Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 56

2021-12-18 12:12:01
Xitoyda jamoat joyida raqs tushganlik uchun 3 140 AQSh dollarigacha jarima yozilishi mumkin

Sinxua axborot agentligining xabariga ko‘ra, Xitoyda jamoat joylarida joylashgan raqs maydoni va boshqa tadbirlarda ishtirok etuvchi kishilarga shovqinni bartaraf hamda nazorat etish qonunini buzish aybi bilan jarima yozilishi mumkin.

Ushbu qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlar loyihasiga ko‘ra, qonunni qo‘pol ravishda buzgan, ogohlantirishdan keyin ham qonunbuzarlikni davom ettirgan shaxslarga nisbatan jarima jazosi qo‘llaniladi. Jarima miqdori esa ming yuandan 20 ming yuangacha etib belgilangan (157—3 140 AQSh dollari).

Yuqorida aytib o‘tilgan loyihaga ko‘ra, jamoat joylarida, shu jumladan ko‘chalar, jamoat maydonlari va bog‘lari hududida o‘tkaziluvchi ko‘ngilochar va fitnes-tadbirlari shovqin nazorati qonun-qoidalariga muvofiq ravishda o‘tkazilishi zarur.

Xabar berilishicha, qonun loyihasi Pekinda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi qonunchilik sessiyasida ko‘rib chiqishga beriladi.

@jalolmurad • Manba
2.0K views09:12
Ochish/sharhlash
2021-12-18 11:08:01
O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Bugun, 18-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:42da yer silkinishi qayd etildi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkentdan 150 km janubiy-sharqda, Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan. Zilzila markazida yer silkinigi 4,6 ballni tashkil qilgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi esa Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlari hamda Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududlarida 2-3 ball bo‘lgan.

@jalolmurad • Manba
1.9K views08:08
Ochish/sharhlash
2021-12-18 10:08:01
O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni sezilarli darajada oshdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning 1-dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 832,4 ming chaqaloq dunyoga kelgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64 474 nafarga ko‘p degani.

Statistika qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 30 yilda tug‘ilishlar soni 16,4 foizga oshgan.
Shuningdek, 2021-yilning noyabr oyida respublikamizda jami 79213 ta tug‘ilish holati qayd etilgan.

@jalolmurad • Manba
2.0K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-18 08:08:01 ​​Buxoroda ikki kishining o‘limiga olib kelgan tuproq o‘pirilishining asosiy sabablari ma’lum qilindi

Buxoro viloyati Kogon shahrida 16-noyabr kuni tuproq o‘pirilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati ushbu baxtsiz hodisaning sodir bo‘lishiga olib kelgan asosiy sabablarni ma’lum qildi.

Unda keltirilishcha, “61-avtokorxona” MChJ ish beruvchisi Kogon shahar “Do‘stlik” MFY Do‘stlik ko‘chasida joylashgan diametri 1000 millimetrli plastmassa kanalizatsiya quvurlarini rekonstruksiya qilishga ishlarni xavfsiz olib borish yuzasidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda yo‘l-yo‘riqlar olmagan ishchilarni jalb etgan.

Kanalizatsiya quvurlarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish uchun qazilgan o‘ra (bo‘yi 5,0-5,5 metr, eni 5-6 metr atrofida) devori qulab tushmasligi uchun keltirib qo‘yilgan kattaligi 2,6 x 4,6 hajmdagi 2 ta temir panjara o‘rnatilmagan.

Vaziyat sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanib, mazkur baxtsiz hodisa mehnat faoliyati bilan bog‘liq deb topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-modda (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish), 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu qismga ko‘ra, ayblanuvchi muayyan huquqdan mahrum qilinib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

@jalolmurad • Manba
2.1K views05:08
Ochish/sharhlash
2021-12-18 06:08:02
Markaziy bank yangi namunadagi 50 ming soʻmlikda xato borligini tan oldi

Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan 2021-yil 15-dekabr kuni yangi dizayndagi 50 ming soʻmlik va 100 ming soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi hamda ularning koʻrinishi toʻgʻrisida maʼlumot berilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 50 ming soʻmlik banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb yozilganligi bildirildi.

Markaziy bankning qayd etishicha, mutaxassislar qayta oʻrganishi natijasida haqiqatdan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligi maʼlum boʻlgan. 

Markaziy bank matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga maʼlum qilishicha, ushbu yangi koʻrinishdagi pullar emissiya qilinmagan. Hozirda banknota namunalaridagi xatoliklar bartaraf etilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.1K views03:08
Ochish/sharhlash
2021-12-18 04:08:01
TikTok video algoritmini o‘zgartiradi

TikTok o‘z algoritmlarini o‘zgartirishga qaror qildi. Endi foydalanuvchiga bir xil mazmundagi videolar tavsiya etilmaydi. Qayd etilishicha, TikTok foydalanuvchilarning sog‘lig‘iga zarar yetkazmaslik uchun video tavsiya qilish algoritmini o‘zgartirishga qaror qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 16-dekabr kuni TikTok bir xil mavzuda (masalan, haddan tashqari diyeta, tushkunlik yoki ajralish kabi) video tavsiya qilib, foydalanuvchilarning ruhiy holatiga ziyon yetkazmaslik uchun bir xil kontent tarqatmaslik usullarini sinovdan o‘tkazishni boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, TikTok foydalanuvchilarga o‘zlari xohlagan yoki ko‘rmoqchi bo‘lmagan videolarni tanlashda ko‘proq imkon beradigan yangi algoritm ishlab chiqayotganini qayd etgan. Tarmoq, shuningdek, kalit so‘zlar yoki xeshteglar orqali nomuvofiq kontent video oqimida paydo bo‘lmasligi uchun keraksiz mavzularni belgilash imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirish ustida ishlamoqda.

