Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 54

2021-12-20 06:52:40
UzAuto Motors 4ta avtomobilni sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi

UzAuto Motors kompaniyasi 2022 yil 1 fevralga qadar “Neksiya”, “Spark”, “Kobalt”, “Lasetti” avtomobillarini sotish bo‘yicha yangi arizalar qabul qilishni to‘xtatdi.

Bildirishicha, kompaniya oktyabr, noyabr va dekabr oylarida shartnoma majburiyatlarini sifat jihatidan yo‘qotmasdan bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan. Ma’lum qilinishicha, aynan shu maqsadda zavod belgilangan muddatda ishlaydi.

@jalolmurad • Manba
2.2K views03:52
Ochish/sharhlash
2021-12-19 19:42:01
Angrenda ikki yuk poyezdi toʻqnashdi

19-dekabr kuni soat 05:03 da Toshkent viloyatidagi «Oʻzbekkoʻmir» kompaniyasiga qarashli Angren koʻmir razrezi hududida ikkita elektrovoz toʻqnashib ketdi. Buni FVV tasdiqladi.

Taʼkidlanishicha, tormoz tizimidan siqilgan havo sizib chiqishi sababli 010-raqamli elektrovoz yurib ketgan va harakatlanayotgan 017-poyezd bilan toʻqnashgan. Oqibatda 20 ta vagon — birinchi poyezdning koʻmir ortilgan 14 ta va ikkinchi poyezdning 6 ta boʻsh vagonlari relsdan chiqib, agʻdarilib ketgan. Ikki poyezdda jami 33 ta vagon boʻlgan.

Hodisa oqibatida 010-poyezd mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

@jalolmurad • Manba
1.5K views16:42
Ochish/sharhlash
2021-12-19 18:08:01
Siz kutgan video Youtube kanalimizda
1.8K views15:08
Ochish/sharhlash
2021-12-19 17:12:01
Samarqanddagi oshxonada gaz balloni portladi. 10 kishi jarohatlangan

Bugun, 19 dekabr kuni soat 14:20 da Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani “Navro‘z” MFYda joylashgan “Lazzat” oshxonasida portlash sodir bo‘ldi. Voqea joyida 2 ta propan gaz balloni bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Chaqnash natijasida oshxonaning taxminan 40 kv.m. maydonida shift qismi va jihozlar yongan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, 10 nafar fuqaro tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga olib borilgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:23da hodisa joyiga yetib borib, 14:29da yong‘in qurshab olingan va soat 14:54da o‘chirilgan.

Voqea joyiga viloyat hamda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar xodimlari, IIB, prokuratura, tibbiyot, gaz xizmatlari xodimlari va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Sodir bo‘lgan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilgan.

@jalolmurad • Manba
2.0K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-12-19 15:08:01
«Arsenal» tarixiy natija qayd etdi

Londonning «Arsenal» jamoasi Angliya premer-ligasining 18-turida «Lids» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi va tarixiy natija qayd etdi.

Kanonirlar «Everton» (7139) va «Liverpul»dan (7069) keyin Angliyaning yuqori ligasida 7000 dan ortiq gol urgan uchinchi klub bo‘ldi.

Ushbu o‘yindan keyin (4:1) Mikel Arteta shogirdlari 32 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Mavsumni yomon boshlagan to‘pchilar mavsum o‘rtasiga yaqinlashganda o‘nglanmoqdalar.

Uchinchi o‘rindagi «Chelsi»da 5 ochko ko‘proq va bitta zaxira o‘yini bor.

@jalolmurad • Manba
2.0K views12:08
Ochish/sharhlash
2021-12-19 14:08:01
Tomorqa yer egalariga kredit ajratiladi

“Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasiga 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi qarz mablag'lari bosqichma-bosqich 4 yillik imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo'naltiriladi.

@jalolmurad • Manba
1.9K views11:08
Ochish/sharhlash
2021-12-19 13:08:01
Samarqand va Qashqadaryoda kuchli shamol, chang bo‘roni kuzatilmoqda

Samarqand viloyatining ayrim hududlarida 19 dekabr kuni kuchli shamol bo‘lib, chang ko‘tarilish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Boshqarma haydovchilar va yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaat qildi. “Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lib, tezlik me'yoriga rioya qilgan holda, oraliq masofani saqlab harakatlanishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Qamashi tumanlarida chang bo‘roni boshlanib, avtomobil yo‘li ko‘rinmay qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinroq kuchli shamol yo‘nalishini Samarqand tomonga o‘zgartirgani xabar qilindi.

Shundan so‘ng YHxBB Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida shamol va uning ortidan chang ko‘tarilishi holatlari to‘xtaganini ma'lum qildi. Ayni vaqtlarda yomg‘irli ob-havo kuzatilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.0K views10:08
Ochish/sharhlash
2021-12-19 12:08:01
Samarqandda 16 yashar qiz bedarak yo‘qoldi

Samarqand shahrida 16 yoshli qiz hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar Qir mahallasi Bog‘imaydon ko‘chasida yashovchi 2005 yil 27 avgust kunida tug‘ilgan, Nixola Baxtiyorovna To‘raqulova joriy yilning 17 oktyabr kuni soat taxminan 19:30 larda hech kimga aytmasdan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Alohida belgilari: bo‘yi taxminan 155-160 sm, ko‘zlari qisiq, qorachadan kelgan, o‘rtacha gavdali, ozg‘in, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda yelkasiga yetmaydi, quloq suprasi o‘rtacha kattalikda, tashqi ko‘rinishida nuqsonlari yo‘q.

Egnidagi kiyimlari: Egnida oq-qora rangli kastyum, oq rangli jemper (vodalazka), qora rangli jinsi shim, oyog‘ida oq rangli krossovka.

@jalolmurad • Manba
1.8K views09:08
Ochish/sharhlash
2021-12-19 11:12:01
Eng zo'r soqol chiqaruvchi vosita — BEARD OIL

100% kafolatga ega

Effekt a'lo darajada

BESOQOLIKKA NUQTA QO'YISH VAQTI KELDI

SOQOL QO'YISH PAYG'AMBARLARDAN MEROS

Siz uchun O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish mutlaqo bepul!

Aksiya narxida: 149 ming so'm

Maxsulot qo'lingizga yetib borganidan keyin to'lovni amalga oshirasiz!
1.8K views08:12
Ochish/sharhlash
2021-12-19 10:44:01
Fuqarolardan ortiqcha soliq undirgani uchun 96 nafar rahbar jazolangani aytildi

Ortiqcha soliqlar yig‘ilishi ortidan soliq organlaridagi 29 nafar rahbarning lavozimi pasaytirilgan, tizimdagi 6 nafar amaldor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

2021 yilning o‘tgan 9 oyi davomida soliq organlari ayrim rahbarlariga nisbatan fuqarolardan ortiqcha soliq undirilgani uchun jazo choralari ko‘rilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev 15 dekabrda o‘tkazilgan Senat majlisida ma’lum qildi.

Qo‘mita mulozimiga ko‘ra, ayrim tuman yoki shaharlarda soliq organlari xodimlari tadbirkorlardan telefon orqali iltimos qilib, budjetga ortiqcha soliq to‘lovlarini tushirish holatlari mavjud.

“Buning uchun 96 nafar rahbar xodimga nisbatan jazo choralari qo‘lladik, 29 nafarining lavozimi 1 pog‘onaga pasaytirildi, 6 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, dedi rais o‘rinbosari.

@jalolmurad • Manba
1.7K views07:44
Ochish/sharhlash