Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalar | IT specialist

#operatsion_tizim

Drayverlarni qo‘shimcha dastur va vositalarsiz yangilashga urinamiz

Kompyuteringizni ishchi holatida saqlash uchun qurilmalar (videokarta, taqmoq platasi va boshq.) drayverlarini muntazam yangilab turish tavsiya etiladi.

Buni Windows'ning standart vositalari orqali amalga oshirish mumkin. Drayverlarni yangilash uchun quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

. Tizim parametrlarini oching. Buning uchun Этот компьютер yorlig‘i ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing va ochiluvchi menyudan Свойства bandini tanlang.

. Система oynasida Диспетчер устройств bandini topib murojaat eting.

. Ro‘yxatdan drayveri yangilanishi lozim bo‘lgan qurilmani tanlang. Uning nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va menyudan Обновить драйвер bandini tanlang.

. Автоматический поиск обновленных драйверов'ning ustiga bosing. Agar yangi drayverlar mavjud bo‘lsa, ular avtomatik ravishda o‘rnatiladi.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Windows operatsion tizimi o‘rnatilganidan so‘ng, bajarilishi kerak bo‘lgan 10 ta ish
• Windows 10'da drayverlarning rezerv nusxasini olish va tiklash
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija