Get Mystery Box with random crypto!

Tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlari tunu kun ko‘rsa | Jalol Murad

Tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlari tunu kun ko‘rsatilishi mumkin

Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Qarordagi chora-tadbirlarga muvofiq, 2022-yilda “norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishini oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish” belgilangan.

Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan.

Bunga Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi mas’ul etib ko‘rsatilgan.

@jalolmurad • Manba