Get Mystery Box with random crypto!

Yaqin kelajakda dunyoda global urush yuz berishi bashorat qili | Jalol Murad

Yaqin kelajakda dunyoda global urush yuz berishi bashorat qilindi

Amerikalik xavfsizlik bo‘yicha ekspert Endryu Mishta yaqin besh yil ichida buyuk davlatlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.

Sharh muallifiga ko‘ra, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi qarshilik xavfi avvalgidan ancha yuqori. Maqolada aytilishicha, qarama-qarshilik, masalan, ikki davlat o‘rtasida Tayvanga egalik qilish bo‘yicha kelishmovchilik tufayli qizg‘in bosqichga kirishi mumkin.

Mishtaning fikricha, boshqa qudratli davlatlar Amerika armiyasining bunday urush formatiga tayyor emasligi sababli AQSHga qarshi chiqishni xohlaydi. Shu bilan birga, Pentagonga Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish uchun taxminan 15 yil kerak bo‘ladi.

Qolaversa, muallifga ko‘ra, bugungi kunda G‘arb Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan migratsiya to‘lqinlari, koronavirus epidemiyasi va “madaniy inqilob” tufayli og‘ir ahvolda. Mutaxassisning fikricha, bu omillarning barchasi AQSHni sezilarli darajada zaiflashtirgan.

@jalolmurad • Manba