Get Mystery Box with random crypto!

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sod | Jalol Murad

5 yilda 14 mingdan ortiq mansabdor korrupsiyaviy jinoyatni sodir etgan — Ruslanbek Davletov

Bu haqda adliya vaziri Ruslanbek Davletov poytaxtda oʻtkazilgan konferentsiyada maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, shundan 160 nafardan ortigʻi respublika, 1 ming 270 nafardan koʻprogʻi viloyat hamda 13 ming nafardan oshigʻi tuman miqyosidagi mansabdor shaxslarni tashkil etgan.

«Nazorat-tekshiruv sohasi hali hamon islohotga muhtoj. Bugungi kunda respublikadagi turli davlat boshqaruv organlari tarkibidagi 50 dan ortiq nazorat-tekshiruv idoralarini nazarda tutayapmiz. Ularning 10 dan ortigʻi oʻzlari tekshirishi kerak boʻlgan vazirlik va idoralarga boʻysunadi. Bir idorada ham tekshiruvchi, ham tekshiriluvchi boʻlsa, bu yerda manfaatlar toʻqnashuvi ortidan qandaydir qonun buzilish holatlari kelib chiqadi», — degan Ruslanbek Davletov.

@jalolmurad • Manba