Get Mystery Box with random crypto!

#word Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi av | IT specialist

#word

Sahifa oxiriga kelib qolgan jadval satrining boshi avvalgi sahifada qolib, davomi keyingi sahifaga o‘tib ketadigan holat uchun yechim

Ko‘p satrli jadvallar bilan ishlashda ko‘pincha yuzaga keluvchi muammolardan biri, bu sahifa oxiriga kelib qolgan satrning bir sahifada boshlanib, sig‘magani uchun keyingi sahifaga o‘tib ketishida kuzatiladi.

Ushbu vaziyat esa ko‘pchiligimiz uchun yoqimsiz, albatta, ayniqsa satrning boshi avvalgi sahifada arzimagan joyni egallab, davomi esa keyingi sahifada ko‘p joyni band etganida... Bu holatda satr mazmunini tushunish uchun u sahifadan bu sahifaga o‘tishga to‘g‘ri keladi.

Ushbu muammoning yechimi esa quyidagicha:

. Jadvalning kerakli satrlari belgilanadi;

. Belgilangan soha ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va ochiluvchi kontekstli menyu ostidagi “Свойства таблицы” bandi tanlanadi;

. Menyu bandida keltirilgan nom ostida ochilgan muloqot oynasida “Строка” varaqasiga o‘tiladi;

. “Параметры” guruhidagi “разрешить перенос строк на следующую страницу” bandi faolsizlantiriladi;

. “OK” tugmasini bosish orqali kiritilgan o‘zgartirish saqlanadi, tayyor!

Ushbu sozlama bilan post ostidagi video ko‘rsatmada batafsil tanishishingiz mumkin .

Manba: @office_killer

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Hujjat sahifasidagi jadvalning so‘nggi satrlarini keyingi sahifaga “majburiy” o‘tkazish sozlamasi
• Word'da jadvallarni birlashtirish
• Jadval chegaralarini tezkor o‘chirish
Ko‘rinmas jadvalni qanday yaratish mumkin?
• Hujjatda turli ko‘rinishdagi chiziqlar va jadvalni tezkor hosil qilish
• Jadval yordamida matnni qanday aylantirish mumkin?
• Agar jadvaldagi satrning balandligi o‘zgarmasa nima qilish lozim?
• Hujjatdagi uzun jadval sarlavhasini boshqa sahifalarda ko‘rsatish
• Jadvalning sahifa boshida kelishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish
• Hujjatdagi jadval sarlavhasini qanday qilib boshqa sahifalarda ko‘rinadigan qilish mumkin?
• Jadvalning satri bo‘yiga kengaymasa nima qilish lozim?
• Jadval kataklarini qanday ikkiga ajratish/birlashtirish mumkin?
• Excel'ning keng jadvallarini Word'ga joylashtirish usuli
• MS Word jadvallarida formulalar bilan ishlash
• Word hujjatiga formula qanday joylashtiriladi?
• Formula to‘g‘ri ishlashi uchun oddiy probelni “ajralmas” probelga almashtiramiz
• Hujjatga ramka qo‘shamiz
• Hujjatga qanday qilib tezkor tarzda chiziqlar tortish mumkin?
• Word'da chiziqlarni o‘chirish
• Matnni ustunlar yordamida ajratish
• Word'da ro‘yxat elementlari o‘rnini tezkor almashtirish
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija