Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim #maslahat Windows'da foydalanuvchi profi | IT specialist

#operatsion_tizim #maslahat

Windows'da foydalanuvchi profilini boshqa diskka ko‘chirish

Operatsion tizim o‘rnatilgan diskda odatda nafaqat tizim uchun zarur bo‘lgan fayllar/papkalar, balki undagi foydalanuvchilar profiliga oid papkalar ham joylashgan bo‘ladi. Uning tarkibiga esa quyidagi kataloglar kiradi: Документы (Hujjatlar), Загрузки (Yuklanmalar), Рабочий стол (Ishchi stoli), Видео (Videolar), Музыка (Musiqalar) va boshqalar.

Agar siz ushbu direktoriyalardan faol foydalansangiz-u, tizim o‘rnatilgan disk bejizga tez to‘lishini istamasangiz, u holda foydalanuvchi profiliga oid papkalarni boshqa diskka ko‘chirish uchun zaruriy harakatlar ketma-ketligini taqdim etamiz:

. Profilingizni ko‘chirib o‘tkazmoqchi bo‘lgan joyingizda yangi papkani yarating (CTRL + SHIFT + N).

. C:\Users\Foydalanuvchi_nomi yo‘nalishi bo‘yicha foydalanuvchi profilidagi papkalarga o‘ting.

. “Документы” katalogi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va ochiluvchi menyudan “Свойства”ni tanlang (yoki ushbu papkani tanlab, ALT + ENTER birikmasini bosing).

. Ochilgan muloqot oynasida “Расположение” varaqa (вкладка)siga o‘ting va “Переместить...” tugmasi ustiga bosing.

. 1-banddagi ko‘rsatmaga muvofiq yaratgan direktoriyangiz joylashgan manzilni ko‘rsating.

. “Выбор папки”ni ustiga bosing va fayllar ko‘chirilib o‘tkazilishini kuting.

. Foydalanuvchi profiliga tegishli boshqa papkalar uchun ham yuqoridagi 2-6-bandda keltirilgan harakatlarni takrorlang, tayyor!

Manba: @GooogleTM

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• C diskidagi “Users” papkasidagi foydalanuvchi papkalarini D diskiga mohirona o‘tkazish
• Joy bo‘shatish, tozalash va tezlashtirishga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Ma’lumot izlashga doir mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Operatsion tizim ruknidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija