Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 59

2021-12-15 15:12:01
Qozog‘istonda aeroportga bomba o‘rnatilgani aytildi

Qozog‘istondagi Chimkent aeroportining elektron pochtasiga 15 dekabr kuni aeroport binosiga bomba o‘rnatilgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar byerdi.

Ma'lum qilinishicha, mazkur xabar soat 02:00 (Toshkent vaqti bilan 01:00)da kelib tushgan. Holat yuzasidan barcha xizmatchilar xabardor qilingan. Politsiya va shahar Milliy xavfsizlik qo‘mitasi aeroport xizmatlari bilan birgalikda maxsus tadbirlar o‘tkazgan. Ta'kidlanishicha, aeroport tyerminalidan odamlar evakuatsiya qilingan.

“Mazkur holat Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 273-moddasi ‘Tyerrorchilik akti to‘g‘risida bila turib yolg‘on xabar byerish’ bilan tyergovga qadar tyergovning yagona reestriga qayd etilgan”, deyiladi mamlakatning Transport politsiya boshqarmasi xabarida.

@jalolmurad • Manba
2.1K views12:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 14:12:01
“Qurilishlarda qo‘shib yozishlar sabab 92 milliard so‘m davlat mablag‘i o‘zlashtirib yuborilgan” – Senat

2021 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistondagi qurilish-ta’mirlash ishlarida davlat budjeti mablag‘larini qo‘shib yozishlar orqali o‘zlashtirish o‘tgan yilga nisbatan 16 barobarga ortgan. Bu haqda Senatning 15 dekabrdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yanvar-sentyabr oylarida ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish-ta’mirlash jarayonlarida budjet mablag‘idan 92 mlrd so‘m qo‘shib yozishlar aniqlangan.

@jalolmurad • Manba
1.9K views11:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 13:12:01
Farg‘onada Cobalt bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi mashina ichida yonib ketdi

Ma’lum qilinishicha, 14-dekabr kuni soat 19:30 larda fuqaro T.E. (1991-yilda tug‘ilgan) Damas avtomashinasini Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy ko‘chasida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan N.S. (2000-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashib ketgan.

YTH natijasida har ikki avtomashinada yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida Damas haydovchisi R.X. mashina ichida yonib ketib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.0K views10:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 12:12:01
Qashqadaryodagi qishloq hududida yer tagidan chiqayotgan tutun yuzasidan izoh berildi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ushbu holat yuzasidan dastlabki oʻrganish natijalarini maʼlum qildi.

Oʻrganish jarayonida taxminan 0,10 ga yer maydon avval yonib oʻchganligi va hozirda kunda taxminan 0,01 ga yer maydoni ustidan tutun chiqib, atrofga badboʻy hid tarqalayotganligi kuzatilgan.

«Oʻrganish davomida ushbu qishloqda yashovchi oqsoqollar bu joy taxminan 50−70 yillar oldin chuqurlik boʻlib, qamishzor boʻlganligi va yillar oʻtib qamishlar ustiga tuproq yopilib ketganligi taʼkidlandi», — deyiladi xabarda.

Dastlabki xulosaga koʻra, «er ostidagi qolib ketgan qamishlar qizishi va chirishi» natijasida ushbu holat yuzaga kelgan.

Hozirda holat yuzasidan geologlar oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

@jalolmurad • Manba
2.0K views09:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 11:12:01
Insoniyat ilk marotaba Quyoshni «ushlab ko‘rdi»

AQShning «Parker Solar Probe» fazoviy apparati ilk marotaba Quyosh atmosferasiga kirdi, deya xabar berdi NASA matbuot xizmati.

Fazoviy qurilma Quyosh atmosferasi yuqori qatlamlari oralab uchib o‘tib, zarralar va magnit maydonlari namunalarini to‘plagan.

Mavzu doirasida: Hech qachon bunchalik yaqin bo‘lganmas: NASA zondi Quyoshga yetay deb qoldi

NASA ta’kidlashicha, ushbu voqea Quyoshni o‘rganishlar tarixida ulkan sakrashdir. Quyosh tashkil topgan moddaga «teginish» bizga eng yaqin yulduz va uning Quyosh tizimiga ta’siri haqida olimlarga muhim ma’lumot beradi, deyiladi fazoviy agentlik xabarida.

