Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 58

2021-12-17 08:08:45
Akbar Joʻrayev jahon chempioni boʻldi

Poytaxtda ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida jahon chempionati oʻtkazilmoqda. 16-dekabr kuni ikki raqobatchi oʻzbekistonlik sportchilar — Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev ishtirok etdi.

Jahon chempionatida -109 kg gacha boʻlgan vazn toifasida ishtirok etayotgan Ruslan Nurudinov dast koʻtarishda 185 kg toshni oʻziga boʻysundirib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Kumush medal armanistonlik Simon Martirosyanga (188 kg) nasib etdi. Akbar Joʻrayev esa 195 kg toshni oʻziga boʻysundirib, oltin medalga ega chiqdi.

Siltab koʻtarishda esa Akbar Joʻrayev 238 kg toshni koʻtardi va 2 tur natijalariga koʻra mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Ruslan Nurudinov 236 kg natija bilan kumushga loyiq koʻrildi. Simon Martirosyan esa 228 kg tosh bilan bronza medaliga ega chiqdi.

Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov jami 6 ta medal sohibiga aylanishdi.

@jalolmurad • Manba
2.2K views05:08
Ochish/sharhlash
2021-12-16 19:56:33
Apple har bir xodimiga uydan ishlash sharoitini yaxshilashi uchun 1000 dollar beradi

Apple bosh direktori Tim Kuk xodimlariga maktub yoʻllab, COVID-19ʻning yangi shtammi tarqalishi sababli ofislarga qaytish nomaʼlum muddatga qoldirilganini maʼlum qildi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Qayd etilishicha, Apple har bir xodimga masofadan turib ishlash uchun uyda kerak boʻladigan jihoz sotib olishga 1000 dollar bonus berishga qaror qilgan.

Xodimlar ofisga qaytganida, chorshanba va juma kunlari uydan ishlashga ruxsat beriladi. Kuk, shuningdek, kompaniya toʻrt hafta oldin ofisga qaytish sanasi haqida xabar berishini vaʼda qilgan.

@jalolmurad • Manba
2.5K views16:56
Ochish/sharhlash
2021-12-16 19:12:01 ​​Farg‘onada to‘lg‘oq tutayotgan ayol tug‘uruqxonaga kiritilmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada to‘lg‘oq tutgan ayol tug‘uruqxonaga kiritilmagani aks etgan video tarqaldi. Videoda ayolning eri va shifokor o‘rtasida baqir-chaqir bo‘lgani aks etgan. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Mabuot kotibi Furqat Sanayev Qalampir.uz’ga izoh berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiysining ta’kidlashicha, aybsizlik prezumpsiyasiga ko‘ra ayni vaqtda hech kimni aybdor deb bo‘lmaydi. Chunki videoda faqat shifokor ayolni olib qolishga uringani, yaqinlari esa olib ketgani aks etgan. Ammo, tibbiyot talabiga ko‘ra, shifokor har qanday vaziyatda ham bemorga tez tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak.

Alohida qayd etish kerakki, janjal yuz bergan vaziyatda homilador ayol to‘lg‘oqdan azoblanayotgan bo‘lgan.

SSV Mabuot kotibiga qo‘ra, ayni vaqtda kamida uch kishidan iborat komissiya tuzilgan va holat batafsil o‘rganilmoqda. Shifokor kamchilikka yo‘l qo‘ygani tasdiqlansa, qonun doirasida chora ko‘riladi.

Ma’lumot o‘rnida, ayol eson-omon farzandini dunyoga keltirgan, ona-bola sog‘-salomat. Ayolning yaqinlari ayni holat bo‘yicha tegishli organlarga murojaat qilishi mumkin.

@jalolmurad • Manba
2.4K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-12-16 17:12:01
Hamshira mahkumni ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIBning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.A. manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum F.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 10 000 AQSh dollari evaziga muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berishga kelishib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@jalolmurad • Manba
2.5K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:28:15
Urganch markazida yangi tunnel foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida viloyat hokimi Farxod Ermanov bunday yerosti avtomobil yoʻli viloyatlar ichida ilk bor Xorazmda bunyod etilgani maʼlum qildi.

Shahardagi eng tirband Al-Xorazmiy va Islom Karimov koʻchalari hududida qurilgan tunnelning uzunligi 500 metr, kengligi 17 metrni tashkil etadi. Loyiha boʻyicha soatiga 3200 ta avtomobilni oʻtkazish quvvatiga ega.

Taʼkidlanishicha, al-Xorazmiy va Islom Karimov koʻchalari shahardagi eng tirband yoʻllardan biri hisoblanadi. Yer osti yoʻli qurilishi natijasida ushbu chorrahadagi tirbandlik bartaraf etildi, YTHlarning oldi olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi taʼminlandi, deyiladi xabarda.

Er osti yoʻli qurilishi bilan birga Qirgʻizyop kanalining shu hududdan oqib oʻtuvchi qismi yangidan betonlashtirilgan. Shuningdek, zamonaviy panjaralar oʻrnatilib, obodonlashtirilgan.

@jalolmurad • Manba
2.4K views12:28
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:12:01
TikTok tarmog‘iga o‘zbek tili qo‘shilishi mumkin

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov bugun TikTok kompaniyasining vise-prezidenti doktor Teo Bertram va kompaniyaning mas’ul xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazibdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

TikTok vakillari kelgusida o‘zbek tilini ham kiritishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

«TikTok — zararli bo‘lsa uni foydali resursga aylantirish lozim. Shu va bunga o‘xshash kompaniyalar faoliyatini cheklash emas, balki ular bilan yaqindan muloqot, hamkorlik o‘rnatgan holda ishlash hamma uchun ko‘proq manfaatli va to‘g‘riroq bo‘ladi», - deb yozadi Komil Allamjonov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021 yil iyun oyidan buyon TikTok bloklangan.

@jalolmurad • Manba
1.8K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 18:44:01
Rossiyada migrantlarga mashina haydash taqiqlandi

Rossiyaning Xanti-Mansilar muxtor okrugi gubernatori Natalya Komarova patent asosida ishlayotgan mehnat muhojirlari uchun bir qancha faoliyat turlarini taqiqladi, deya xabar qilmoqda "Sputnik".

Ma’lum qilinishicha, endilikda hududda patent asosida ishlayotgan xorijliklar taksi, mikroavtobus haydovchisi bo‘la olmaydi, ularning yo‘lovchi tashishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, migrantlar endi bolalar ozuqasini ishlab chiqarish, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanish, shuningdek, oziq-ovqat bilan bog‘liq xizmatlar hamda ta’lim sohasida ishlay olmaydi.

Ta’kidlanishicha, bunday farmonga Xanti-Mansilar muxtor okrugida 2022 yil davomida amal qilinadi. Cheklovlar yuqori malakali mutaxassislarga taalluqli emasligi qayd etilgan.

@jalolmurad • Manba
1.7K views15:44
Ochish/sharhlash
2021-12-15 18:12:01
50 ming va 100 ming soʻmlik yangi banknotalar 22-dekabrdan muomalaga chiqariladi

2021-yilning 22-dekabridan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 50 ming soʻm va 100 ming soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilarini muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) «Buyuk Ipak yoʻli» hamda mamlakat hududidagi Surxondaryo va Xorazm viloyatlarining qadimiy tarixiga bagʻishlangan. Banknotlar himoyalangan qogʻozda chop etilgan boʻlib, old va orqa tomonlari maxsus lak bilan qoplangan.

Ushbu yangi banknotalar 2017-yil namunasidagi 50 ming soʻmlik va 2019-yil namunasidagi 100 ming soʻmlik banknotlar bilan parallel ravishda muomalada boʻladi.

@jalolmurad • Manba
2.2K views15:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:12:01
Termizdagi gumanitar yordam yuk mashinalarda Afgʻonistonga joʻnatildi

BMT qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi (UNHCR) 15-dekabr kuni Termizdan Afgʻonistonga gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalarini joʻnatdi.

Gumanitar yordam yuklari joriy yilning oktabr-noyabr oylarida havo va quruqlik orqali Termizga yetkazilib, «Termez Cargo Centre» terminalida saqlanayotgan edi.

Insonparvarlik yordami UNHCR’ning Surxondaryo viloyatidagi Oʻzbekiston hukumati koʻmagida tashkil etilgan gumanitar markazdan yuklanib, qoʻshni davlatga yuborildi.

Afgʻonistonga yuborilgan dastlabki 40 tonnaga yaqin gumanitar yuk oshxona anjomlari, plastmassa qoplama va boshqa zarur hayotiy narsalardan iborat.

@jalolmurad • Manba
1.9K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-12-15 16:12:01
Xitoy Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi

Xitoy rasmiylari Pekin Olimpiadasi ishtirokchilariga mamlakatda bloklangan ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, Instagram va Twitter’dan foydalanishga ruxsat beradi. Bu haqda TASS agentligi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga tayanib, xabar bermoqda.

Xitoy hududida eng mashhur xorijiy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar: Facebook, Instagram, Twitter, WhatsApp va Telegram’ga kirish bloklangan. Shuningdek, mamlakatda Google qidiruv tizimi ham taqiqlangan deb tasniflanadi.

Ma’lumot uchun, Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

@jalolmurad • Manba
2.0K views13:12
Ochish/sharhlash