Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 55

2021-12-19 10:08:01
Filippinda dahshatli falokat sabab kamida 75 kishi qurbon bo‘ldi

Filippindagi kuchli «Rai» to‘foni sababli kamida 75 kishi qurboni bo‘ldi, yana 300 ming kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.

Bu haqda hukumat ma’lumotlariga tayanib, Channel New Asia xabar bermoqda.

Boxol provinsiyasi gubernatori Artur Yap Facebook’da 49 kishi halok bo‘lgani, yana 10 kishi bedarak yo‘qolgani, 13 kishi yaralangani haqida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ko‘plab viloyatlarda aloqa yo‘qligi sababli 48 hokimdan atigi 21 nafari unga hisobot bergan.

Shamol tezligi soatiga 195 kilometrga yetgan.

Rasmiylar jabrlangan hududlarga harbiylar, politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va qirg‘oq qo‘riqlash xodimlarini jo‘natmoqda. Filippin harbiy-dengiz kuchlarining kemasi insonparvarlik yordami bilan orolga yo‘l olgan.

@jalolmurad • Manba
1.8K views07:08
Ochish/sharhlash
2021-12-19 09:24:30
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, Prezident kuni kecha, ya’ni, 2021-yil 18-dekabr kuni Korea Respublikasiga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

@jalolmurad • Manba
1.8K views06:24
Ochish/sharhlash
2021-12-19 08:12:30
“Buxoroda 2026-yilga qadar sayyohlar soni besh milliondan oshadi” — Botir Zaripov

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 44-sessiyasida viloyat hokimi Botir Zaripov 2022–2026-yillarda viloyatning turizm sohasidagi rejalari to‘g‘risida to‘xtalar ekan, viloyatda sayyohlar sonining 5 milliondan oshishi kutilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Bugun tarixiy shahrimizga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlar sonining oshayotganini kuzatib, 2026-yilga qadar ular soni besh milliondan oshadi, deya olaman. Sayyohlarning viloyatda bo‘lish muddatlarini uzaytirish maqsadida 60 ta yangi turistik yo‘nalishlar tashkil qilinadi. Shuningdek, viloyatning turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tumanlar, jumladan, Kogon, Romitan, G‘ijduvon, Vobkent va boshqa tumanlarida 7 ta ‘turizm mahallasi’, ‘turizm qishlog‘i’ hamda ‘turizm ko‘chasi’ tashkil etiladi”, – dedi Botir Zaripov.

@jalolmurad • Manba
2.1K views05:12
Ochish/sharhlash
2021-12-19 06:06:42
Kobulda magnit minasi bilan mashina portlatildi

Kobulda ostiga magnit minasi o‘rnatilgan mashina portlagan. Bu haqda Aamaj News xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, Afg‘oniston poytaxtining Barki chorrahasida Toyota Corolla avtomashinasi magnit minasi orqali portlatilgan.

Portlash oqibatida bir odam halok bo‘lgan, yana uch nafar fuqaro jarohatlangan.

@jalolmurad • Manba
2.3K viewsedited  03:06
Ochish/sharhlash
2021-12-18 19:40:56
The Haqiqat

@jalolmurad • Manba
1.5K views16:40
Ochish/sharhlash
2021-12-18 19:08:01
“Pulingni beraman, ‘bez ochered’ yuvasan”. Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi va avtomobil yuvish shoxobchasi ishchisi o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqda YPX xodimi va avtotransport vositalarini yuvish shoxobchasi ishchi xodimi o‘rtasida tortishuv aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yil 16-dekabr kuni soat 17:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX xodimi A.Atao‘bayev hamda Chimboy tumanida joylashgan avtotransport vositalarini yuvish shoxobchasi ishchi xodimi o‘rtasida tortishuvli vaziyat aks etgan videolavha bo‘yicha Qoraqalpog‘iston IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlandi.

