Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 10

2023-04-23 07:00:01 100 kun ichida shaxsiyatni o'stirish:

Doim o'qishni xohlagan, lekin jazm qilolmagan biror bir qiyin kitobingizni tanlab, ipidan ignasigacha o'qib chiqing.

Har kuni yangi nimadir o'rganing: gullar nomi, uzoq mamlakatlar poytaxtlari va hokazo. Kechqurun esa kun bo'yi olgan bilimlaringizni mustahkamlashingiz, lug'at olib, yangi so'zlar yodlashingiz mumkin.

"Tonggi sahifalar" - tongda keladigan fikrlar oqimini maxsus daftarga yozib boring. Bu uyg'onganingizdan keyin qiladigan birinchi ishingiz bo'lsin.

Butun dunyo ruhshunoslari bir ovozdan tasdiqlaydigan tavsiyaga amal qiling - har kuni bir varoq qog'ozga hayotingizda sizni mamnun qiladigan 5-10 ta narsani qayd etib qo'ying - Shukronalik izhorlarini yozing.

Shikoyat qilishni bas qiling. Salbiy fikrlar salbiy natijalarga olib keladi.

Asosiysi, bu mashg'ulotlarni shunday ishtiyoq bilan bajaringki, 100 kun ichida ular odatga aylanib qolsin!

Dam olish kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.1K views04:00
Ochish/sharhlash
2023-04-22 13:00:02   Darsni yanada qiziqarli o'tish mumkinmi?

"Har bir o'qituvchi darsni imkon qadar qiziqarli o'tkazishga intilishi kerak" - albatta, biz bunday deganimiz bilan mo'jiza kashf etib qolmaymiz. Darsning asosiy samaradorligi o'quvchilarning diqqat e'tibori va siz pedagoglarning kasbingizdan qay darajada mamnun ekanligizga bog'liq.

Shunday ekan biz bugun bu masalaga yanada aniqroq yondoshishga harakat qilamiz. Qani kettik!

Demak, o'quvchilaringiz sizni tinglamasdan shovqin ko'tarishyaptimi? Ularni urushmang, shunchaki "Avtofokus"  metodi orqali o‘quvchilarni tinchlantiring va yaxshi kayfiyat bilan darsni davom ettiring!

Yoki aksincha darsingizda o'quvchilar zerikkanidan uxlab qolishyaptimi? Buning ham chorasi bor, "Sayohat" metodi orqali sinfni yanada qiziqarli qiling. Qarabsizki, hammasi ajoyib!

Ha aytgancha, o'quvchilaringizning xotira bo'yicha muammolarga duch kelishyaptimi? Unda siz ularga "Setlkasten" metodi orqali dars o'ting. Endi ularda eslab qolish bo'yicha hech qanday muammo bo'lmaydi.

Xullas, sanayversak darsni qiziqarli qilishning yo'llari va metodlari judayam ko'p. Faqat ularni o'rganish uchun sizda ozgina xohish va harakat bo'lsa kifoya)

"Setlkasten metodi"ni Kreativ Pedagog May oyi guruhida o'rganing

@Krepeduz
1.6K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-22 06:45:00 ​​#Qaynoq_natijalar

Sizlar bilan yana bir kreativ ustozimizning kursdan olgan natijalarini bo'lishmoqchimiz:

Gulamova Dilrabo
(Kreativ pedagog kursi ishtirokchisi)                       

Assalomu alaykum hurmatli Krepeduz tashkilotchilari! Bu kursda berilgan qiziqarli metodlar menga o'z ustimda ishlashga yanada kreativ fikrlashga yordam berdi. 20 yillik ish faoliyatimda foydalanib kelayotgan turli metodlarim qatoriga bu kursda o'rgangan yangi metodlar keyingi ish faoliyatimda ham juda foydali bo'ladi. Har bir ustoz o'z ustida ishlasa , izlansa va kreativ o'qituvchi bo'lsa o'ylanmanki Yangi O'zbekistonning kelajagi biz ta'lim va tarbiya berayotgan  o'quvchilarimizga bog'liqdir.

Kreativ pedagog kursida juda ham qiziqarli metodlar bor ular menga yoqdi. "Oltita shlyapa","Qarmoq","Sinf qutisi" metodlari va o'qituvchilar uchun  barcha tavsiyalar mavjud. Men o'zim uchun juda yaxshi motivasiya oldim. Barcha ustozlarni ushbu kursda o'qib kerakli metodlarni o'rganishlarini so'rab qolardim. Krepeduz adminiga va qolaversa barcha tashkilotchilariga hammasi uchun kattakon rahmat.  Ishlaringizga omad tilayma
n.

