Get Mystery Box with random crypto!

#Qahramon_pedagoglar 'Har darsimda o'quvchilarimning ko'zlar | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#Qahramon_pedagoglar

"Har darsimda o'quvchilarimning ko'zlari porlab turadi..."

Boboyorova Yorqinoy Ilxomovna 
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 118- umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi.


Bizning bugungi mehmonimiz ko'p yillik tajribaga ega bo'lishiga qaramasdan izlanishdan va yangi metodlar o'rganib, o'zini rivojlantirishdan charchamaydigan fidoyi ustozlarimizdandir.

Keling ustozimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz

"Assalomu alaykum, hurmatli "Kreativ pedagog " tashkilotchilari Bugun sizlarga men sizlarga ushbu kursni tashkil etganlaringiz uchun oʻzimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Men 12 yillik pedagog faoliyatiga egaman va koʻplab taʼlimga oid treninglarda onlayn kurslarda qatnashib kelganman.

Ammo sizning kursingiz menga judayam yoqdi chunki kursda barcha metodlar maqsadi va mohiyati atroflicha yoritilgan, misollar  asosida tushuntirib berilgan.
Har darsimda bugun qaysi oʻyinni oʻynimiz yoki qaysi metodni oʻrganamiz deb oʻquvchilarimning koʻzlari porlab turadi. Men bundan juda xursandman. Katta  rahmat!

Men darslarimda "Start"metodi ", A va B" metodi, "Xat " metodi", "3D metodi",  "Aftofokus metodi", "Tashakkurnoma xati "va "Aloqa" metodlarini qoʻllab koʻrdim va natijalari aʼlo darajada bo'ldi. Barcha oʻqituvchilarni "Kreativ pedagog " kurslariga oʻqishini tavsiya etaman.
"

@Qahramon_pedagog