@jalolmurad • Manba
2.0K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 10:14:01
O‘zbekistonliklarning Umra safari tiklanishi kutilyapti

Joriy yilning 1-9 dekabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiq Toshboyev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistonida Umra ziyoratini tashkil qilish bo‘yicha xizmat safarida bo‘ldi.

Delegatsiya butun dunyoda qo‘llanilayotgan karantin cheklovlari sharoitida Umra safarini tashkil qilish bo‘yicha Podshohlik muassasalari bilan muzokaralar olib bordi.

Karantin tartiblariga muvofiq mehmonxonalarda ziyoratchilarning xonalarga, avtobuslarda o‘rindiqlarga joylashtirishda oraliq masofa hisobiga 50 foizgacha qisqartirilish, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlangan holda tarqatish, o‘rnatilgan boshqa karantin tartib-qoidalarga rioya etish unchalik katta bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha mablag‘larni talab etishi mumkin.

Umra ziyoratlari muddatlari, qo‘shimcha to‘lov miqdori, vaksinatsiya to‘g‘risidagi ma’lumotlar tez orada ma’lum qilinishi aytilgan.

@jalolmurad • Manba
2.1K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-12-15 08:12:01
Banklarda dollar kursi rekord darajada ko‘tarildi

Bugun, 15-dekabrdan O‘zbekistondagi tijorat banklarida AQSh dollarining sotuv kursi 10 900 so‘mgacha ko‘tarildi.

Shu tarzda O‘zbekistonda dollarning sotuv kursi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Ma’lumot uchun, tijorat banklari AQSh dollarini 10 830-10 840 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank tomonidan belgilangan dollarning rasmiy kursi 15 dekabrdan 10 845 so‘m etib belgilangandi.

@jalolmurad • Manba
2.3K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 04:12:01
Tashkent City yaqinida Orlando yonib ketdi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Orlando avtomobilining dvigatel qismida yong‘in chiqdi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 14-dekabr kuni soat 19:25 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasida haydovchi Sh.A. (1981-yilda tug‘ilgan) Orlando avtomobilida harakatlanayotib Hilton mehmonxonasi ro‘parasiga yetgan vaqtda, transport vositasining dvigatel qismida qisqa tutashuv va uning ortidan yong‘in yuzaga kelgan.

Haydovchi zudlik bilan to‘xtagan. O‘zi va salonda bo‘lgan yo‘lovchilar ham tezkorlik bilan avtomobildan tushgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Ushbu hodisa yuzasidan Shayxontohur tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.7K views01:12
Ochish/sharhlash
2021-12-14 21:42:59
Andijonda qizining nomusiga tegib, unga uylanmagan yigitni bo‘g‘ib o‘ldirgan otaga sud hukmi o‘qildi

Qizning nomusi toptalganidan xabar topgan oila vakillari to‘yni tezlatishga harakat qiladi. Biroq yigit agar uy va mashina olib berishmasa, qizga uylanmasligini aytib, bir nechta shartlarni qo‘yadi.

@jalolmurad • Manba
1.2K views18:42
Ochish/sharhlash
2021-12-14 20:12:01
Rus roboti Abu-Dabida politsiyada ish boshladi

Promobot kompaniyasining qurilmasi bir yil davomida sinov muddati o‘tadi hamda Abu-Dabida huquq-targ‘ibot organlariga qabul qilindi. Rahbiriyat robotni infrastrukturaga qo‘shish hamda BAAning boshqa hududlarida ham ko‘paytirishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, yangi xizmatchi yaxshi yordamchi chiqqan. Uning xizmat vazifasiga obyektni aylanish, xizmatchilar va tinchlik nazorati, haroratni o‘lchash kiradi. Bundan tashqari, robot pandemiya sharoitida odamlar o‘rtasida oraliqni saqlash shartini ham nazorat qilgan.

Qurilma ingliz va arab tillarida so‘zlay oladi, u yuzni tanish xususiyatiga ham ega.

@jalolmurad • Manba
1.6K views17:12
Ochish/sharhlash