Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 57

2021-12-17 16:08:01
5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov

Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletov poytaxtda oʻtkazilgan konferentsiyada maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, shundan 160 nafardan ortigʻi respublika, 1 ming 270 nafardan koʻprogʻi viloyat hamda 13 ming nafardan oshigʻi tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil etgan.

«Nazorat-tekshiruv sohasi hali hamon islohotga muhtoj. Bugungi kunda respublikadagi turli davlat boshqaruv organlari tarkibidagi 50 dan ortiq nazorat-tekshiruv idoralarini nazarda tutayapmiz. Ularning 10 dan ortigʻi oʻzlari tekshirishi kerak boʻlgan vazirlik va idoralarga boʻysunadi. Bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi boʻlsa, bu yerda manfaatlar toʻqnashuvi ortidan qandaydir qonun buzilish holatlari kelib chiqadi», — degan Ruslanbek Davletov.

@jalolmurad • Manba
1.7K views13:08
Ochish/sharhlash
2021-12-17 15:38:32 Qur'on kitobga muhtoj insonlar boʻlsa Alloh roziligi uchun bepul beramiz tortinmang bemalol yozavering!

Aloqa uchun @Yaxshiliglar_sari_bot
Botga ismingiz va telefon raqamingizni yozib yuboring oʻzimiz aloqaga chiqamiz!

Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin!

@jalolmurad • Yoshlar biz bilan
3.1K views12:38
Ochish/sharhlash
2021-12-17 15:08:01
Kuchli shamol oqibatida bolalar halok bo‘ldi

Avstraliya maktabida puflanuvchi batutli “qal’a”ning kuchli shamol ta’sirida qulashi oqibatida besh bola halok bo‘ldi va yana to‘rt nafari og‘ir jarohat oldi.

Voqea 16 dekabr mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Tasmaniyaning Devonport shahridagi Hillsrest boshlang‘ich maktabida sodir bo‘lgan. Maktab o‘quvchilari bu paytda Rojdestvo ta’tilidan oldin darslarning so‘nggi haftasini nishonlayotgan edi.

Politsiyaning aytishicha, bolalar batutdan 10 metr (32 fut) balandlikdan qulagan. Qurbonlar 10-12 yoshli oltinchi sinfda o‘qiydigan o‘g‘il va qizlar ekani aytilmoqda. Voqea ortidan bir necha qutqaruv vertolyotlari va tez yordam mashinalari jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazish uchun yetib kelgan. To‘rt bola shamol “qal’a”ni havoga uloqtirgandan keyin yiqilib, halok bo‘lgan. Beshinchisi esa shifoxonada jon bergan. Qolgan to‘rt nafar o‘quvchi hozirda shifoxonada davolanmoqda.

@jalolmurad • Manba
1.6K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:08:01
Yaqin kelajakda dunyoda global urush yuz berishi bashorat qilindi

Amerikalik xavfsizlik bo‘yicha ekspert Endryu Mishta yaqin besh yil ichida buyuk davlatlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

Sharh muallifiga ko‘ra, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarshilik xavfi avvalgidan ancha yuqori. Maqolada aytilishicha, qarama-qarshilik, masalan, ikki davlat o‘rtasida Tayvanga egalik qilish bo‘yicha kelishmovchilik tufayli qizg‘in bosqichga kirishi mumkin.

Mishtaning fikricha, boshqa qudratli davlatlar Amerika armiyasining bunday urush formatiga tayyor emasligi sababli AQSHga qarshi chiqishni xohlaydi. Shu bilan birga, Pentagonga Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish uchun taxminan 15 yil kerak bo‘ladi.

Qolaversa, muallifga ko‘ra, bugungi kunda G‘arb Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan migratsiya to‘lqinlari, koronavirus epidemiyasi va “madaniy inqilob” tufayli og‘ir ahvolda. Mutaxassisning fikricha, bu omillarning barchasi AQSHni sezilarli darajada zaiflashtirgan.

@jalolmurad • Manba
1.6K views11:08
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:12:02
O‘zbekistonda inson o‘z organini sotishi mumkinmi?

O‘zbekistonda 500 nafar bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Biroq respublikada inson organlarini ko‘chirib o‘tish — transplantologiya ko‘p yillik muammolardan biri.

Sababi amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu amaliyot faqat yaqin qarindoshlar orasidagina amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi deputatlari inson organlari transplantatsiyasi bo‘yicha amaldagi qarorni isloh qilish maqsadida yangi qonun loyihasini tayyorladi.

Kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, tirik donorlar chegarasi kengaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, murdadan ham inson organi olish kutilmoqda. Qonunchilikdagi yangilik va tartiblar haqida deputat Qizilgul Qosimova “Aksent” loyihasiga byergan intyervyusida batafsil ma'lumot bergan.

@jalolmurad • Manba
1.6K views09:12
Ochish/sharhlash
2021-12-17 11:44:01
Tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlari tunu kun ko‘rsatilishi mumkin

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Qarordagi chora-tadbirlarga muvofiq, 2022-yilda “norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishini oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish” belgilangan.

Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan.

Bunga Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi mas’ul etib ko‘rsatilgan.

@jalolmurad • Manba
1.5K views08:44
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:44:01
«Oʻzbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 soʻmgacha arzonlashtirildi

17-dekabr kunidan boshlab «Oʻzbekneftgaz»ga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida «AI-80» markadagi benzin 6890 soʻmdan arzonlashtirilib, 1 litr yoqilgʻi 6500 soʻm narxida sotuvga chiqarildi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, buning jamiyat raisining topshirigʻiga asosan, «Ishchi guruh"lar tuzilgan va neft mahsulotlarining isteʼmolchilarga yetkazib berilishi toʻliq nazoratga olingan.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida «Oʻzbekneftgaz», Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va «Tovar xomashyo birjasi» hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Respublika hududidagi kompaniyaga tegishli barcha AYoQShlarda benzin arzonlashtirilgan narxda sotilishi taʼminlangani qoʻshimcha qilingan.

@jalolmurad • Manba
1.7K views07:44
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:08:01
“Kamerangni sindirib, qo‘lingga ming dollar beraman”

Toshkent shahridagi maxsus reyd tadbirlari davomida o‘zini xodim deb tanishtirgan fuqaro Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqoratlab, tahdid qildi.

Ma’lum qilinishicha, maxsus reyd tekshiruvlari paytida hujjatlarini tekshirish maqsadida Malibu avtomobili to‘xtatilgan. Haydovchi ayol YPX xodimining murojaatiga javob bermay, hujjatlarini ko‘rsatmagan va telefon orqali tanishlarini chaqirgan.

Qayd etilishicha, haydovchi ortidan yetib kelgan ikki shaxs reydga jalb qilingan xodimlarni haqoratlab, tahdid qila boshlagan. “Yop kamerangni. Yop, deyapman. Hozir kamerangni sindirib tashlayman-da, qo‘lingga ming dollar beraman. Yangisini olasan. Tasvirga olma, xodimman”, — degan ulardan biri.

Ta’kidlanishicha, yordamchi kuchlar kelgandan so‘ng o‘zini xodim deb tanishtirgan shaxs aslida hech qanday xodim emasligi ma’lum bo‘lgan. Haydovchiga tegishli tartibda chora ko‘rilib, avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

@jalolmurad • Manba
1.6K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:23:00
Telefoningiz zaryadi tez tugab qolyaptimi?

Mi Powerbank


Akkumulyator sig’imi 10 000

Bu har qanday zamonaviy smartfonni 3 marta quvatlantirish uchun yetarli

Batareyani to’liq zaryad qilish 4 soat



Tezkor zaryadlaydi

O'zbekiston bo'ylab qo'lingizgacha yetkazib berish mutlaqo bepul!

Mahsulot narxi: 269 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
1.7K views06:23
Ochish/sharhlash
2021-12-17 09:12:01
Tug‘ilish darajasi eng past davlat - Italiya

ISTAT statistikasiga ko‘ra Italiyada 1861-yildan beri tug‘ilish darajasi deyarli o‘smagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada tug'ilish darajasi 2020-yilgacha ketma-ket 12 yil pasayib, 1861-yildan ya’ni 160 yildan beri eng past darajaga yetdi.

ISTAT statistikasi ma’lum qilishicha, 2020-yilda Italiyada tug'ilish 2019-yil darajasiga ko'ra 15 192 taga kamaydi, bir ayolga o'rtacha bolalar soni esa 1,17 ni tashkil etib, dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri hisoblandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2020-yilda Britaniyada tug'ilish koeffitsienti bir ayolga 1,59 bolani tashkil etgan.

@jalolmurad • Manba
1.7K views06:12
Ochish/sharhlash