Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 5

2023-05-19 03:00:00
Assalomu alaykum, aziz dindoshlar!

Barchangizga sayyid-ul ayyom JUMA muborak bo'lsin!

Ushbu qutlug' kunda Alloh yuzingizga nur, qalbingizga huzur, xonadoningizga rizq-u baraka ato etsin!

Kuningiz yaxshi kayfiyatda o'tsin!

@Krepeduz - Kreativ o‘qituvchilar kanali!
3.2K views00:00
Ochish/sharhlash
2023-05-18 14:22:12 #Qahramon_pedagoglar

Maktabni maktab qiladigan kuch - o'qituvchilardir

Muxtorova Malohat Samarqand viloyati Narpay tumani 38- umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Navbatdagi qahramonimiz o'rganishdan zavqlanadigan, hech bir kunini yangiliklarsiz o'tkazib yubormaydigan kreativ fikrlovchi pedagoglarimizdan biridir.

Keling pedagogimiz fikrlari bn batafsil tanishamiz

Assalomu alaykum "Kreativ pedagog" kursi tashkilotchilari. Men sizlarga oʻzimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman.

Sizning kursingizda o'rgangan "Autofokus","Qarmoq", "Start", "Sayohat", "Quvnoq koptok ", "Muxbir", "A"va ,,B", ,"5ta shlyapa " kabi metodlari darslarimning qiziqarli va mazmunli oʻtishi, taʼlimning bosh
maqsadiga erishuvchi faol pedagog boʻlishimga yordam berdi.

Muhataram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev " Jamiyat, davlat va oila oldida oʻzining masʼuliyatini chuqur anglaydigan erkin fikrlovchi faol fuqarolarni tarbiyalash taʼlimning bosh maqsadi hisoblanadi. Taʼlim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa oʻqituvchilardir"  deya bejiz ta'kidlamagan.

Aziz ustozlar sizlarni ham ushbu kurs ishtirokchisi boʻlishingizni xohlayman.
Chunki metodlarni oʻrganish vaqtida dam olasiz, vaqtingiz mazmunli oʻtadi, kayfiyatingiz koʻtariladi va eng asosiysi siz taʼlimda zamon bilan hamnafas ketayotganingizdan g'ururlanasiz.

@Qahramon_Pedagog
2.9K views11:22
Ochish/sharhlash
2023-05-18 05:10:00 "Ha" yoki "Yo'q" demang o'yini

Davomiyligi: 1:04

@KrepeduzFM
276 views02:10
Ochish/sharhlash
2023-05-18 05:01:00 O'qituvchi qanday fikrlashi kerak?

Davomiyligi: 1:14

@KrepeduzFM
362 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-05-18 05:00:01
Bugungi efirda

1. O'qituvchi qanday fikrlashi kerak?
2. "Ha" yoki "Yo'q" demang o'yini

@KrepeduzFM
380 views02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-17 17:38:30 "5 DAQIQALIK ESSE" METODI

Bu usuldan siz darsingizning tugallanish qismida foydalanishingiz maqsadga muvofiq. Fanning nazariy qismida o'tilgan mavzu oxirida bu usuldan foydalanish o'quvchilarda bir nechta ko'nikmalar hosil bo'lishini va bilimini mustahkamlashni ta'minlaydi.

5 daqiqalik esse – o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni umumlashtirish, mushohada qilish maqsadida o‘quv mashg‘ulotining mustahkamlash bosqichida 5 daqiqa oralig‘ida o‘tkaziladi. Siz o'quvchilaringizga o'tilgan mavu yuzasidan esse yozish topshirig'ini berasiz.

Yozma topshiriqning ushbu turi o‘quvchilarning mavzuga doir ichki hissiyotlari, olgan taassurotlari va mustaqil fikrlarini ifodalay olishga yordam berish va o‘qituvchiga o‘z o‘quvchilari o‘quv materiali bilan tanishganda qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berishlari xususida bilish
imkonini beradi.


Siz ham darsingizda ushbu usuldan foydalanishingizni tavsiya qilamiz va usul haqidagi fikrlaringizni kutib qolamiz..)

Maqsadimiz: Bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shish

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
1.5K views14:38
Ochish/sharhlash
2023-05-17 06:45:00 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

5-farq

O'zbekistonda xususiy maktablarda o'qish soati 8, davlat maktablarida esa 5-6 soat. Bu ham yetmaganidek, darsdan so'ng to'garaklar, qo'shimcha darslar, repetitorlar qo'shilib shaxsiy darslar 12-14 soatni qamrab oladi.

Finlandiyada esa kunlik dars 4 soatni tashkil qiladi va Jahon Ta'lim tizimlari reytingini ko'rib chiqsak, sifat va miqdor tushunchalari naqadar muhim ekanligi oydinlashadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.5K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-05-16 11:01:59
Kreativ pedagog kursiga qabul ochildi!

20-maydan boshlanadigan "Kreativ pedagog" intensiv kursiga qabul ochildi!

Qadrli ustozlar, yangi oyning yangi guruhiga ro'yhatdan o'tish boshlandi. Ha aytgancha, Kreativ pedagog kursidan 70 ta zamonaviy metodlar sizga butunlay yuqori darajaga olib chiqadi. 20-maydan boshlanadigan kursdan o'rningizni kafolatlang

Ro‘yxatdan o‘tish uchun @Krepeduz_admin ga, "Kreativ pedagog bo‘lishni istayman" deb yozishingiz kerak! Nima uchun deysizmi? Birinchi bo‘lib shu jumlani jo‘natgan 50 kishiga ajoyib bonus bor!

("Krepeduz" maxsus kitobchasi sizga bepul taqdim etiladi)

"Kreativ pedagog" kursini tanlagan ustozlar 2023-yilda 70 ta metod bilan dars o‘tishmoqda! Sizda ham zamonaviy va kreativ metodlar bormi?

O'qituvchi kasbida muvaffaqiyatga erishish uchun eng qisqa yo'l qaysi? Albatta, Kreativ Pedagog bo'lish!!!

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@Krepeduz_admin ga murojaat qiling!
2.8K views08:01
Ochish/sharhlash
2023-05-15 05:10:00 Sinf rahbari uchun tavsiyalar

Davomiyligi: 1:06

@KrepeduzFM
3.3K views02:10
Ochish/sharhlash
2023-05-15 05:01:00 Dars vaqtida "jim bo'l", "Ko'p gapirma", "Ovozingni o'chir" deyish

Davomiyligi
: 1:06

@KrepeduzFM
3.2K views02:01
Ochish/sharhlash