Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda inson o‘z organini sotishi mumkinmi? O‘zbekisto | Jalol Murad

O‘zbekistonda inson o‘z organini sotishi mumkinmi?

O‘zbekistonda 500 nafar bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Biroq respublikada inson organlarini ko‘chirib o‘tish — transplantologiya ko‘p yillik muammolardan biri.

Sababi amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bu amaliyot faqat yaqin qarindoshlar orasidagina amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi deputatlari inson organlari transplantatsiyasi bo‘yicha amaldagi qarorni isloh qilish maqsadida yangi qonun loyihasini tayyorladi.

Kiritilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, tirik donorlar chegarasi kengaytirilishi mumkin. Shu bilan birga, murdadan ham inson organi olish kutilmoqda. Qonunchilikdagi yangilik va tartiblar haqida deputat Qizilgul Qosimova “Aksent” loyihasiga byergan intyervyusida batafsil ma'lumot bergan.

@jalolmurad • Manba