Kursga yozilish uchun:
@Krepeduz_admin
2.3K viewsedited  03:45
Ochish/sharhlash
2023-04-21 10:00:05 ​​#Kitobxon_pedagog

O'zingizga bo'lgan ishonch hissini tarbiyalashni o'rganing

Kitobxon pedagoglarimizga eng sara kitoblarni tavsiya etishda davom etar ekanmiz navbatdagi kitobimiz nafaqat o'ziga bo'lgan ishonchni oshirishni istagan pedagoglar balki kasbiy yuksaklikka erishmoqchi bo'lgan har bir shaxs uchun foydalidir.

Shuhrat Sattorov " Biz g'alaba qozonamiz"

Ushbu kitobda jamoat oldida chiqish qilish va jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish haqida muhim ma'lumotlar berilgan bo'lib barcha soha vakillari uchun shaxsiy rivojlanish yo'lida eng yaxshi hamroh bo'lib xizmat qiladi.

Kitobni o'qish orqali nimalarni o'rganishingiz mumkin?

Muvaffaqiyat psixologiyasini o'zlashtirish;
O'z - o'ziga ishonch hissini tarbiyalash;
Munosib va baxtiyor umr kechirish;
Kasbiy yuksaklikka erishish va liderlik;
Vaqtni to'g'ri taqsimlash;
Jamoat oldida chiqish qilish va jamoa bilan ishlash bo'yicha qimmatli tavsiyalar.

Har bir kunini muvaffaqiyatlar bilan boyitib borishni istagan barcha kuzatuvchilarimizga yoqimli mutolaa

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali
1.1K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:11:39
Hayit bayrami muborak bo‘lsin, aziz dindoshim!

Ushbu qutlug' kunda ALLOH yuzingizga nur, qalbingizga huzur, umringizga fayz-u baraka ato etsin!

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!
3.3K views02:11
Ochish/sharhlash
2023-04-21 03:00:00
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar!

Barchangizga sayyid-ul ayyom JUMA muborak bo'lsin!

Ushbu qutlug' kunda Alloh yuzingizga nur, qalbingizga huzur, xonadoningizga rizq-u baraka ato etsin!

Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ o‘qituvchilar kanali!
2.4K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 13:00:04 ​​ ChatGP nima?

ChatGPT - bu Internetda ishlaydigan bir sun'y intelektdir, uning yordamida siz ma'lumotlarni qayta ishlagan holda aniq va mazmunli ma'lumotlar olishingiz mumkin. Bu xususiyatlar orasida ovozli va yozuvli to'plamlar, tugmachalar, savollar va javoblar, anketalar, hisobotlar va boshqa ko'plab funksiyalar mavjud.

Chat-bot internetdan olingan bir qator matnlar va insoniy fikr-mulohazaga asoslangan mustahkamlovchi o‘quv tizimidan foydalangan qayta ishlaydiKeyin neyron tarmoq o‘z javoblaridan foydalanib, ularni aniqroq va to‘g‘riroq qilish uchun bir necha marta qayta o‘qitilgan.

Ushbu bot orqali siz har qanday vaziyatda, barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin. Bu ayniqsa, darslaringizda kutilmagan savollar paydo bo'lganda judayam qo'l keladi.

P.s:. ChatGPT sun'iy intelektidan "O'qituvchilar nima sabab bir oylik Kreativ Pedagog kursida o'qishi kerak?" savolini berdik. Suniy intelekt javobi quyidagi rasmda ko'rishingiz mumkin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.4K viewsedited  10:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 05:10:00 Sinf qoidasiga bo'ysunmaydigan o'quvchiga qanday jazo qo'llash kerak?

Davomiyligi: 1:37

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
2.5K views02:10
Ochish/sharhlash
2023-04-20 05:01:00 O'z sohasi bo'lmagan fanlarni o'qitish to'g'rimi?

Davomiyligi: 1:16

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
2.4K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 05:00:01
Bugungi efirda:

1. O'z sohasi bo'lmagan fanlarni o'qitish to'g'rimi?
2. Sinf qoidalariga bo'ysunmaydigan o'quvchiga qanday jazo qo'llash kerak?

@KrepeduzFM - yoqimli tinglash tilaymiz!
2.5K views02:00
Ochish/sharhlash