@jalolmurad • Manba
1.8K views16:08
Ochish/sharhlash
2021-12-18 18:42:01
Odil Ahmedov futbolchilik faoliyati yakunlanganini e'lon qildi

O‘zbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biri, uzoq yillar davomida milliy terma jamoada o‘yinlar o‘tkazgan Odil Ahmedov futbolchilik faoliyati yakunlanganini e'lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ahmedov milliy jamoada uzoq vaqt faoliyat olib borgan. 2007 yilda Odil milliy terma jamoa safida debyut qilgan. O‘shandan beri 108 ta o‘yin o‘tkazdi va 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 4 ta Jahon chempionati saralashida qatnashdi, 3 bor Osiyo kubogida ishtirok etdi va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

@jalolmurad • Manba
1.5K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-12-18 17:08:01
Qirgʻiziston prezidenti futzal turnirida toʻpurar boʻldi

17-dekabr kuni Bishkekda Qirgʻiziston futbolining 100 yilligiga bagʻishlangan futzal boʻyicha oʻrtoqlik turniri boʻlib oʻtdi. Turnirda davlat rahbari Sadir Japarov Prezident administratsiyasi jamoasi safida ishtirok etdi.

Turnirda esda qolarli voqea — xonandalardan iborat jamoa darvozaboni prezidentning boshiga zarba bergani va penalti belgilangani boʻldi. Prezident penaltini golga aylantirdi. Sadir Japarov dastlabki ikki oʻyinda 5 ta gol urdi va ikki oʻyindan keyin toʻpurarga aylandi. Uchinchi oʻrin uchun bahsda esa yana 4 ta gol urib, turnir toʻpurari boʻldi.

@jalolmurad • Manba
1.8K views14:08
Ochish/sharhlash
2021-12-18 14:12:01
Moskvada pichoqlangan o‘zbekistonlik stomatolog vafot etdi

O‘tgan haftada Moskvaning “Южное Медведково” tumanida o‘zi davolagan bemor tomonidan pichoqlangan 41 yoshli stomatolog Jamol Odilov kasalxonada vafot etdi.

13-dekabr kuni 60 yashar bemor shifoxonaga kirib kelib, tishlarini davolagan shifokorning ishidan qoniqmaganini iddao qilgan va unga pichoq bilan hujum qilib, jarohat yetkazgan. Ko‘p qon yo‘qotgan bemor kasalxonaga yotqizilganiga qaramay, 17-dekabr kuni olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi.

Moskva prokuraturasi stomatologni pichoqlagan shaxs – 1961-yilda tug‘ilgan Murad Oganesyan qamoqqa olinib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

@jalolmurad • Manba
2.1K views11:12
Ochish/sharhlash
2021-12-18 13:08:01 ​​Toshkentda maoshlari kechiktirilgan obodonlashtirish xodimlari hokimlik binosida to‘planishdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga maosh to‘lash kechiktirilayotganligi sabab tuman hokimiyati binosi oldida to‘planishgani haqida xabarlar tarqaldi.

Chilonzor tumani hokimi Shavkat Mavlonov Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarining maoshi masalasiga bildirilgan e’tirozlar sabab ular bilan uchrashdi. Muloqot jarayonida ishchi xodimlarning dekabr oyi avans maoshlari kechiktirilayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Tuman moliya bo‘limi tomonidan bildirilgan izohga ko‘ra, Moliya vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan 1-darajali maosh oylik to‘lovlari har oyning 20-sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirilishi kerakligiga qaramay, tuman Moliya bo‘limi obodonlashtirish ishchi xodimlarga tegishli mablag‘lar “Ipoteka” banki Chilonzor filialiga o‘tkazilgan va xodimlarning plastik kartalariga soat 12:00da o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari, tuman hokimi tomonidan boshqarma xodimlarini kiyinish xonasi bilan ta’minlash, ularning faoliyatiga aloqador avtoulov masalasini o‘rganib chiqib, yechimi borasida taklif kiritish hamda ish mehnatiga qo‘llaniladigan yagona tarif 3-razryad bo‘yicha berilayotgan maoshni qayta hisoblash, moddiy rag‘batlantirish, maxsus rag‘batlantirish fondi hisobidan takliflarini ishlab chiqish masalalari ham ko‘rib chiqildi va tegishlicha topshiriqlar berildi.

@jalolmurad • Manba
1.9K views10:08
Ochish/sharhlash