Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 3

2023-06-13 06:45:00 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

9-farq.

Finlandiyada o'qituvchilarning daromad darajasi juda yaxshi. O'z ishidan boshqa ish bilan shug'ullanib, qo'shimcha daromad olishga intilayotgan o'qituvchilar deyarli yo'q.

Mamlakatimizda qo'shimcha daromad olish uchun qo'shimcha dars o'tmaydigan o'qituvchilar deyarli yo'q. Chunki ularning maoshi, hatto, ehtiyojlariga ham yetmaydi ba'zida.

O'qituvchilarning to'lovlarni to'lash uchun boshqa narsalar bilan kurashishi natijasida yuzaga kelgan vaziyat uchun hisobni butun xalq to'laydi keyin...

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.1K views03:45
Ochish/sharhlash
2023-06-12 05:32:45 ​​#kun_iqtibosi

Birovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lgandan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.

M. Monten

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.8K views02:32
Ochish/sharhlash
2023-06-11 10:57:28 Zamonaviy o'qitish usullari

O'qitishning yangi uslublaridan foydalanishda oʻqituvchilar bilimlarni shunday shaklda berishi kerakki, u o'quvchilarda qiziqish uyg'otishi, buni amalga oshirishda texnologiya va oʻzaro ma'lumot almashinuvi muhim rol o'ynaydi va an'anaviy sinf muhitining o'zgarishiga olib keladi. Ushbu oʻzgarishlarni hisobga olib o'qituvchilar yangi o'qitish usullaridan foydalanishi talab etiladi:

Hamkorlikda o'rganish: Ayro holda o'rganish eskirgan usuldir. Zamonaviy ta'lim yondashuvi talabalarga birgalikda o'rganish orqali muvaffaqiyatga erishish uchun platforma taqdim etishdan iborat.

Intervalli ta'lim: Muayyan darsni mustahkamlash uchun o'qituvchi darsni 10 daqiqalik pauza bilan bir necha marta takrorlaydi. Bu, odatda, jismoniy faollik yoki ongni rivojlantirish usullari orqali miyaning yaxshi holatga kelishiga imkon berish uchun amalga oshiriladi.

Flipped classroom: Ushbu uslub o'quvchilarga uyga berilgan video darslikni tomosha qilib uni dars davomida muhokama qilish orqali amalga oshiriladi. Uy vazifasi (an'anaviy ravishda uyda bajariladi) o'quvchilarning vaqtini va o'rganish tajribasini optimallashtirish uchun sinfda ham bajariladi.

Mustaqil o'rganish: Zamonaviy o'qitish usullari mustaqil o'rganish samarali deb baholaydi. Biror mavzuga yaxshiroq eʼtibor berish orqali oʻquvchilar o'zlari uchun qiziqarliroq bo'lgan mavzularni chuqurroq o'rganishga undashadi.

Gamifikatsiya: Video o'yinlar orqali o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich va maktabgacha ta'lim tizimlarida eng foydali zamonaviy o'qitish strategiyalaridan biri bo'lib xizmat qiladi. Bu nisbatan yangi o‘qitish metodikasi oliy ta’limda samarali zamonaviy o‘qitish usuli hisoblanadi.

VAK o'qitish: Vizual, audio va kinestetik (harakat) o'qitish yoki VAK o'qitish - bu o'qituvchilar oʻquvchi tushadigan toifani aniqlaydigan eng so'nggi o'qitish usuli bo'lib, ular vizual o'quvchilarmi, audio o'rganuvchilarmi yoki kinestetik o'rganuvchilarmi. Ushbu turkumlashdan so'ng, o'qituvchi o'z shaxsiy qobiliyatlarini qondirish uchun darsni yaxshiroq tayyorlashi mumkin.

Krossover o'rganish: Krossover o'rganish - bu rasmiy va norasmiy ta'limning aralashmasi. Krossover ta'limda rasmiy sinfda o'qitish o'quvchilarning kundalik tajribalaridan foydalanish va ularning atrofi bilan o'zaro ta'siri bilan birga keladi, bu ta'limning ushbu usulining norasmiy qismini tashkil qiladi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali
3.1K views07:57
Ochish/sharhlash
2023-06-10 13:00:04 Yozgi taʼtil oʻqituvchilarga nima uchun kerak?

Yozgi taʼtil - bu nafaqat oʻqituvchini oʻzini balki tanasi, ongini va yuragini tanaffus olishidir.

