Get Mystery Box with random crypto!

BILL GEYTSDAN MAKTAB OʻQUVCHILARI UCHUN HAYOTIY QOIDALAR: H | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

BILL GEYTSDAN MAKTAB OʻQUVCHILARI UCHUN HAYOTIY QOIDALAR:

Hayot ko'rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo'ladi. Siz ham hayotingizni qo'lga oling va uni ishga soling!

Dunyo sen o'zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o'zingni hurmat qilishingdan oldin, biror ishni qoyillatib qo'yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga loyiq ekaningizni isbotlang.

Agar bugun o'qituvchining talabchanligidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo'lida ishlaganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko'ring.

Maktabni tamomlamasdan turib, na o'zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham iloji yo'q. Shuning uchun hozir bilim oling.

Hayotda nimaninidir xato qilsangiz bunda o'zingizni yoki boshqalarni ayblamang. Aybdorni topishdan foyda yo'q. Xatodan xulosa chiqarishni o'rganing. Xulosalardan foyda.

Sizning tug'ilishingiz ota-onangiz uchun faqatgina bayram bo'lmagan. Balki katta mas'uliyat ham bo'lgan. Ularni qadrlang. Shunda o'zingiz ham qadr topasiz.

Maktabni a'lochilar ham, past o'zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o'qiydiganlarga to'g'ri javobni topgunlariga qadar qulay imkoniyat yaratib beriladi. Ammo katta hayotda to'g'ri yo'lni topish uchun sanoqli imkoniyat beriladi. Shuni unutmang.

Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to'lash kerak bo'ladi. Bu esa vaqt va mashaqqat degani.

Post yoqqan boʻlsa, oʻqiuvchilaringizga ulashishni unutmang!

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!