Get Mystery Box with random crypto!

«Oʻzbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 soʻmgacha | Jalol Murad

«Oʻzbekneftgaz» shoxobchalarida «AI-80» benzini 6500 soʻmgacha arzonlashtirildi

17-dekabr kunidan boshlab «Oʻzbekneftgaz»ga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida «AI-80» markadagi benzin 6890 soʻmdan arzonlashtirilib, 1 litr yoqilgʻi 6500 soʻm narxida sotuvga chiqarildi.

Kompaniya xabarida aytilishicha, buning jamiyat raisining topshirigʻiga asosan, «Ishchi guruh"lar tuzilgan va neft mahsulotlarining isteʼmolchilarga yetkazib berilishi toʻliq nazoratga olingan.

Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida «Oʻzbekneftgaz», Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va «Tovar xomashyo birjasi» hamkorligida chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Respublika hududidagi kompaniyaga tegishli barcha AYoQShlarda benzin arzonlashtirilgan narxda sotilishi taʼminlangani qoʻshimcha qilingan.

@jalolmurad • Manba