Oxirgi oʻquvchingiz sinfdan chiqib ketganidan keyin siz nihoyat erkin nafas olishingiz mumkin. Uzoq dam olish kunlarining boshlanishi, siz o'qituvchilik ta'tilidan zavqlanish arafasidasiz. Ilm ulashish ko'p ijobiy narsalar - rivojlantiruvchi, ilhomlantiruvchi, qiziqarli - lekin shu bilan birga charchatuvchi hamdir. Vaqti-vaqti bilan batareyalaringizni qayta zaryadlashingiz kerak va ta'tildan zavqlanish - buning bir muqobil yo'lidir. Ammo, agar siz taʼtil davomida oʻzingizni tiklashdan ko'ra koʻproq ish haqida o'ylashga vaqt sarflasangiz, taʼtildan maksimal hordiq ololmasligingiz mumkin.

Hamma narsaga jiddiy eʼtibor bering. Taʼtilga chiqishdan oldin har qanday va uzoq davom etadigan ishni tugating. Tuzatish kerak bo'lgan qog'ozlarni to'g'rilang. Burchakdagi tartibsizlikni tozalang. Tanaffusga ketishdan oldin e'lonlar taxtasini o'zgartiring. Hech narsani qarovsiz qoldirmang, aks holda bu vazifalar sizning fikringizning bir burchagiga joylashadi va siz o'zingizga e'tibor qaratishingiz kerak bo'lganda ular haqida o'ylaysiz. Bu esa sizni yaxshi dam olishdan saqlanishi muqarrardir.

(Vaqtinchalik) Maktabingiz bilan barcha aloqalarni uzing.
Eshikni yopganingizdan so'ng, maktabni hozircha xayolingizdan o'chirishga harakat qiling. Maktabni eslatuvchi har qanday narsadan oʻzingizni uzoq tuting (elektron pochtalar, kontaktlar) va yana ish bilan bog'liq narsalarni tekshirishdan oʻzingizni saqlang. Har qanday va maktabga tegishli narsalarni - hujjatlar, kitoblar, baho daftarlarini va hokazolardan holi yashang. Ishoning kichik buyumlar ham sizga ogʻir oʻtgan oʻquv mavsumini eslatishi va hayolingizni kun davomida band qilishi mumkin.

Faqat oʻzingiz uchun ishlarni rejalashtiring. Esda tutingki, ta'til - bu ozgina ruxsat etilgan erkinlik vaqti. Tanaffusni qiziqarli narsa bilan boshlang. Dam olish rejimiga o'tish uchun oʻzingizni ruhan tayyorlab uni puxta reja qiling. Ba'zi odamlar ta'til boshlanishidan bir kun oldin narsalarni yig'ib, maktabdan ketishadi. Boshqalar esa ta'tillarini sinf hayotiga mutlaqo aloqasi bo'lmagan joyda o'tkazishni yaxshi ko'radilar. Balki siz shunchaki divanda yotib yoqtirgan filmlaringizni tomosha qilish yoqar.

Ta'tilingizni ruhingiz uchun mashg'ulot kabi o'ylab ko'ring. Agar siz ajoyib yuguruvchi bo'lishni istasangiz, shunchaki yugurib bo'lmaydi. Buning o'rniga, siz yoga bilan shug'ullanishingiz, og'irliklarni ko'tarishingiz va birinchi navbatda asosiy mushaklaringizni shugʻullantirishingiz kerak. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun ham xuddi shunday. Amaliy ko'nikmalarga qo'shimcha ravishda, sizni ilhomlantiradigan shaxsiy tajribalar va sinf hayotini yaxshilaydigan narsalarni baham ko'rish uchun hikoyalaringiz bo'lishi kerak.

Unutmang! Taʼtil bu - toliqqan tanangizga dam berish va kelgusi oʻquv yiliga qayta kuch yigʻish uchun asosiy manbadir.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-06-10 06:32:23 Kreativ Pedagog kursining tabiiy fan o'qituvchilariga foydali tomonlari

Ta’limida har bir fanning o‘z o‘rni bor. Tabiiy fanlar qiziqar­liligi, yangilig-u kash­fiyot­larga boyligi bilan o‘quv­chini o‘ziga tortadi.

Misol uchun, biologiya va geog­rafiya darslari mavju­dotlar, atrof-muhit haqidagi ma’lu­mot­larga boyligi bilan o‘quvchini o‘ziga jalb qilsa, kimyo va fizika labo­ra­toriya mashg‘ulot­larining qiziqarliligi ham bu fanlardan aslo qolish­maydi.

Eng asosiy masala esa, ana shun­day qiziqarli fanlarni o‘quv­chilarga yetkazib berishda o‘qituvchi­larning  malakasi yetarlimi? Ular darslarida qan­day metod va texno­logiya­lardan foyda­lan­yapti?

"Kreativ Pedagog" kursi esa ustozlarimizga ana shunday muammolarni hal qilishda yordam berib kelmoqda. Kursda o'rgatiladigan metodlar o'quvchilarni ushbu fanlarga qiziqishini yanada orttirib, tabiiy fanlarni jon-jahdi bilan o'rganishga undaydi.