@jalolmurad • Manba
62 views01:08
Ochish/sharhlash
2021-12-17 20:24:33 #ShortStory

Bir insonni tugʻilgandan koʻzi yopiq boʻlgan ekan. Keyin bir kun birdan koʻzi ochilibdiyu, xoʻrozni kallasiga koʻzi tushibdi va yana koʻzi ojiz boʻlib qolibdi. Endi u qayerga borsa xoʻrozni kallasini gapiraverarkan.

Bir kun bir odamni joniga tegibdi. "Menga qarang" debdi, "siz qayerga borsangiz hadeb xoʻrozni kallasini gapiraverasiz, axir bu dunyoda xoʻrozni kallasidan boshqa narsalar ham borku, oy bor, quyosh bor, yulduzlar bor" desa, u inson oʻylanib turib "Quyosh deganingiz xoʻrozni kallasini qayeriga oʻxshaydi" deyar emish.

Xulosa: Har kimda - oʻzi koʻrgan, kechirgan, eshitganlaridan kelib chiqib dunyoqarash shakllanadi.

Oʻzingizni dunyo qarashi keng inson deb hisoblaysizmi?

@jalolmurad - Yoshlar biz bilan
1.1K views17:24
Ochish/sharhlash
2021-12-17 19:08:01
Qirg‘iz-tojik chegarasida otishma sodir bo‘lgani aytildi

Qirg‘iz-tojik chegarasida qurol ishlatish bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘ldi. Maʼlum boʻlishicha, Qirg‘iziston fuqarolari Botken viloyatining Botken tumani, Kocho-Boyu hududida qurilish ishlarini olib borgan.

Voqea joyiga Tojikiston chegarachilari yetib kelgan va qurilishni to‘xtatishni talab qila boshlagan. Og‘zaki tortishuv janjalga aylanib ketgan. Janjal chog‘ida tojikistonlik harbiylardan biri “Makarov” to‘pponchasi bilan havoga to‘rt marta o‘q uzgan.

Aniqlik kiritilishicha, Tojikiston vakili mojaroga yo‘l qo‘ygan harbiylarga nisbatan chora ko‘rilishini va’da qilgan. Tomonlar bir tomonlama tergov o‘tkazishga va natijalarni sarhisob qilish uchun uchrashishga kelishib olgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hududiga aylanib bormoqda.

@jalolmurad • Manba
1.5K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-12-17 18:44:01
Shimoliy Koreyada kulish taqiqlandi

Shimoliy koreyaliklarga sobiq Prezident Kim Chen Ir vafotining 10 yilligi munosabati bilan 11 kun davomida kulish va spirtli ichimlik ichish taqiqlandi. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, hukumat rasmiylari Shimoliy Koreyada sobiq Prezidentning o‘limini xotirlash paytida jamoatchilikka hech qanday baxt belgisini ko‘rsatmaslikni buyurgan.

Qayd etish joizki, Kim Chen Ir Shimoliy Koreyani 1994 yildan 2011 yilgacha (vafotigacha) boshqargan, so‘ngra uning o‘rniga uchinchi va kenja o‘g‘li, hozirgi yetakchi Kim Chen In kelgan.

Endilikda, uning o‘limidan o‘n yil o‘tib, shimoliy koreyaliklar 11 kunlik motam e’lon qilishga majbur bo‘lib, ularga kulish va spirtli ichimliklar ichish taqiqlangan.

@jalolmurad • Manba
1.4K views15:44
Ochish/sharhlash
2021-12-17 18:08:01
Yer yorilib, ikkita uyni yutib yubordi

Ekvadorning Saruma shahrida yer yuzasida ulkan yoriq paydo bo‘ldi. Madaniy meros ob’yekti sifatida tasniflangan ikkita uy tubsizlikka qulab tushdi. Bu haqda Yesoreiter.ru ma’lum qilmoqda.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar va boshqa favqulodda xizmat xodimlari yetib borib, yaqin atrofdagi binolardagi aholini evakuatsiya qilishgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Qulash videosi Twitterda e’lon qilingan.

Sarumaliklar bu hududda noqonuniy kon qazib olish ularning hayotini xavf ostiga qo‘yayotganini da’vo qilmoqda. Shunga o‘xshash hodisalar 2017 yilda ham sodir bo‘lgan, o‘shanda maktabni yer yutib yuborgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni binolardan 300 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.

@jalolmurad • Manba
1.4K views15:08
Ochish/sharhlash