Get Mystery Box with random crypto!

O‘qituvchilar faoliyatlari davomida o‘z xatti-harakatlarini ba | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

O‘qituvchilar faoliyatlari davomida o‘z xatti-harakatlarini baholashi 10 ta savol

Ba’zida o‘qituvchilar o‘zlari bilmagan holda o‘quvchilarning xulq-atvoridagi salbiy holatlarga qaysidir darajada hissa qo‘shishlari mumkin. O‘z faoliyatingizni tekshirish va o‘quvchilar orasida ijobiy xulq-atvorni rag‘batlantirish uchun muallif Beverli Jonsning ushbu 10 ta savolidan foydalaning.

1. Men o‘quvchilarning ijobiy xulq-atvori emas, balki salbiy xatti-harakatlariga ko‘proq e’tibor qaratyapmanmi?

2. Men o‘quvchilardan nimalarni kutayotganimni tushuntirishdan ko‘ra, ularga kuchimni ko‘rsatish bilan mashg‘ulmanmi?

3. O‘quvchilar menga yoqmagan biror xatti-harakatni amalga oshirsa, men g‘azablanyapmanmi?

4. O‘quvchi nomaqbul xulq-atvor ko‘rsatganda men o‘zimni tutib tura olyapmanmi?

5. Men o‘quvchilar bilan bahslashyapmanmi?

6. O‘quvchilarning akademik o‘zlashtirish darajalarini real baholayapmanmi?

7. O‘quvchilarning xulq-atvorini to‘g‘ri baholayapmanmi?

8. O‘quvchilardan nima kutilayotganini ularga aniq yetkazdimmi?

9. Mening xatti-harakatlarim o‘quvchiga mosmi yoki ba’zida noto‘g‘ri yondashyapmanmi?

10. Mening o‘quvchilar haqidagi noto‘g‘ri mulohazam ular bilan o‘zaro munosabatlarimga xalaqit berishi mumkinmi?

@Krepeduz-Kreativ oʻqituvchilar kanali!