Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.28K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 69

2021-11-21 09:13:02
Namanganda fuqaro suv uchun tanishini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida ikki kishining suv ustida boshlangan mushtlashuvi ulardan birining o‘limi bilan yakulandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Davlatobod tumani “Yuksalish MFY hududida “Namangan parranda sanoat” MCHJga qarashli bog‘iga suv qo'yish maqsadida borgan va soat 21:00 lar atrofida o‘sha yerda yoshovchi tanishi bog‘iga yo‘naltirilgan suvni to‘sib olganidan g‘azablanib, ikkisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgan.

@jalolmurad • Manba
5.0K views06:13
Ochish/sharhlash
2021-11-21 08:26:02
Sirdaryodagi YTHda Nexia haydovchisi bilan yonib ketdi

Nexia va "Zil" yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Yong‘in natijasida Nexia avtomobili haydovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

@jalolmurad • Manba
4.8K views05:26
Ochish/sharhlash
2021-11-20 19:26:36
Tezkor Qoʻqonda yana bir fojia

Kuni kecha Qo‘qon shahar Dang‘ara tumanida yashovchi 16.11.2021 sanada yana bir yosh o‘spirin 1Xbet qurboni bo‘ldi. Endigina 25 yoshni qarshi olgan yigit 16 million so‘m uchun o‘z joniga qasd qildi.

Qancha yostiqlarni qurtdi bu balo? U ishxonasi puli bo‘lgan ekan, onaizor qo‘y siqilma bolam pulni topamiz desa ham bola shok holatda o‘zini osib omonat joniga o‘zi qasd qilgan.

Bu yoʻlning oxiri yoʻq, yutsangiz ham yutqazasiz - yutqazsangiz ham yutqazasiz.

@jalolmurad
3.6K viewsedited  16:26
Ochish/sharhlash
2021-11-20 18:58:28
Ijtimoiy tarmoqlar bloklanishiga qarshi murojaat rad etildi

Mening fikrim portali internet platformalari bloklanishiga sabab bo‘layotgan moddani bekor qilish haqidagi murojaatni ko‘rib chiqib, uni ovozga qo‘yishni rad etdi.

Ma'lum qilinishicha, kuchga kirganiga 1 yil bo‘lmagan qoidalarni bekor qilish haqidagi takliflar qabul qilinmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ham bir erkinlik, siz ushbu erkinligingizdan mahrum qilayotganlar faoliyatidan rozimisiz?

@jalolmurad
3.4K views15:58
Ochish/sharhlash
2021-11-20 16:12:51
Tabiiy gazga cheklov «zapravka»da navbat

Farg‘onadagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stantsiyalarida ulkan navbatlar hosil bo‘la boshlagan. Bunga AGTKSlarga kuzgi-qishki mavsum munosabati bilan joriy etilgan cheklov sabab bo‘lmoqda.

@jalolmurad
4.5K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-11-20 11:14:15
Yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari reytingi e'lon qilindi

Amerikaning mashhur Consumer Repors jurnali eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillarning navbatdagi reytingini e'lon qildi.

Reytingda o‘ntalikdan to‘qqiztasini Yaponiya va Koreya brendlari — Toyota, Lexus, Mazda, Honda, Subaru, Kia avtomobillari egallagan. Reytingning eng yuqori pog‘onasida Lexus GX yo‘ltanlamasi turibdi.

@jalolmurad
5.4K views08:14
Ochish/sharhlash
2021-11-20 10:40:03
Rossiyada Xitoy fuqarosiga hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi sud hukmi bilan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Novosibirsk sudi xitoylikka hujum qilgan olti nafar O‘zbekiston fuqarosini Jinoyat kodeksining 162-moddasi 4-qismi va 105-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topgan.

Sud qarori bilan besh nafar o‘zbekistonlikka 8 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlangan. Qotillik ayblovi qo‘yilgan oltinchi erkakka 16 yil qamoq jazosi tayinlangan. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aybdorlar 24-iyul kuni issiqxona hududida ikki nafar Xitoy fuqarosiga hujum qilgan va ularga 1,3 mln rubl zarar yetkazgan. Keyinroq, 29-avgust kuni qonunbuzarlar Xitoyning olti nafar fuqarosiga hujum qilib, 400 ming rubl zarar yetkazgan. Bundan tashqari, xitoyliklardan biri vafot etgan.

@jalolmurad
5.3K views07:40
Ochish/sharhlash
2021-11-19 19:20:00
Endi O‘zbekistonda maktabda olingan yakuniy baholar OTMga kirishda hisobga olinadi

2022/2023-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta'limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi kiritiladi va ushbu ko‘rsatkich 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

@jalolmurad
3.1K views16:20
Ochish/sharhlash
2021-11-19 07:32:02
Fargʻonada qariyb 58 million soʻmlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi aniqlandi

Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

@jalolmurad
6.0K views04:32
Ochish/sharhlash
2021-11-18 20:52:50
57 million so‘mni 1xbet'da yutqazib qo‘ygan FarDU o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida R.B. Farg‘ona Davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgani, «1xbet” bukmeykerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘ynashi, 2021-yil 16-noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan mazkur qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57 million so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olgani va «1xbet» o‘yinlarida mazkur pullarni yutqazib qo‘ygani aniqlangan.

Bu yoʻlning oxiri yoʻq, yutsangiz ham yutqazasiz - yutqazsangiz ham yutqazasiz.

Barcha tanishlaringizga postni ulashing! Xulosa qilishsin, bu yoʻlga kirishmasin! Kirishgan boʻlsalar siz tufayli hozir chiqishsin!

@jalolmurad
8.3K viewsedited  17:52
Ochish/sharhlash