralari" mavzusida ilmiy maqola yozdim. Ushbu maqola meni "Ilm-fan tashabbuskori" ko'krak nishoni bilan taqdirlanishimga sababchi bo‘ldi. Buni qarangki, "Kreativ pedagog" kursi chekka bir qishloqdagi oddiy bir o‘qituvchini yanada o'z ustida ishlashga, dars jarayonlarini noan'anaviy va qiziqarli olib borishiga katta turtki bo‘ldi. Buning uchun "Kreativ pedagog" onlayn kursi tashkilotchilaridan juda minnatdorman.

Hozirda o‘quvchilarim darslarimni intizorlik bilan kutishadi va men ham ularga rus tilini turli xil zamonaviy metodlar orqali oson va noan'anaviy ko‘rinishlarda o'rgatishga harakat qilib kelmoqdaman. Sizlarga yana bir bor tashakkur aytgan holda barcha respublikamizda faoliyat olib borayotgan ustozlarga ushbu onlayn kursni tavsiya etib qolaman. Shovqinli sinflar, o‘quvchilarni darsga qiziqtira olish va sinfdagi o‘quvchilarga mavzuni bir paytning o'zida barchasiga yetqazib berish menimcha barcha o‘qituvchilar uchun muammo bo‘lsa kerak. Men aynan manashu kursda ushbu masalalarning yechimini topdim.

@Qahramon_Pedagog
1.7K views10:01
Ochish/sharhlash
2023-05-11 05:10:00 O'quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak?

Birinchi navbatda shuni aytib o'tish kerakki, biz nafaqat kuchli pedagog, balki *kuchli psixolog* ham bo'lganimizda barcha o'quvchilar diqqatini o'zimizga qarata olamiz.

Agar o'quvchingiz darsni tinglashdan manfaatdor emasligini bildirsa yoki dars payti uning chalg'iyotganini sezsangiz, ushbu usuldan foydalaning:

Dars o'tayotganingizda fan tushunchalarini uning ko'ziga qarab aytishni boshlang, diqqatni muhim nuqtaga (ya'ni uning ko'ziga) qarating, lekin uzoq vaqt qaramang.

Siz o'quvchini qiziqtirish uchun pauza qilishingiz kerak, keyin mavzuni davom ettiring. Buni tez-tez takrorlash kerak, lekin haddan tashqari oshirib yubormang.

Dars payti oraliqlarida yengil hazillar, mavzuga oid olimlar haqidagi qisqa hikoyalar ham o'quvchi diqqatini darsga doimiy jalb etishga yordam beradi.

Shu oddiy usuldan darsingizda foydalaning, shunda o'quvchilaringiz juda ehtiyotkor bo'ladi va sizning darsingizga "quloq solishadi''.

Ha aytgancha, bunday holatlarda o'quvchini jazolash, yomon baho qo'yish va hakozolardan foydalanish sinfda faqatgina salbiy muhitni shakllantiradi xolos. Yaxshisi, yuqoridagi usul orqali darsingizni samarali tashkil etganingiz ma'qul.. )

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.4K views02:10
Ochish/sharhlash
2023-05-10 05:35:54 ​​ O'quvchining darsga e'tiborsizligini qanday bartaraf etish mumkin?

O'quvchining darsga e'tiborsizligi o'qituvchining asosiy muammolaridan biri bo'lib, buni bartaraf etmasa o'quvchi muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradigan ma'lumotlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Yaxshiyamki o'qituvchi o'quvchilarga darsga e'tibor berishiga yordam beradigan usullarni qo'llashi mumkin. Mana masalan;

Darsdan oldin mashq qilish;
Har bir darsdan oldin, bir necha daqiqa vaqt ajrating va o'quvchilarni turishlari va tizzalarini bukish, cho'zish yoki sakrash kabi yengil harakatli mashqlarni bajarishlarini so'rang. O'quvchi yurak urishi tezligi miyada qon oqimini oshiradi, bu esa talabalarga dars rejalariga diqqatini jamlashga va topshiriqlarga e'tibor berishiga yordam beradi.

Innovatsion o'quv dasturlaridan foydalanish;
O'quvchining darsga e'tibor berishi, faol ishtirok etishi yoki etmasligi darsdagi innovatsion texnologiyalarning roliga ham bog'liq. Shuning uchun o'quvchilarga interaktiv o'rganish usullarini taqdim etadigan kompyuterlar, smartfonlar yoki planshetlarda bajarilishi mumkin bo'lgan sinf mashg'ulotlarini loyihalang.

Darslarni hayotga moslashtirish;
O'quvchilar o'rgangan narsalarini o'zlari bilgan narsalar bilan bog'lab o'rganishni yaxshi ko'radi. Demak o'qituvchi o'tiladigan har bir mavzuni o'quvchining kundalik hayoti bilan bog'lashga harakat qilishi kerak.

Darslaringizda o'quvchilaringizning qiziqishlarini e'tiborga oling va darslarda muhokamalarga ruxsat bering.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali
3.1K views02:35
Ochish/sharhlash
2023-05-09 13:00:04 Har bir darsda maksimal samaraga erishish uchun 4 qadam:

1-qadam. Aniqlashtiring. Siz o'quvchilaringizga 45 daqiqada aynan nimani o'rgatishingiz kerakligini bilib oling. Ya'ni birinchi navbatda darsdan asosiy maqsadingizni yozib qo'ying.

2-qadam. Vaqtni taqsimlang. Sizda 45 daqiqa mavjud. Darsning boshlanish qismini qanday olib borasiz, yoki darsni asosiy qismiga qancha vaqt sarflaysiz? Barcha-barchasini rejalashtiring.

3-qadam. Kerakli resurslarni tanlang. Bugungi darsga aynan qanday materiallar kerak va siz bu darsni qanday metodlar orqali o'tkazmoqchisiz? Mana shu savollarga qisqacha javob yozib qo'ying.

4-qadam. Reja tuzing va har kuni shu tartibda ishlashga odatlaning. Yon daftarchangizda doimo dars uchun maxsus reja bo'lishi kerak. Bu sizni har tominlama o'sishingizga va darslaringizda maksimal darajada samaraga erishishingizga yordam beradi.

Yuqorida keltirilgan "tip" larni hafta davomida bajarib ko'ring. Natijasini esa kommentlarda kutamiz)

Maqsadimiz: Bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shish

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.3K views10:00
Ochish/sharhlash