Get Mystery Box with random crypto!

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT: 1-h | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

KELAJAK TAʼLIM TIZIMINI OʻZGARTIRA OLADIGAN 7 TA HAQIQAT:

1-haqiqat. “Oʻquvchilaringizga qanchalik gʻamxoʻrligingizni koʻrishmaguncha, sizning bilim darajangizga eʼtibor berishmaydi." 

Yuqoridagi Teodor Ruzveltga tegishli boʻlgan iqtibos keltirilgan. Uning mazmuni oʻquvchilarga faqatgina bilim berish kerak boʻlgan oʻrganuvchilar kabi emas, balki, qadrlash va parvalishlash kerak boʻlgan yosh avlod kabi munosabatda boʻlish kerakligini aytadi: “Agar oʻqituvchilar sinfdagi oʻquvchilar ham bizniki kabi huquqlarga ega boʻlgan kichik insonlar ekanligi tushunib yetishsa, qator yaxshi natijalarga erishish mumkin boʻladi."

Oʻquvchilar, eng avvalo, oʻqituvchilari ular haqida qaygʻurayotganliklarini his qilishni istashadi. Shu sababdan, ular taʼlim olayotgan muhitda oʻzlarini xavfsiz his qilishlari va koʻmak olishlari kerak. Agar oʻqituvchi oʻrganuvchilarining ushbu ehtiyojlarini qondira oladigan darajada ular bilan bogʻlana olmasa, uning shu paytgacha erishgan yutuqlari, sertifikat-u diplomlari hech qanday ahamiyatga ega boʻlmay qoladi.

@Krepeduz - Kreativ oʻqituvchilar kanali!