Ro'yhatdan o'tish uchun ushbu yozuv ustiga bosing

@Kreativ_pedagog - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.9K views03:32
Ochish/sharhlash
2023-06-09 14:01:06 #Qahramon_pedagoglar

"Hozir bola qalbiga shunday kirib bo’lmaydi..."

Eshonxonova Muqaddasxon Jumavoyovna Farg'ona viloyati 3-IDUMI biologiya fani o'qituvchisi. Xalq ta'limi a'lochisi.

Biz Kreativ Pedagogga aylangan va o'z ishining fidoyisi bo'lgan qahramon pedagoglarni tanishtirishda davom etar ekanmiz, bugungi mehmonimiz ham ana shunday o'z kasbining fidoyi o'qituvchilaridan biridir.

Keling pedagogimiz fikrlari bilan batafsil tanishamiz:

"Men Kreativ Pedagog kursida o'qib o'rgangan eng samarali metodlarimdan biri bu "Avtofokus" metodidir. Bu metod orqali men o'quvchilarimni juda tez va osonlik bilan diqqatini jalb qila olaman.

Ta’lim haqida tavsiyalarim to'g'risida gapiradigan bo'lsam:

O’qituvchi shunday yo’l tutib ishlasinki, o’quvchilarda ustozi orqali shu kasbga mehr uyg’onsin, ustozga hurmat uyg’onsin. Hozir bola qalbiga shunday kirib bo’lmaydi, uni hayratlantirib kirib borish va qalbidan mangu joy olishi kerak".


@Qahramon_pedagog
3.1K views11:01
Ochish/sharhlash
2023-06-09 10:00:11 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

8-farq.

O'zbekistonda o'qituvchi bo'lish uchun institutni bitirsangiz kifoya. (Hatto ba'zi maktablarimizda o'rta ta'limni bitirganlar ham o'qituvchi hisoblanadi)

Finlandiyada o'qituvchi bo'lish uchun uch bosqichli sinovdan o'tishingiz kerak. Ushbu bosqichlar orasida muloqot va dars tushuntirish kabi bo'limlar mavjud.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.0K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-06-08 05:07:54 #kun_iqtibosi

​​Har qanday taʼlim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir.

A. Disterverg


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.8K viewsedited  02:07
Ochish/sharhlash
2023-06-07 14:00:07 Biz o'sishimiz kerak!

Bu dunyoda hech narsa barqaror emas.

Hamma narsa harakatda. Barcha jarayonlar dinamikasi 2 turga bo'linadi :
1. O'sish
2. Pasayish

Bu qonuniyat !

"Menga bularni nima aloqasi bor ?" deb o'ylayotgandirsiz. Shunday aloqasi bor-ki, ehtimol siz buni taassavvur ham qila olmassiz! Biz har bir jabhada yo rivojlanamiz yo inqiroz tomon pasayamiz. Boshqacha bo'lishi mumkin emas!

Aziz ustoz, endi biz bir narsani tushunib olaylik. Inqirozga uchramaslik uchun ham oz bo'lsada rivojlanishimiz kerak. Zehnni, g'oyani, tanani, qalbni va ruhni doim o'stirib borish, avvalambor "qulamaslik" uchun!

Kreativ Pedagog kursi esa sizning o'sishingiz, kasbiy rivojlanishingiz, qolaversa, hayotingizni yanada yaxshi tomonga o'zgartirish uchun ajoyib imkoniyat. Siz haqiqiy Kreativ Pedagogga aylanmog'ingiz lozim!

Kreativ Pedagog kursi 12-iyun dushanba kunidan start oladi.  "Kreativ Pedagog" kursi sizga bu borada yaqindan ko'makchi bo'ladi. Hoziroq ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!

Batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.3K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-06-07 13:01:39
Xalqaro Nordik universiteti 3 yil ish stajiga va ish beruvchi tomonidan tavsiyanomaga ega bo'lganlar uchun maxsus imkoniyatli ta'lim shaklini taklif qiladi:

1. Maktabgacha ta'lim - 11mln so'm 3 yil
2. Boshlangʼich taʼlim - 11mln so'm 4 yil
3. Musiqa taʼlimi - 14 mln so'm 4 yil
4. Psixologiya - 14 mln so'm 4 yil
5. Iqtisodiyot - 14 mln so'm 4 yil
6. Moliya - 14 mln so'm 4 yil

3 yil stajga ega bo'lmaganlar uchun ham qabul bor.

11 ta
bakalavriat yo‘nalishi;
6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.

Ariza topshirish: https://bit.ly/43Df2A5

  Qo‘shimcha ma'lumot olish:

     +99855 508 44 00| @nordikedu

Web-site | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
3.0K views10:01
Ochish/sharhlash